1-mavzu. Menejmentga kirish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Reja
Download 176.58 Kb. Pdf ko'rish
|
menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejmentga kirish predmeti
- Business management
Har qanday fan o’z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet bu fan nima bilan
shug’ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada ro’y beradigan jarayon va xodisalarning ro’y berish qonuniyatlarini aniqlaydi. Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko’rsatib berishi, fanning shu sohasida xodisalarni umumlashtirish va o’rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqish lozim. Menejmentga kirish predmeti xo’jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o’rganishdan iboratdir. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bo’lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo’l ostidagi xodimlar o’rtasidagi aloqa va o’zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment bu eng avvalo kishilarni boshqarishdir. Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv ob’ekti mehnat jamoalari va alohida xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya’ni mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi. Hozirgi kunda menejmentning quyidagi tiplari va turlari mavjuddir: Business management – xo’jalik, tijorat tashkilotlarini boshqarishdir, ya’ni biznes boshqaruvidir. Business administration – ishbilarmon ma’muriy boshqaruvchisidir. Publik administration – davlat boshqaruvi. Menejment turlari: 1. Strategik menejment 2. Ishlab chiqarish menejmenti 3. Innovatsion menejment 4. Ma’muriy menejment 5. Operatsion menejment 6. Moliyaviy menejment 7. Xalqaro menejment 8. Munitsipial menejment. 9. Ekologik menejment. 10. Bank menejmenti va h.k. Demak, menejment fani menejerlar tayyorlashda muhim rol o’ynaydi. Menejer bu boshqaruv ishlarini amalga oshirayotgan ijtimoiy qatlamdir. 1930 yildan boshlab, bunday faoliyat muhim kasblar qatoridan o’rin oldi, bilimlar majmuasi mustaqil fanga aylandi, ijtimoiy qatlam esa jamiyatdagi ta’sirchan kuchga aylandi. Menejerlarning qabul qilgan qarorlari, davlat arboblari qarorlari singari mamlakatlar va kishilar taqdirini hal qiluvchi kuchga aylandi. Menejerlar bu biror-bir tashkilotda faoliyat ko’rsatadigan boshqaruv sub’ektidir. Menejer – bu boshqaruv bilan shug’ullanayotgan muhim kasb egasidir, malakali boshqaruvchidir. Menejmentni biznes tushunchasi bilan aralashtirib yuborish mumkin emas. Biznes ma’lum mahsulot yaratib yoki xizmat turini ko’rsatish bilan foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Biznesmen – bu mulk, kapital egasi bo’lib, kapitaldan foydalanib daromad oluvchidir. Menejer esa boshqaruv bilan shug’ullanayotgan kasb egasidir. Download 176.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling