1-mavzu: Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Download 159.43 Kb.
Sana14.06.2020
Hajmi159.43 Kb.
#118740
Bog'liq
1-seminar(1-u)








1-mavzu: Markaziy Osiyo –

jahon sivilizatsiyasining

ajralmas qismi







Bajardi: Iskandarov Nodirbek.

Reja:
  • O’rta Osiyo hududlarida ibtidoiy jamiyat tuzumi va uning davrlari. Antropogenez jarayoni.
  • Paleolit, mezolit davri manzilgohlari.
  • Urug’chilik jamiyati shakllanishi. Ona urug’i.
  • Neolit, eneolit va bronza davri manzilgohlari. Ota urug’i.
  • Temir davri va uning xususiyatlari.

1
    • Odamningibtidoiyajdodlari

2
    • Engqadimgiodamlar

3
    • Hozirgiqiyofadagiqadimgiodamlar

1. Antropogenez jarayonining bosqichlari
    • 1925-yildaJanubiyAfrikadaR.Darttomonidantopilganibtidoiyodamlarningilkajdodi

Avstralopitek
    • 2mlnyilavvalvujudgakelgan.EfiopiyahududidahamdaOlduvoydarasidatopilgan

Zinjantrop
    • 1927-yildaXitoyhududlaridantopilgan

Sinantrop
    • IndoneziyadagiYavaorolidanXIXasroxirlaridatopilgan

Pitekantrop

Ilk paleolit davrida yashagan qadimgi odamlar

Paleolit– 3mlnyililgarigidavr

Mezolit- mil.avv. 12-7minyilliklar

Neolit- mil.avv. VI-IVmingyilliklar

Eneolit- mil.avv. IV-IIImingyilliklar

Bronza- mil.avv. III-Imingyilliklar

Ilktemirdavri

Eng qadimgi davrlar

So’nggi paleolit davriga oid manzilgohlar

Bo’zsuvImakoni

Bo’zsuvIImakoni

Tuyabo’g’izmakonlari

Takalisoyg’ori

Xo’jamazgilmakoni

Samarqand

Xo’jag’or

Ko’lbuloq



O’rta Osiyo so’nggi paleolit davri madaniyati

TurliyillardajanubiyO’zbekistonhududlaridailk,rivojlanganvaso’nggibronzadavriilkdehqonchilikningpaydobo’lishivarivojlanishi,urbanizatsiyajarayonlarihamdailkdavlatchilikmasalalari,madaniyvaiqtisodiyaloqalar,hunarmandchilikningtaraqqiyetishibo’yichaA.Asqarov,E.Rtveladze,A.Sagdullayev,T.Shirinov,B.Abdullayev,Sh,Shaydullayevkabiolimlartadqiqotlarolibbordilar.

Oʼtgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab Oʼzbekistonning bronza

davriga oid ѐdgorliklarni keng miqiѐsda tadqiq etilishi natijasida ushbu

hududlarning qadimgi tarixi va madanyati toʼgʼrisida boy maʼlumotlar

olindi. Turli yillarda janubiy Oʼzbekiston hududlarida ilk, rivojlangan

va soʼnggi bronza davri ilk dehqonchilikning paydo boʼlishi va

rivojlanishi, urbanizatsiya jaraѐnlari hamda ilk davlatchilik masalalari,

madaniy va iqtisodiy aloqalar, hunarmandchilikning taraqqiy etishi

masalalari, ularni qiѐslash va umumlashtirish boʼyicha А.Аsqarov,

E.Rtveladze, А.Sagdullaev, T.Shirinov, B.Аbdullaev, Sh.Shaydullaev kabi

olimlar tadqiqot ishlari olib bordilar. Ushbu tadqiqotlar natijasida

bronza va ilk temir davri oʼlkamiz janubiy hududlarida boʼlib oʼtgan

ijtimoiy-iqtisodiy, siѐsiy va madaniy taraqqiѐt masalalari va ayniqsa,

ushbu hududlarda ilk shaarlarning paydo boʼlish asoslari va rivojlanish

bosqichilari, ilk davlatchilikning paydo boʼlishi jaraѐnlariga koʼplab

aniqliklar kiritildi. Ushbu masalar boʼyicha koʼplab yangi maʼlumotlar fanga joriy etildi va etilmoqda.

Koʼpchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, neolit davriga

kelib «hisorlik» ovchilar kichik va yirik darѐlar vohalarini, Boysuntogʼ va

Koʼhitanggacha boʼlgan togʼ va togʼ oldi hududlarini oʼzlashtiradilar. Bronza

davriga kelib esa bu hududlarda boshqa koʼrinishga ega boʼlgan hamda oʼziga

xos xoʼjalik shaklidagi yangi madaniyatlar shakllana boshlaydi.

Ushbu madaniyat sohiblari yashagan maskanlardan biri Sopollitepa

boʼlib, bu ѐdgorlik Surxondvrѐ viloyati Sherobod tumani hududida,

Kuhitangtogʼdan oqib tushuvchi kichik darѐning qadimgi irmogʼi boʼyida

joylashgan. Sopolllitepa paydo boʼlgan soy mahalliy aholi orasida

Oʼlanbuloqsoy deb ataladi.


Navbatdagi topshiriq. 15talik tarqatma material ,javoblari bilan birgalikda.


Savol-javob Geologik tadqiqot natijakariga ko’ra Yer bundan necha yil avval paydo bo’lgan? 5 mlrd yil ilgari 2. Sut emizuvchi havonlar qaysi erada paydo bo’ldi? Kaynozoy erasida 3. “Bibliya” ta’limotiga ko’ra odam nimadan yaratilgan? tuproqdan 4. Antropogenez – bu? Odamning paydo bo’lish va rivojlanish jarayoni 5. Teshiktosh g’or makoni qachon va kim tomonidan ochilgan? 1938-yil A.Okladnikov tomonidan 6. O’rta Osiyo hududida nisbiy tarzda mil.avv 100-40-mingyilliklarni o’z ichiga oluvchi davr? O’rta paleolit davri 7. Qo’tirbuloq makonida qaysi hayvonlarning suyaklari topilgan? Fil, bug’u, yovvoyi ot, quyon 8. Paleolit davrida nima kashf etildi? Olov 9. Joytun qishlog’idagi uylarning maydoni qancha edi? 12-14 kv.m 10. Sarazm qishlog’i xarobalari nechta tepalikda joylashgan? 10 ta 11. Petrogliflar nima? Hayvon tasviri chizish usuli bilan ishlangan rasmlar 12. Tozabog’yob madaniyati nomi bilan mashxur yodgorliklar qayerda topilgan? Xorazmda 13. Ko’zali bosqichi davom etgan yillarni ayting. Mil.avv 1350-1200-yy. 14. Chust madaniyati yodgorliklari Farg’ona vodiysining nechta geografik makonida topilgan? 15 ta 15. O’rta Osiyo hududidagi 3 ta dehqonchilik markazini sanang. Yoz, Yashilli, Chiroqchi

Keyingi topshiriq. 36 talik testga javoblarim.

  • V
  • A
  • S
  • V
  • S
  • V
  • S
  • V
  • S

V

  • V
  • V
  • S
  • A
  • S
  • V
  • S
  • D
  • A
  • D
  • S
  • A
  • S
  • D

D

  • D
  • A
  • S
  • D
  • A
  • V
  • S
  • D
  • V
  • S
  • V
  • D
  • D

So`nggi topshiriq. Mavzu bo`yicha xulosalarim!!!


Hozirgi kunga kelib Vatan tarixiga bo`lgan diqqat-e`tibor nihoyatda kuchaygan bir davrda, O`zbekiston hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasining o`choqlaridan biri ekanligiga hech qanday shubha qolmadi. Nafaqat O`zbekiston, balki, butun O’rta Osiyo xududlarida olib borilayotgan keng maqsaddagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan yuqori o`rnini yana bir bor tasdiqlaydi.             Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning tarixning turli davrlarida, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishilgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga ko`tarilishini sivilizatsiya tushunchasi o`zida aks ettiradi. Bu tarakkiyot bosqichi insoniyatning paydo bo`lishi va rivojlanishi, jamiyat rivojlanish darajasi, moddiy va ma`naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar bilan izohlanadi. O`rta Osiyo sivilizatsiyasi turli xududlarda turli davrlarda paydo bo`ldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy xududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming yillikdayoq dehqonchilikka o`tib, unumdor xo`jalikni rivojlantirgan bo`lsa, bu davrda shimoliy xududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvochilikning ilk shakllari bilan shug`ullanganlar. Bu notekslik jarayonini tabiiy-geografik sharoitlar va o`zaro munosabatlar bilan izoxlash mumkin.

             Undan tashqari O`rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi aholining neolit davridiyoq, ya`ni, miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklardagi o`zaro munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastavval, Old Osiyodagi boshqa qadimgi sivilizatsiya o`choqlari bilan uzviy aloqada bo`lishi ham mahalliy sivilizatsiyaning rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatgan.             Ibtidoiy jamoa tuzumi kishilik jamiyatni taraqqiyotdagi eng uzoq davom etgan va eng qadimgi davridir. Bu davrni chuqur o`rganishda arxeologiya, etnografiya, antropologiya kabi fanlarning ahamiyati beqiyosdir. Qadimgi odamlar o’z faoliyati davrida atrof muhitga ta`sir ko`rsatib, kundalik hayotda o’ziga bo’ladigan mehnat qurollari yasagan, yashash uchun makonlar tanlagan, keyinchalik esa boshpanalar qurganlar. O’z navbatida bu jarayonlar inson faoliyatiga ta`sir ko`rsatgan. Hozirgi paytda O’rta Osiyo xududi ibtidoiy jamiyat rivojlanishining aloxida bosqichlari quydagi davrlarga bo`linadi: 1.  Paleolit davri: bundan taxminan 800 ming yil ilgari boshlanib, 15-12 ming yil ilgari tugaydi: 2.  Mezolit (“mezos”-o’rta, “litos”-tosh) mil.avv. 12-7 ming yilliklar 3.  Neolit (“neos”-yangi, “litos”-tosh) -mil.avv. 6-4 ming yilliklar. 4.  Eneolit (mis-tosh davri)-mil.avv. 4 ming yillikning oxiri-3 ming yillikning boshi. 5.  Bronza asri-mil.avv. 3-2 ming yilliklar 6.  Temir davri-mil.avv. 1-ming yillikning boshlaridan O`zbekiston xududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari Farg`ona vodiysidagi Selungur, Toshkent viloyatidagi Ko`lbuloq, Buxorodagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan

qo`pol qurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo`lib ov qilish bilan shug`ullanishgan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojiz bo`lib, unda taiyor bo`lgan mahsulotlarni o`zlashtirganlar. Ilk paeolit, ya`ni ashel` davrining oxirlarida yashagan odamlarning manzilgohlari Qoraqalpog`istonning Ustyurt tekisligidagi Borsakelmas degan yerdan ham topib o`rganilgan.             O`rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Ho`jakent, Samarqanddagi Omonqo`ton, Boysun tog`laridagi Teshiktosh makonlaridan topilgan. Mashhur yodgorliklarning biri Teshiktosh g`or makoni bo`lib bu yerdan turli-tuman qurollar va hayvon suyaklaridan tashqari, 9-10 yashar bolaning qabri qozib ochilgan.             O`rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashdi. Eng muhimi, ibtidoiy to’dadan urug`chilik jamoasiga o`tish boshlanadi. Shimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Jamoa bo’lib ov qilish paydo bo`ldi.             So’nggi paleolit  davriga oid makonlar Ohongarondagi Kulbuloq, Toshkentning g`arbidagi Buzsuv 1 hamda Samarqand shahridan topilgan.             Bu davrga kelib odamlar faqat tog`li hududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutugi urug`chilik tuzumiga (matriarxat) o`tilishidir.             Mezolit davri yodgorliklari Surxondaryodagi Machoy g`or-makonidan, Markaziy Farg’onaning ko`pgina yodgorliklaridan topib o`rganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga qaytadi. Hayvonat va o`simlik dunyosida katta o`zgarishlar sodir bo`ladi. Insoniyat o`z tarixidagi dastlabki murakkab moslama-o`q-yoyni kashf etadi.             Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik xo`jaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.             Qoraqalpog`istonda mezolit davri makonlari Orol dengizi atrofidagi Ustyurt balandligida va Qizilqum cho`lida bor. Ustyurtdagi mezolit makonlari mil.avv. 8-6 ming yilliklarga oid. Qizilqum cho`lidan topilgan mezolit davri yodgorliklari mezolitning so`nggi bosqichlariga va o`rta tosh davridan yangi tosh davriga (neolitga) o’tish davriga tegishli.

O`zbekistondagi qoyatosh rasmlarining eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Birinsoy, Ko’ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo`lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O`zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ulardan ibtidoiy buqalar, sherlar va yo`lbarslar, qoplon, tulki va bo’rilar, bug`u va jayron kabilardir.             Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo`lib, bu rasmlar mezolit-neolit, ya`ni, mil.avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o’sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g`oyaviy qarashlari va diniy e`tiqodlarini o’rganishda ham muhim ahamiyatga ega ekanliklari haqida tushunchlarga ega bo`ldim.



E’tiboringizuchunrahmat!
Download 159.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling