1-mavzu. Menejmentga kirish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Reja
Download 176.58 Kb. Pdf ko'rish
|
menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv texnologiyasi
Sotsiologik tadqiqotlar uslubi. Sotsiologik tadqiqotlar tashkilot personali ehtiyojlari va
qiziqishlari, odamlar va guruhlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar xarakteri, kadrlar tuzilishi natijasida shakllangan madaniyat turi va tashkilotning boshqa rivojlanish omillari to’g’risida axborotlarni to’plash va qayta ishlash yo’li bilan o’tkaziladi. Bunga intervyu, anketa o’tkazish, kuzatish, o’z-o’zini kuzatish, hujjatlarni o’rganish kabilar kiradi. Bularning hammasi shunday axborotni beradiki, uning asosida tashkilotdagi personalning u yoki bu qarorlarga bo’lgan reaktsiyasini prognozlash hamda odamlar va guruhlar xatti-xarakatlarini boshqarish mumkin. Yondashuvlar, uslublar va usullar konkret yoki maxsus uslublar deb nomlanadi. Konkret uslublar klassifikatsiyasi: funktsional kichik tizimlarni boshqarish uslublari; menejment funktsiyalarini bajarish uslublari; boshqaruv qarorlarini qabul qilish uslublari. Birinchi yo’nalish tashkilot strukturasi bilan bog’liq (marketing, innovatsiya, ishlab chiqarish, moliya, personal, resurslar). Ikkinchi yo’nalish menejment funktsiyalari bilan bog’liq. Uchinchi yo’nalish boshqarish jarayonini muammolarni yechish jarayonlari to’plami sifatida tasavvur qilishga asoslanadi. SHunga mos ravishda hamma uslublar quyidagi guruhlarga bo’linadi: muammolarni qo’yish uslublari, muammolarni yechish uslublari, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini tashkil etish. Menejmentning ba’zi bir texnologiyalarini keltiramiz. Boshqaruv texnologiyasi – samarali boshqaruv ta’sirini o’tkazish san’ati, tadbirlar tizimi va uslublardir. Unga axborotlarni to’plash va qayta ishlash yo’llari, ishlovchilarga samarali ta’sir o’tkazish vositalari, boshqarish tamoyillarini aniqlash, nazorat tizimini ishlab chiqish va joriy qilish kiradi. Boshqaruv texnologiyalari ob’ekti bo’lib inson, tashkilot, jamiyat hisoblanadi. Tashkilotning xususiyatlaridan kelib chiqib maqsadlar bo’yicha, natijalar bo’yicha, ehtiyojlar va qiziqishlar asosida, tekshirishlar va farmoyishlar orqali, personal faoliyatini aktivlashtirish asosida boshqarish qo’llaniladi. Ularning har birinining qanday vaziyatlarda qo’llanilishini alohida ko’rib chiqamiz: 1.Maqsadlar bo’yicha boshqarish bo’linmalarning hamma maqsadlari ham asoslanmagan holatda; maqsadlarni shakllantirish uslubi bo’lmaganda; maqsad va vazifalarni amalga oshirishning hujjatlashtirilgan tahlili bo’lmaganda; ishchi majlislar tayyorgarliksiz o’tkaziladiganda, maqsadlar va vazifalar bir necha bor almashtiriladigan holatlarda qo’llaniladi. Maqsadlar bo’yicha boshqarish texnologiyasi – yangi holatlarni bashoratlash bo’yicha boshqarishdir. Uning asosida ham tashkilot uchun, ham har bir xodim uchun tuziladigan biznes-reja turadi. 2.Natijalar bo’yicha boshqarish: aksariyat ishlovchilar uchun ish ularning ish joylari bilan chegaralanadi; mehnat natijalariga qiziqish va rag’batlantirish yo’q, yomon sotuv bilan bog’liq siyosat. Natijalar bo’yicha boshqarish texnologiyasi oldingi qaror bo’yicha natija olingandan keyingina boshqarish qarorlarini qabul qilishga asoslanadi. Buning uchun maxsus tashkiliy va funktsional tayyorgarlik ko’riladi – yangi bo’linma tarkibida tahlil etuvchi guruh tuziladi. Uning tarkibiga psixologiya va sotsiologiya, marketing, iqtisod sohalari bo’yicha mutaxassislar kiritiladi, bu guruh uchun boshqarishning matritsali strukturasi tuziladi. 3.Ehtiyojlar va manfaatlarni hisobga olish asosida boshqarish: ishlovchilarning yuqori qo’nimsizligi, katta travmatizm, qo’l ostidagilar tomonidan qarshi xarakatlar. 4.Maxsus vaziyatlardagi boshqarish: yuqori malakali ishlovchilarning ketishi, boshqarish apparatining haddan tashqari kengligi, zamonaviy jihoz va orgtexnika. 5.Faoliyatni aktivlashtirish asosidagi boshqarish: ishlovchilar tashabbussiz, moddiy rag’batlantirishga katta e’tibor, ishlab chiqarishdagi nizolar, tashkilotda yoshlarning kamligi. 6.Sistematik tekshiruvlar va farmoyishlar asosidagi boshqarish: ishlovchilar va bo’linmalar faoliyatini muvofiqlashtirishning yetarli bo’lmaganligi, bo’yruqlarni bajarishda tezkorlikning yo’qligi, operativ nazoratning yo’qligi. Doimiy tekshirishlar va farmoyishlar orqali boshqarish texnologiyasi qo’l ostidagilar ishini qattiq rejalashtirishga asoslanadi. Katta bo’lmagan tashkilotlar uchun ko’proq samarali. Download 176.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling