1-mavzu: Ma’naviyat – beqiyos kuch
Mulohaza uchun fikrlar (4-ilova)
Download 1.33 Mb.
|
1-mavzu Ma’naviyat – beqiyos kuch
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘tkir Hoshimov, «Daftar hoshiyasidagi bitiklar»
Mulohaza uchun fikrlar (4-ilova)
«GIRGITTON BUVINING YAPON NЕVARASI» «... Xayxay, girgitton, tеgma, tеgma, yong‘oqqa! — Shunday dеb ildam kеldida, qo‘limdagi yong‘oqlarni olib, pastak dеvor osha naryoqqa uloqtira boshladi. So‘ng xazon orasida yotgan boshqa yong‘oqlarni ham enkayib tеrgancha, dеvor ortiga tashladi. Buvining bunday «qizg‘anchiq»ligiga hayron bo‘lib turib qoldim. Nihoyat to‘kilgan yong‘oqlar qolmaganiga ishonch hosil qilgach, qo‘limdan yеtakladi. «Yuraqol, girgitton, sanga boshqa yong‘oq bеraman!» Shunday dеb, pastak bostirmaga olib kirdida, savatda uyilib yotgan yong‘oqlardan hovuchlab olib, do‘ppimni to‘ldirib bеrdi...» O‘tkir Hoshimov, «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» Kunlarning birida men yaqin do‘stimning uyiga mehmonga bordim. Do‘stim bilan dasturxon atrofida hol-ahvol so‘rashib ulgurmasimizdan birdaniga yomg‘ir sharros quyib yubordi. Tarnovga xazon tiqilganmi yoki boshqa sababdanmi, uyning tomiga tushayotgan yomg‘ir sachrab, darhol hammayoqni ho‘l qildi. Bu holatni ko‘rgan do‘stim darrov o‘g‘lini chaqirib, tarnovni tuzatib qo‘yish kerakligini buyurdi. Lekin do‘stimning o‘g‘li otasining gapini eshitib, yana uyga qaytib kirib ketdi. Bu holatni ko‘rgan do‘stim menga: «Yuring, birpas tashqariga chiqaylik», — dedi. Biz hovliga chiqqan ham edik, do‘stimning o‘g‘li darhol tomga chiqib, tarnovni tuzatib tushdi. Ushbu hikoyadan nima xulosa qilish mumkin? Mezbonning o‘g‘li otasining gapini ikki qildimi? Buning uchun unda qanday asos bor edi? Hikoyani «Otasi bor uyning tomiga chiqilmaydi», degan maqol bilan bog‘lab tushuntiring. «Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzining izdan chiqayotgani, axloqodob, oila va jamiyat hayoti xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin», degan fikrga munosabatingizni bildiring. «Andisha» deganda nimani tushunasiz? Oilada otaona, akauka, opa sing il munosabatlari qanday shakllanadi? Oilaning davlat muhofazasida ekanligi aks etgan qonunlar va qonun osti hujjatlarini toping va munosabat bildiring. Quyida qoldirib ketilgan joylarni kerakli so‘zlar bilan to‘ldiring. Oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro ..., mehr-muruvvat va ... omillari sog‘lom muhitni yaratadi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling