1-mavzu. Menejment fanining predmeti, obyekti va metodi
Download 133.14 Kb.
|
1-мавзу МваМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati
1-MAVZU. MENEJMENT FANINING PREDMETI, OBYEKTI VA METODI1.1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati1.2. Menejment obyekti va subyekti1.3. Menejment fani foydalanadigan usul (metod)larTayanch iboralarTayanch iboralarMenejment. Harajat. Baxo. Naf. Boshqaruv. Menejment ob'ekti va sub'ekti. Tahlil usullari. Sistemali yondoshuv. Kompleks yondoshuv. Tarkibiy yondoshuv. Vaziyat (situatsiya)li yondoshuv. Integratsion yondoshuv. Modellashtirish usuli. Iqtisodiy-matematik yondoshuv. Kuzatish usuli. Eksperiment (tajriba) usuli. Sotsiologik kuzatuv usuli.1.1. Menejment fanining mazmuni va mohiyatiMenejment - bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta'rifga binoan u:- boshqaruv hokimiyati va san'ati;- resurclarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma'muriy ko’nikmalar tushuniladi.Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment - bu boshqaruv, ya'ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv-bu o’ziga xos yuksak san'at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to’g’risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud: Bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob'ekti orasidagi o'zaro munosabat bo'lib, uning asosiy vazifasi o'quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san'ati sirlarini o'rgatishdan iborat. Fanni o'qitishdan maqsad talabalarga boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg’otishdan iborat. Chunki, hozir boshqarish asoslarini o'rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik, o'rta va katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo'yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da'vat etilgan mutaxassislar bo'lib etishadilar. Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasida bo'ladi. Download 133.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling