1-mavzu. Menejmentga kirish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Reja


 Menejmentga kirish fanining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar


Download 176.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana28.10.2023
Hajmi176.58 Kb.
#1731392
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
menejment

 
4. Menejmentga kirish fanining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar 
bilan o’zaro aloqalari. 
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog’lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki 
- tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o’rganish lozim. 
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun maxsulot tayyorlashda 
mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab 
chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-
texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun 
sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning 
maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish ularni ijtimoiy himoya 
qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va aholining kam 
ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. 
Tashkilot deb tizimlashgan, insonlarning ongli ravishdagi aniq maqsadga erishish uchun 
birlashmasiga aytiladi. 


Har bir tashkilot ochiq tizim tariqasida tassavur etish mumkin. Ya’ni tashqi muhitdan resurslar 
olib, ushbu muhitga yakuniy natijada tayyor mahsulot chiqaradi. 
Shu sababdan har bir tashkilotning hayotiy faoliyati uchta asosiy jarayondan iborat: 
- tashqi muhitdan xom-ashyo yoki resurs olish
- mahsulotni ishlab chiqarish; 
- mahsulotni tashqi muhitga o’tkazish. 
Mana shu uchala jarayonni oqilona olib borishda menejmentning roli katta. Tashqi muhitdagi 
mavjud resurslarda (xom-ashyo, kapital, mehnat, axborotli, moliya va boshqalar) oqilona foydalanib 
quyilgan maqsadlarga erishishni ta’minlash menejment fanining va uning asosiy jarayonining 
asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi.

Download 176.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling