1-mavzu. Menejmentga kirish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Reja
-chizma. Menejment tarkibiy qismi
Download 176.58 Kb. Pdf ko'rish
|
menejment
5-chizma. Menejment tarkibiy qismi. «Menejmentga kirish» fanini mohiyatini bilish uchun birlamchi u fanni asosini yaratgan, o’zaro bog’liq bo’lgan faoliyat va iqtisodiy iboralarni ko’rib chiqamiz. Kibernetika - murakkab dinamik tizimlarni optimal va maqsadli boshqarish haqidagi fandir. Iqtisodiy kibernetika - iqtisodiyot jarayonidagi boshqaruvni tadqiqot etish uslublar yig’indisiga aytiladi. Boshqaruv - bir tizimning ikkinchi tizimga, uning xaddi-xarakatini ma’lum yo’nalishda o’zgartirish uchun maqsadli axborotli ta’sir ko’rsatishni tushuniladi. «Boshqarish - bor resurslardan maksimal imkoniyat xosil qilib, korxonani maqsadga sari yetaklash». Chizmada ifodalangandek menejment o’z tarkibiga turli xil elementlarni qamrab olgan. Bu holat «menejment» iborasi «boshqaruv» iborasidan ancha kengligini ko’rsatadi. Menejment zaruriy holatda tashkilotning ichki muhitini o’zgartirish, oldinga qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida uni tashkil etuvchi – struktura, ichki tashkiliy jarayonlar, texnologiya, kadrlar, tashkiliy madaniyat – elementlarini muvofiqlashtiruvchi funktsiyasini o’taydi. Boshqacha qilib aytganda menejment tashkilotda bo’lib, o’tadigan funktsional jarayonlarni boshqarib turadi. Tashkilot strukturasi (tuzilma) tashkilotdagi alohida bo’linmalarni ajratish, ular o’rtasidagi aloqalar hamda bo’linmalarni bir butunga birlashtirishni ifoda etadi. Strutktura (tuzilma)ni shakllantirish asosida ishlarni loyixalshtirish yotadi. Tashkilotda faoliyat avtonom ishlash tizimi, konveyer, modul yoki brigada shaklida olib borilishi mumkin. Albatta, bu shakllarning o’ziga yarasha xususiyati borligini menejment hisobga olib, zaruriy holatda loyihalashtirilgan ishlar tizimini qayta qurish taqozo qilinadi. Ichki tashkiliy jarayoni – menejment tomonidan shakllantirilib va yo’naltirilib turiladi hamda o’z tarkibiga quyidagi jarayonlarni qamrab oladi: muvofiqlashtirish, qaror qabul qilish, kommunikatsiya. Iqtisodiyot Tashkil etish, logistika Strukturalar Moliya Hisob Marketing, biznes-plan Mehnat resurslari Kommunikatsiyalar, hujjatlar aylanishi Dasturiy-texnik platformalar Muvofiqlashtirsh uchun menejment tashkilotda ikki xil rusumdagi jarayonni shakllantirish mumkin: - farmoyish, bo’yruq va takliflar bilan xatti-xarakatlarni boshqarish; - me’yor va qoidalar tizimini ishlab chiqish orqali korxona faoliyatini muvofiqlashtirb turish. Texnologiya - tashkilot tomonidan yaratiladigan pirovard (faoliyat, xizmat) texnik vositalari va uslublarini ifoda etadi. Har bir samarali ishlab chiqarish jarayonni tashkil etish zaminida texnologiya yotganligi sababli menejment ushbu yo’nalishga alohida e’tibor qaratilishi kerak. ayniqsa zamonaviy, ilg’or texnologiyalar tashkilotning muhitiga, insonlar o’rtasidagi munosabatga qanday ta’sir ko’rsatishi hozirgi kun dolzarb muammolaridan bo’lib hisoblaniladi. Kadrlar – har bir tashkilotning asosi hisoblanadi. Shu sababdan menejment kadrlarni shakllantirib, ular o’rtasidagi munosabatlarni bir tizimga keltiradi va ularni rivojlantirish, o’qitish hamda faoliyat bo’yicha o’sishni ta’minlaydi. Tashkiliy madaniyat – tashkilotning ko’p yillik munosabatlari, qadriyatlari va tashqi muhitga ta’sir ko’rsatuvchi omillar yig’indisidan iborat. Tashkiliy madaniyat belgilangan me’yorlar, printsiplar va ishonch vositalari bilan amalga oshiriladi va korxona haqidagi fikr shakllanishiga, tashqi muhitdagi holatga moslashishiga hamda tashkilotning faoliyat ko’rsatish maqsadini belgilashga yordam beradi. Har bir tashkilot boshqalarga nisbatan farqi bo’lsada, ammo barchasida amalga oshiriladigan beshta funktsional jarayoni guruhini ajratib ko’rish mumkin: - ishlab chiqarishni boshqaruvi; - marketingni boshqaruvchi; - moliyani boshqaruvi; - personalni boshqaruvi; - ekkauntingni (xo’jalik faoliyatini tahlili va uchyoti) boshqaruvi. Download 176.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling