1-mavzu. Menejmentga kirish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Reja


Download 176.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana28.10.2023
Hajmi176.58 Kb.
#1731392
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
menejment

Tizimli yondashuv menejmentda boshqaruv muammolarini tartibga solish uslubi sifatida 
qo’llaniladi. Uning vositasida muammolarni turkumlash amalga oshiriladi, yechimlar maqsadi 
aniqlanadi, variantlar tanlanadi, muammolar elementlari o’zaro bog’liqligi, hamda ularning 
yechimiga ta’sir etuvchi omillar va sharoitlar belgilanadi. 
Kompleks yondashuv tizimlilikni konkretlashtirishning spetsifik shakli hisoblanadi, chunki 
uning asosini boshqaruv muammolarini ular bilan aloqada va o’zaro bog’liqlikda, ushbu 
muammolarni o’rganayotgan ko’pgina fanlarni o’rganish uslublarini qo’llash bilan ko’rib chiqish 
tashkil etadi. 
Modellashtirish – tizimning ko’rinish shakli, xususiyatlarini, o’zaro aloqalarini, funktsional 
va strukturaviy parametrlarini aks ettiruvchi modellarni qo’llashga asoslanadi. 
Boshqaruv muammolarini yechishda uyinlar nazariyasi, navbatlar nazariyasi, zaxiralarni 
boshqarish, chiziqli programmalashtirish, imitatsion va iqtisodiy tahlil modellari keng 
qo’o’llaniladi. Ular menejmentning yana bir muhim dastagi bo’lmish iktisodiy-matematik 
uslublarni qo’llagan holda boshqarishning ko’p sonli masalalarini yechish imkonini beradi. 
Tajriba o’tkazish uslubida tajriba asosida tashkilotning maqsadlari va vazifalarini yechish 
uchun foydalanish zarur bo’lgan ilmiy asoslangan yangiliklarni aniqlash amalga oshiriladi. 
Eksperiment bu u yoki bu gipotezalarni, yangiliklarni va korxona boshqaruv tizimidagi 
o’zgarishlarni tekshirish yordamida tayyorlangan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan 
metodika asosida o’tkaziladigan ilmiy tajriba hisoblanadi. 
Tajriba o’tkazish tamoyillari: 

maqsadga yo’naltirilganlik; 

tajribaning «tozaligi»; 

aniqlik; 

tajriba zonalarini belgilash; 

yo’nalishning ilmiy asoslanganligi. 
Tajribani boshqarishning uch mumkin bo’lgan natijalarini ajratishadi: 1. Tekshirilayotgan 
yangilikning qabul qilinishi yoki salbiy baholanishi to’g’risidagi ma’muriy qaror. 2. Boshqarishning 
yangi nazariy va uslubiy tomonlarini izohlash, ilmiy va amaliy asoslab berish. 3. Ilmiy menejment 
uslublari tizimini rivojlantirish, ularning ilmiy asoslanganligini oshirish. 

Download 176.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling