1-Mavzu: Matematika fani bo’yicha joriy etilgan yangi dts, o’quv dasturlari, darslik va o’quv-uslubiy qo’llanmalarining mazmuni hamda tahlili. Reja
Download 30.74 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMTA’LIM FANLARIDAN O’QUV-METODIK MAJMUALARNING YANGI AVLODI O’quv-metodik majmua
XULOSA VA TAVSIYALAR
-tayanch va fan bo’yicha kompetensiyalarni o’quvchilarda shakllantirishda birlamchi mazmun emas, balki o’quvchilarning o’quv faoliyati va fan uslubiyoti hisoblanadi; -tayanch kompetensiyalar har bir o’quv fani, sinflar va boblar kesimida, fan bo’yicha kompetensiyalar esa sinf va boblar kesimida aniqlashtirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi; -umumta’lim fanlari bo’yicha yaratilgan darsliklar mazmuni amaliy, hayotiy masalalar bilan boyitish, darsliklar dizayni qayta ko’rib chiqish va ko’rgazmalikka katta e’tibor berish lozim; -tayanch va fan bщyicha kompetensiyalarni o’quvchilarda shakllantirishda birlamchi mazmun emas, balki o’quvchilarning o’quv faoliyati va fan uslubiyoti hisoblanadi; -tayanch kompetensiyalar har bir o’quv fani, sinflar va boblar kesimida, fan bo’yicha kompetensiyalar esa sinf va boblar kesimida aniqlashtirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. UMUMTA’LIM FANLARIDAN O’QUV-METODIK MAJMUALARNING YANGI AVLODI O’quv-metodik majmua — darslik, mashq daftari, o’qituvchi uchun metodik qo’llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua. Darslik — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, o’quv fanining mavzulari to’liq ѐritilgan, uning asoslari mukammal o’zlashtirilishiga qaratilgan, o’quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning ѐshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o’quv nashri. Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash hamda o’quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat bo’lgan didaktik vosita. O’qituvchi uchun metodik qo’llanma — darslikdagi har bir mavzuni samarali o’qitish metodikasi, qo’shimcha sinov topshiriqlari va o’qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko’rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg’ulotlar, qo’shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko’rsatmalar aniq baѐn qilingan kitob shaklidagi o’quv nashri. Darsliklarning multimediali ilovalari — axborot-kommunikasiya texnologiyalari ѐrdamida o’quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va o’quv dasturiga mos ravishda ѐrita oladigan, o’quv fanini samarali o’zlashtirishga, o’quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko’maklashuvchi hamda video, ovoz, animasiya, jadval, matn va lug’atlarni o’z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o’tkazish va mustahkamlashga yo’naltirilgan, o’quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo’shimcha materialga ega bo’lgan ѐki shu kabi manbalarga murojaatlarni o’z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim resursi. O’quv-metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, o’quv reja va dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, o’qituvchi uchun metodik qo’llanma va darslikning multimediali ilovalarini o’z ichiga oladi. Umarov S Download 30.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling