1-mavzu. Menejmentga kirish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Reja


Menejmentga kirishning asosiy vazifasi


Download 176.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana28.10.2023
Hajmi176.58 Kb.
#1731392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
menejment

Menejmentga kirishning asosiy vazifasi jamiyat rivojlanishining ob’ektiv qonunlari 
talablarini hisobga olgan holda va iqtisodiyotni boshqarish amaliyotini umumlashtirish asosida 
iqtisodiyotni samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yo’naltirilgan xarakatlar tamoyillarini 
ishlab chiqishdan iborat. 
Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal etishga: iqtisodiyotni 
bozor munosabatlariga o’tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi 
ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar ma’naviy darajalarini o’stirish va boshqalarga 
qaratilgandir. 
Menejmentning bu amaliy qismi boshqaruv tamoyillarini o’zini emas, balki ularni boshqaruv 
amaliyotida qo’llash qobiliyati, ya’ni ulardan aniq ko’rinishlaridan aniq vaziyatda, foydalana olish 
qobiliyatini o’rganadi. Uning boshqarish nazariyasidan farqi u iqtisodiyotni boshqarish amaliyotida 
qonuniyatlar, tamoyillari va uslublaridan foydalanish namunalarini ishlab chiqarishdadir. 
Menejmentga kirish kursining mazmunini iqtisodiyotni boshqarishning, boshqarish 
tizimlari va uni tuzishning tashkiliy shakllari, xo’jalik mexanizmi va boshqaruv uslublari
boshqaruv texnika va texnologiyasining nazariy va metodologik asoslarini o’rganish tashkil etadi. 
Menejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, boshqaruv tizimiga ta’sir 
usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi xarakatlari va o’zini to’tish 
xollarini umumlashtiradi. Iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganadi. 
Boshqaruv nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko’rinishida, nazariy 
tahlil va mantiqiy uslub asosida boshqarishning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib o’rganadi. 
Menejment mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab 
chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq holda o’zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy 
aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatda ajralib 
chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar 
ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani 
ko’paytirishga yo’naltiriladi. 
Menejmentning asosini ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi 
xuquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o’rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon 
bo’lishini hisobga olgan holda xo’jalik rahbarlari respublika turli tarmoqlarni boshqarishning 
strategiya va taktikasini belgilaydilar. 


Jamiyat hayotining barcha tomonlari demokratik yangilanishi sharoitida asosiy masala 
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy taraqqiyotni rag’batlantirish. Boshqariladigan bozor bilan shaxs 
va jamoa manfaatlarini samarali bog’lash masalalaridan iboratdir. Nazariy va amaliy nuqtai 
nazardan ishlab chiqarish egalari bo’lgan mehnatkashlar manfaatlari eng muhim manfaat ekanligi, 
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtiruvchi qudratli xarakatlantiruvchi 
kuch ekanligi shubhasizdir. Bundan boshqaruvni isloh qilishning strategik g’oyasi mehnatkash 
kishining obro’sini ko’tarishdan, chunki, iqtisodiyotni sog’lomlashtirishning asosi bo’lib vijdonan 
va ma’suliyat bilan mehnat qilishga xizmat qiladi; ishchining mehnatdan manfaatdorligini keskin 
oshirish, o’z qobiliyatini to’liq sarf etish, uni jamiyatni xarakatlantiruvchi kuchlarning umumiy 
tizimiga qo’yishdan iborat. Bunga faqat ishchi ishlab chiqarishnin xaqiqiy egasi sifatida mehnat 
qilgan holdagina erishish mumkin, bu juda murakkab masala, chunki inson faqat ijtimoiy shaxs - 
ya’ni jamiyatga bog’liq va uning ta’siri ostida bo’lib qolmay, tabiiy mavjudot hamdir. Xuddi 
shunga bog’liq holda uning shaxsiy manfaatlarini (unga bog’liq holda xulqi, xarakatlari) har doim 
ham ijtimoiy manfaatlar bilangina emas, balki o’z idroki manfaatlari bilan ham mos kelmaydi. 
Kishilar o’rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar aks etuvchi manfaatlar ular maqsadlari, 
mehnat intizomi, faolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi va ularning xarakatlarini tartibga soladi. 

Download 176.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling