1-мавзу. Мактабгача таълимда методика фанларини ўқитиш жараёни яхлит тизим сифатида. Фаннинг амалий ва ташкилий вазифалари
Kо‘nikma-shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka-
Download 117.07 Kb.
|
113173 1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘likligi
- Pedagogik jarayon va uning tuzilishi
Kо‘nikma-shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka-muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Tarbiya-muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama о‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni. Bilim-shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar kо‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. Ta’lim-o’quvchilarning nazariy bilim, amaliy kо‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini о‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yо‘naltirilgan jarayon. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘likligiMaktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘likligiMaktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘likligi Metodika xususiy fanlarni о‘qitish xususiyatlarini о‘rganadi Pedagogika tarixi ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi о‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini о‘rganadi. Pedagogik texnologiya ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini о‘rganadi. Pedagogik mahorat- bо‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini о‘rganadi. Ta’limni boshqarish ta’lim muassasalarining faoliyatini yо‘lga qо‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini о‘rganadi. Pedagogik jarayon va uning tuzilishi
Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug‘ullandi. U pedagogik jarayonlarning kо‘ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, о‘qitish, о‘rgatish, tarbiya, pand-nasihat, о‘git va boshqa bir qator sо‘zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir”. Y.K. Babanskiy, B.S.Ilin, V.M.Korotov, B.V.Kraevskiy, B.T.Lixachev, Y.P. Sokolnikov va boshqalar yagona pedagogik jarayonga ilmiy qiziqish bilan qarashdi. Pedagogik jarayonning mohiyati tizimli metodologik yondashuv asosidagina zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi. U pedagogik ob’ektlarni tizimlar sifatida qarashni taklif etadi, aynan: tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagi о‘zaro aloqadorlikni aniqlash kabilarni о‘zida jamlaydi. Download 117.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling