1-mavzu: matematik usullarva modellashtirish faniga kirish. Model va modellashtirish tushunchasi
Download 173.24 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza
1-MAVZU:MATEMATIK USULLARVA MODELLASHTIRISH FANIGA KIRISH. 1. Model va modellashtirish tushunchasi. «Model» tushunchasi lotin tilidagi modulusso‘zidan olingan boclib, me’yor, o‘lchov, namuna ma’nosini anglatadi. Model ilmiy bilishning muhim usullaridan bo’lib, namunaning xususiy holi hisoblanadi. Tadqiqotchi, bilimning har qanday tarmoqlarida ham murakkab hodisa va jarayonlami tushuntirishda fanga oldindan ma’lum boMganlar bilan solishtirishga hamda unga yaqinlashtirishga, harakat qiladi. Shunday qilib, kishilar tushunarsiz narsalarni, tushunarli bo’lgan va avval ma’lum bo’lganlardan foydalanib tushuntirishga intilishadi. Hayotda o ‘xshatishni va namunani ko‘pincha birga uchratish mumkin. Misol binoning maketi (modeli) uning arxitekturasini qayta ishlab chiqadi, joylaming tapograf-geodezik kartasi landshaftning xarakterini belgilaydi, kemaning yoki samolyotning modeli ulaming tashqi ko’inishidan, imkoniyatlaridan, proporsiyalaridan dalolat beradi. Modelning eng ko‘p tarqalgan uchta turli mavjud: geometrik, lizik, matematik. Geometrik modellar o‘zida obyektning asl nusxasi to‘g‘risida tashqi taasurot beradi va ularning asosiy qismi taqdimot maqsadida xizmat qiladi. Bu turdagi modellarga ma’lum bir texnologiya bilan bir xil ranglarda chizilgan rasmlaming nusxasi, mashina detallarining namoyish qilinayotgan modeli va boshqalami misol qilib olish mumkin. Biroq modellar boshqa masshtabda bajariladi (binoning maketi, kemaning modeli, joylaming tapograf-geodezik kartasi, tuproq kesmasining modeli). Bunday turdagi modellami tuzishda obyektga geometrik o‘xshatish asosiy rol o'ynab, bunda ularda kyechadigan jarayonlar hisobga olinmaydi. Misol, gipsdan yoki bronzadan qilingan odam gavdasining modeli organizmda kyechadigan fiziologik jarayonlar to‘g‘risida, joylaming topogral-geodezik maketi tabiatda aylanadigan suvlar to‘g‘risida, tuproq kesmasining modeli berilgan tuproqda kechadigan fizik-ximik jarayonlar to‘g‘risida hech qanaqangi axborot bermaydi. Fizik modellar nafaqat original va model orasida ulaming shakli va geometrik proporsiyalari nuqtayi-nazaridan o'xshatishni aks( illnull, hiilki ularda kcchadigan asosiy fizik jarayonlarni ham aks ettiradi. Fizik modellashtirishda model va uning namunasi hamm a vaqt bir xil fizik tabiatdan iborat bo‘lgan obyektdan iboratdir. Bularga misol qilib uchuvchi qurilmalarning aerodinamik xossalarini, ularning modellarim aerodinamik trubada «puflash» orqali aniqlash, gidrotexnik inshootlar (plotin, damba va boshqalar) ning taxmin qilingan tabiatini unga nisbatan ancha kichik bo'lgan obyektlar ustida tadqiqot olib borish va boshqalarni olish mumkin. Bu holda modelning nafaqat geometrik o‘lchami, balki unga mos ravishda obyektning boshqa fizik xossalari ham o‘zgaradi. Misol, plotinaning 1/10 natural miqdordagi modelini tuzishda undagi suvning bosimini ham 10 marotabagacha kamaytirish kerak bo‘ladi va kelgusida qurilish paytida buni hisobga olish kerak bo’ladi. Geometrik va fizik modellar buyumga oid modellar turiga kiradi. Ular moddiy nusxa yoki fizik ta’sir etuvchi qurilmalardan iboratdir (traktorning yoki sug‘orish tizimining modeli). Matematik modellar o‘zida obyektning abstrakt ifodasini belgi (siinvol)lar orqali aks ettiradi, shuning uchun ham ularni abstrakt modellar deb ham atashadi. Ular, odatda, tenglamalar va tengsizliklar sistemasidan, modellashtirilayotgan obyekt, hodisa, jarayonlarni matematik ifodalashning jadval, grafik, formula ko‘rinishlaridan iboratdir. Matematik modellar, odatda, obyektni geometrik yoki fizik modellashtirish qiyin bo'lgan hollarda ishlatiladi. Bunday modellar aslronomiyada, llzikada, mexanikada, lingvistikada ishlatiladi Iqtisodiyotda va yer tuzishda geometrik va fizik modellar juda kam ishlatiladi. Bularga misol qilib, o'zlashtirish ko‘p yillar davomida amal qiladigan va samarasi ham ko‘p yillardan keyin ko'rinadigan qishloq xo'jaligini yuritishning tajribaviy tizimlarini, tajribaviy almashib ekishlar, hududni joylashtirish va tashkil qilish masalalarini olish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, bu sohalarda matematik modellami qo'llash qulaydir. Modellashtirish deganda o‘rganilayogan obyekt, hodisa yoki jarayonning modelini tuzish tushuniladi. Obyekt - bu fizik (moddiy) jism, narsadir. U ni o‘riganish uchun odatda geometrk model ishlatiladi. Hodisa — bu predmetning tashqi xossasi va belgilaridan iborat bo‘lib, unga his qilish, qabul qilish va tasavvur qilish orqali erishiladi. Misol, gul - u obyekt (predmet), xossasi esa uning shakli, rangi va hidi orqali namoyon bo'ladi. Hodisalarda qonuniyatlar ochiladi: yerga tushgan olma I. Nyutonning butun olam tortishish qonunini yaratishiga turtki bo‘ldi. Iqtisodiy hodisalarning modellari orqali tadqiqot qilish, ayniqsa muhimdir. Misol, obyektiv amal qilayotgan iqtisodiy narx-navo qonunini baho aks ettiradi. Shuning uchun ham bahoni modellashtirish davlat iqtisodiy siyosatida narx-navo qonunini ishlatishga yordam beradi. Jarayon - bu obyekt holatining ketma-ket almashinuviga, hodisaning rivojlanishiga turtkidir. Agar hodisa statik, doimiy sifatga ega bo‘lsa, u holda jarayon dinamik xarakteristikaga ega bo’ladi.
Misol, biologiyada o'simlikning o’sishi va rivojlanishini modellashlirish — bu jarayonni modellashtirishga misol bo‘la oladi. Model va modellashtirish terminlari kibernetika tushunchasiga kirib, murakkab tizimlarni boshqarishning amal qilishi va uni tuzishning qonunlarini o‘rganadi. Har qanday boshqaruv jarayoni olinadigan axborot asosida qabul qilinadigan qaroriarga bog‘liqdir, shuning uchun ham kibernetikani boshqariladigan murakkab tizjmlarda axborotni yig'ish, saqlash, uzatish umumiy qoidalari to'g'risidagi fan deb kurashadi. ,,Kibemetika’’ so'zining o‘zi grek tilidagi « cybernetes» so'zidim olingaa bo'lib, «boshqaruvchi», «darg'a» ma’nosini anglatadi; Iqtisodiy kibernetika «model» va «modellashtirish» tushunchalari bilan birgalikda «tizim», «axborot», «boshqaruv» tushunchalari ham ishlatiladi. Tizim - bu bir-biri bilan qonuniyatli suratda bog'liq bo‘lgan buyumlar va hodisalarning obyektiv birligidir. Sistemaga xujayralardan (tashkil topgan yirik organizmni, mahsulot ishlab chiqaradigan korxonani misol qilib olish mumkin. Axborot - bu sistemaning holati to‘g‘risidagi va unda kuzatiladigan jarayonlar haqidagi ma’lumotlar majmuasidan iboratdir. Boshqaruv - bu mavjud axborotlar asosida boshqariladigan tizimga maqsadli yo'naltirilgan ta’sir etish jarayonidan iborat bo’lib, uning maqsadi o'zgarib turuvchi tashqi sharoitda nazorat qilinadigan xulq- atvorini ta’m inlashdan iboratdir. Iqtisodiy obyektlarni boshqarish murakkab va ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilishni talab qiladi. Chunki, iqtisodiy obyektlarga ko'pgina omillar ta’sir etganligidan bu ta’sir natijasini tizimni tahlil qilish yo‘li bilangina aniqlash mumkin. Iqtisodiy obyektlarga .ta’sir qiluvchi omillarga iqtisodiy, texnik- iqtisodiy, ma’muriy, tashkiliy va ijtimoiy omillar kiradi. Tizimning modeli, uning namunasi, asl nusxa-tizimning xossalarini ochishga, uning hulq-atvori qonuniyatlarini o‘iganishga va kerakli yunalishda asl nusxa-tizimga ta’sir qilish uchun axborot olishga xizmat qiladi. Download 173.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling