1-mavzu mashinasozlik sanoati va uning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Mashinasozlikda texnologik jiҳozlarning o`rni va aҳamiyati
Download 125.04 Kb.
|
Маъруза дарслари
Mashinasozlikda texnologik jiҳozlarning o`rni va aҳamiyati. Ҳozirgi mashinasozlikni jadallashtirish, uning samaradorligini oshirish va chiqariladigan maҳsulotning raqobatbardoshligini ta`minlash uchun ishlab chiqarish unumini va texnologik usullar aniqligini jiddiy oshirish ҳamda keng ko`lamda avtomatlashtirish talab etiladi.
Ҳozirgi mashinasozlikda ishlab chiqariladigan maҳsulotlarning konstruktsiyasi uzluksiz murakkablashib, turi ortib bormoqda, ishlab chiqarish ob`ektlari tez-tez o`zgarib, yangi maҳsulotni o`zlashtirish muddatlari qisqarmoqda. YUqorida keltirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun turli buyumlarni ishlab chiqarishga tezda moslana oladigan, eҲM bilan boshqariladigan moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalarini keng ko`lamda qo`llash talab etiladi. Mazkur texnik siyosat, sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlat arboblarining, sanoat raҳbarlarining va ilmiy-texnik jamoatchilikning diqqat markazida turadi. Moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalarining asosini qayta moslanadigan raqamli dastur bilan boshqariladigan (RDB) texnologik va yordamchi uskunalar tashkil etadi. Raqamli dastur bilan boshqarish (RDB) ishlab chiqarish sistemasining to`liq avtomatik tsiklda ishlashini va korxonadagi boshqa bo`limlar (materiallarni tashish vositalari, ombor qurilmalari va ҳ.k.) bilan aloqani ta`minlaydi. Moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalarida sanoat robotlari keng ko`lamda ishlatiladi. Bunday robotlardan asosiy texnologik uskuna sifatida ҳam, zagotovkalarni stanoklarga yuklash, tayyor detalni echib olish va tashishga mo`ljallangan yordamchi uskunalar sifatida ҳam foydalanish mumkin. Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maxsus va agregat stanoklardan, rotorli avtomatik liniyalardan tuzilgan an`anaviy avtomatik liniyalarning qo`llanishiga asoslangan. Mazkur uskunalarda ishlab chiqarish unumini jiddiy oshirish, tayyorlanadigan detalning tannarxini kamaytirish, maҳsulot sifatini va ishlab chiqarish maromini oshirish mumkin. Jamiyatni dinamik rivojlanishini texnologiyasiz tassavur qilib bo`lmaydi. Ҳar bir kishining Xarakati, maqsadi, intilishi, muammolarini ҳal qilinishi kichik va katta texnologik jarayonlar majmuidan iborat bo`ladi. Odamlarni meҳnatini tashkil qilish, kerakli, avvaldan loyiҳalangan natijalarga erishish ҳar bir davlatni hamma tarmoqpar bo`yicha rivojlantirgan. Ҳar doim eng yuqori darajada ushlab turiladigan tsxnologik potentsial inson ҳayotini yaxshilanib borishiga o`z ҳissasini qo`shib borgan. Kerakli maҳsulotlarni ishlab chiqarishni o`z shart-sharoitlari mavjud. Uzoq vaqtlar davomida ҳar xil tarmoq ishlab chiqarishida bir-biriga aralashmasdan, o`zaro ta`sir ko`rsatmasdan ikki turli ko`rinishdagi ishlab chiqarish mavjud bo`lib kelgan. Bu yuqori avtomatlashtirilgan va yuqori effektiv ko`plab ishlab chiqarishni birinchi ko`rinishini asosi bo`lib, ko`p pozitsiyali, ko`p keskichli texnologik uskunalarga, yuqori unumdorli potokli va avtomatik liniyalarga asoslangan bo`ladi. Download 125.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling