1-Mavzu: Mediasavodxonlik va axborot madaniyati evolyutsiyasi va uning jamiyatdagi ahamiyati Reja


Download 81.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi81.14 Kb.
#1498299
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza

Axborot savodxonligi – axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish 
borasidagi ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Axborot 
savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya 
qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi.
Axborot texnologiyalarining insonlar hayotiga ta’siri o‘sib borishi munosabati 
bilan xalqaro hamjamiyat insonni axborot jamiyatida yashashga tayyorlash 
muammolari haqida bosh qotirmoqda va ushbu qarash global darajada 
YuNESKO va IFLA hujjatlarida, jumladan, Mediata’lim bo‘yicha Gryunvald 
deklaratsiyasida (1982), “Axborot savodxonligi va butun umr davomida ta’lim 
olish bo‘yicha Aleksandriya deklaratsiyasi”da (2005 y.), “Parij dasturi va 
mediata’lim bo‘yicha 12 tavsiya” (2007 y.) hujjatlarida o‘z ifodasini topgan.
XXI asrning birinchi o‘n yilligi uchun YuNESKO va IFLA 
mediasavodxonlik va axborot savodxonligi integratsiyasi konsepsiyasini 
tashkil etuvchi yangi tashabbuslarni belgilab berdi. Ushbu g‘oya quyidagi 
xalqaro hujjatlarda o‘z ifodasini topgan:
• 
Media va axborot savodxonligi to‘g‘risidagi Fes Deklaratsiyasi (Fes shahri, 
Marokash, 2011 yil 15–17 iyun);
• 
IFLAning media va axborot savodxonligi bo‘yicha tavsiyalari (Gaaga 
shahri, Niderlandiya, 2011 yil 7 dekabr; Rossiya, 2012 yil 24–28 iyun) va 
bir qator boshqa hujjatlarda.
• 
bugungi kunda sayyoramizda yashaydigan har bir insonning o‘zi axborot 
tashuvchisi va tarqatuvchisidir.
  
Mavzuni tuzatish uchun savollar  
1. 
Ibtidoiy davrga oid yozuvlar va turli tasvirlar ma’lumotmi?
2. 
Qadimgi bitiklar va manbalarning mazmuni va mohiyati nimadan 
iborat? 3. Sharq va G‘arb xalqlari hayotida yozuvning ahamiyati nimada?
4. 
Axborot tushunchasining mazmuni va mohiyati nimadan iborat?
5. 
Axborot va ma'lumotlarni uzatishning eng qadimgi usullari haqida gapirib
bering.
6. 
Axborot manbalari sifatidagi ilmiy va badiiy adabiyotlar darajasini 
solishtiring. 7. Sharq va G’arb Uyg’onish davrida o’rta asrlarda axborotga 
munosabat qanday bo’lgan?
8. Yevropadagi zamonaviy OAV haqida nimalarni bilasiz?
9. Ilmiy va axborot vositalarining qiyosiy tahlilini o'tkazing.
10. Iqtisodiyot, siyosat, ma’naviyat va madaniyat haqidagi ma’lumotlar, 
bunday ma’lumotlarning uzviyligi va o‘ziga xosligi.


11. Axloqiy tashviqot va axloqiy tahdidlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari 
qanday?
12. Globallashuv davrida milliy axborot sohasining muammolari va 
еchimlarini aniqlang.

Download 81.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling