Predmet sohasini tahlil qilish va ma’lumotlar bazasining axborot iste’moli talablarini aniqlash.
Ma’lumotlar bazasida modellashtirilishi lozim bo’lgan ob’ektlarni tahlil qilish. Ushbu ob’ektlardan mohiyatlar va ularning xususiyatlarini hosil qilish hamda ularning ro’yxatini tuzish. Masalan, «nomi», «rangi», «og’irligi» va boshqa xususiyatlar «detal» mohiyatining xususiyatlari sifatida keltirilishi mumkin.
Tanlab olingan MBBT (Paradox, dBase, FoxPro, Clipper, Access, InterBase, SyBase, Informix, Oracle va hokazo) talqinida mohiyatlar va xususiyatlar uchun mos keluvchi axborot ob’ektlarini (masalan, jadvallar va ustunlarni) belgilash.
Har bir ob’ektni qaytarilmas tarzda belgilaydigan atributlarni aniqlash.
Ma’lumotlar butunligini belgilaydigan va uni saqlab turishga qaratilgan qoidalarni ishlab chiqish.
Ob’ektlar (masalan, jadvallar va ustunlar) orasidagi aloqalarni o’rnatish.
Ma’lumotlarning ishonchliligi hamda zarur hollarda ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash masalalarini rejalashtirish.