1-mavzu. Menejmentga kirish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Reja


-chizma. Bozorga muvofiqlashtirishning uchta bog’liq vazifa


Download 176.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana28.10.2023
Hajmi176.58 Kb.
#1731392
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
menejment

 
4-chizma. Bozorga muvofiqlashtirishning uchta bog’liq vazifa. 
 
3. Menejmentga kirish fanining tahlil usullari. 
 
Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi - dialektik uslub bo’lib, u menejmentga 
o’rganilayotgan ijtimiy xodisalarning mohiyatini ochishga yordam beradi.
Menejmentga quyidagi boshqa uslublar ham xos: voqe’lik xodisalarini o’rganishga aniq 
tarixiy yondashuv; xo’jalik mexanizmi barcha elementlarini bir vaqtning o’zida taxlil qilish va 
to’liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondashuv, tarkibiy taxlil, 
iqtisodiy tajriba va boshqalar. 
Menejment maxorati uning barcha uslublarini egallash, ularni to’g’ri bog’lab qo’llash, har bir 
aniq vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo’lishidan iboratdir. 
Boshqaruv uslublari va klassifikatsiyasi. Menejer firma oldiga qo’yilgan vazifalarni 
bajarishda jarayonli yondashuvdan tashqari turli yondashishlarni qo’llaydi. Tizimli yondashuvda 
rahbarlar tashkilotni o’zgaruvchan tashqi muhit sharoitida turli maqsadlarga erishishga qaratilgan 
o’zaro bog’liq elementlar to’plami sifatida ko’radilar – odamlar, struktura, texnologiya. Vaziyatli 
yondashuv, turli boshqarish uslublarining loyiqligi konkret holatlarda aniqlanadi, deb taxmin qiladi. 
Haqiqiy holatda eng samarali uslub bo’lib, shart-sharoitlarga maksimal ravishda mos keladigan 
uslub namoyon bo’ladi. 
Vaziyatli yondashuvda tashkilotga ta’sir ko’rsatadigan asosiy tashqi va ichki muhit omillarini 
aniqlash taqozo etiladi. Menejerlar amaldagi maqsadlar uchun faqat har bir konkret holatda ta’sir 
ko’rsatadigan omillarnigina ko’rib chiqadilar. 
Boshqaruv jarayonida ko’pgina turli xil usullar, yondashuvlar va uslublar qo’llaniladi. Ular 
menejment funktsiyalarini, qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan bosqichlar, protseduralar va 
operatsiyalarni bajarishni tartibga solish, maqsadga yo’naltirish va samarali tashkil qilish 
imkoniyatlarini beradilar. Ularning hammasini menejment uslublari deyish mumkin. Menejment 
Ta’minot bozori 
Kapital bozori 
Taqsimot bozori 
Ishlab chiqaruvchi 
korxonaning qayta 
strukturalash 
3.Korxonaning 
raqobatbardosh strukturasini 
yaratish: 
-
tadbirkorlik 
birliklarini 
yaratish; 
-
boshqaruvning 
oqilona 
strukturalarini yaratish. 
2.Xarajatlar 
bo’yicha 
raqobatbardoshlik 
o’rinni 
ta’minlash: 
- faoliyaning strategik muhitini 
aniqlash; 
- faoliyatning asosiy muhitini 
qo’shimcha xarajat omillaridan 
xalos qilish. 
1.Aylanish va mahsulot 
sifati 
bo’yicha 
o’rinni 
ta’minlash: 
- ichki va tashki bozor 
uchun 
marketing 
menejmentini yaratish; 
- dunyo 
standartiga 
nisbatan texnologik o’rnini 
tahlili. 


uslublari deganda, maqsadlarni qo’yish va ularga erishishda qo’llaniladigan boshqaruv faoliyatini 
amalga oshirish qoidalari tushuniladi. 
Boshqaruv uslublari tizimi asosini umumilmiy metodologiya tashkil etadi. Bu metodologiya 
tizimli, kompleks yondashuvni muammolarni yechishga qaratadi, shuningdek modellashtirish, 
tajriba o’tkazish, konkret tarixiy yondashuv, iqtisodiy-matematik va sotsiologik o’lchovlar va 
boshqa uslublarni qo’llashni ham ko’zda tutadi. 

Download 176.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling