1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


 Globallashuv va milliy ma‟naviyat


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

 3. Globallashuv va milliy ma‟naviyat 
Milliy istiqlol g„oyasi muayyan tushunchalarga asoslanadi. Ular turli xil 
bо„lib, jamiyatda shakllangan va mavjud bо„lgan fikrlar xilma-xilligi bilan 
kishilarning о„zaro ijtimoiy munosabatlari asosida amaliy hatti-harakati orqali 
namoyon bо„ladi. 
Ma‟naviyatni ham bir uyga tо„plangan boylikka qiyoslasak, tashqaridan 
kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib tashlashini hech bir 
xonadon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham yot g„oyalar, oqimlar va 
mafkuralar ma‟naviyatimizga vayronkor ta‟sir о„tkazishiga qarshi himoya choralari 
kо„rishimiz tabiiy. Chetdan о„tkaziladigan mafkuraviy ta‟sirga qarshi himoya 
choralari kо„rishdan avval qanday ta‟sirlarni ma‟qullash lozimu, qandaylarini rad 
etish kerakligini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda birorta ham milliy ma‟naviyat 
yо„qki, u boshqa xalqlar ma‟naviyatidan tо„la ihotalangan bо„lsa. Hatto, Avstraliya 
chakalakzorlari, Afrika savannalari va Janubiy Amerika changalzorlarida turmush 
kechirayotgan qabilalar ham qо„shni qabilalar va zamonaviy tamaddun ta‟sirini 
о„zida his qilib turadi. Qolaversa tarixni tahlil qilish boshqa xalqlar ma‟naviyatidan 
bahramand bо„lgan xalqlar ma‟naviyati yuksakliklarga kо„tarilgandan guvohlik 
beradi.
О„rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma‟naviyati ham Sharq va G„arbni 
tutashtirgan karvon yо„llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham G„arb 
madaniyatidan bahramand bо„lgan. Muhimi shundaki, xalqimiz G„arb va Sharq 
ma‟naviyatidan bahramand bо„lib ularning ijobiy tomonlarini о„zlashtiribgina 
qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi chо„qqilarga kо„tarishdi. Bu fikrning 
tasdig„ini ma‟naviyatning tarkibiy qismlari bо„lgan ilmiy bilimlar, diniy e‟tiqod, 
san‟at misolida ham kо„rish mumkin. Faqat Vatanimiz emas, umumjahon 
madaniyati tarixidan mustahkam о„rin egallagan allomalarimiz ijodi ham shu 
fikrni tasdiqlaydi. Masalan, ana shunday ajdodlarimizdan biri Abu Rayhon Beruniy 
Xitoy va Hindiston, Yunoniston va Rim falsafasini, tabiiy fanlarini chuqur 
о„zlashtirgan edi. Hindistonda bо„lgan paytida u hind fani va madaniyatini о„rganar 
ekan, qadimgi manbalarni о„rganish uchun qadimgi hind tili-sankritni bilish 
lozimligini anglaydi. U sanskritni о„rganishga kirishadi va qisqa fursatda uni 
chuqur о„zlashtiradi. Endi qadimgi hind madaniyati va fanini asl manbalardan 
о„rgana boshlaydi. U shuningdek, yunon va Rim madaniyati va fanini о„rganish 
uchun yunon va lotin hamda qadimgi yahudiy tillarini о„zlashtirgan edi. 
Jahon madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan Abu Nasr Forobiy ham 
о„nlab tillarni bilgan va о„nlab xalqlar madaniyati va ma‟naviyatini chuqur 
о„rgangan. Bunday misollarni juda kо„plab keltirish mumkin. Eng muhim jihati 
shundaki, о„sha buyuk ajdodlarimiz jahon xalqlari ma‟naviyatini о„rganibgina 
qolmay, ularni chuqur tahlil qilishdi, tegishli joylarini rivojlantirib olamshumul 
kashfiyotlarni ochishdi. 
Ajdodlarimiz tarixi jahon xalqlari ma‟naviyatiga hurmat bilan qarash, 
kerakli joylarini о„rganib, ijodiy rivojlantirish orqaligina ma‟naviyat chо„qqisiga 
erishish mumkinligidan guvohlik beradi. Bizga ta‟sir о„tkazayotgan yoki ta‟sir 
о„tkazmoqchi bо„layotgan g„oyalarning qay birini qabul qilish va qay birini rad 
etish lozimligini aniqlash uchun jiddiy tahlil lozim. Ana shunday tahlilni о„tkazish 
uchun esa ba‟zan erinchoqligimiz, ba‟zan uquvsizligimiz xalaqit bermoqda. Buning 


50 
oqibatida esa qabul qilish bо„lgan g„oyalarni rad etish va rad etish lozim bо„lgan 
g„oyalarni qabul qilish hollari ham uchrab turibdi. 
Shunday g„oyalar borki, ular ochiq chehra bilan eshigimizni taqillatib, kirib 
keladi. Shunday g„oyalar ham borki, ular «о„g„ri» kabi tuynuk qidiradi. 
Eshik qoqib keladigan g„oyalar milliy ma‟naviyatni boyitishga, 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu umuminsoniy ezgu-g„oyalardir. Chunki, milliy 
ma‟naviyatlar о„zaro ta‟sir jarayonida rivojlanadi. Har qanday xalq ma‟naviyati 
rivojiga nazar tashlansa uning boshqa xalqlar udum va an‟analarini qanchalik 
о„zlashtirib va rivojlantirib borganini kо„rish mumkin. 
О„zbek milliy ma‟naviyati ham uzoq va yaqindagi qо„shnilarning ilg„or 
an‟analarini о„zlashtirish natijasida boyib bordi. Ma‟naviyatimizning rivojlanish 
tarixini kuzatsak, bunga yana bir bor ishonch hosil qilish mukin. XX asr 
boshlaridagi о„zbek madaniyati va ma‟naviyati va uning asr oxiridagi holati 
о„rtasida ancha jiddiy tafovut bor. Bu tafovutni adabiyot, san‟at, fan, hatto oddiy 
yurish-turish va kiyim-kechak, turmush sohalarida ham kuzatish mumkin. 
XX asr boshida о„zbek adabiyotida dramaturgiya janri hali shakllanmagan 
edi. Demak milliy teatr san‟ati tо„g„risida sо„z ham yuritish mumkin emas edi. 
Munavvar qori Abdurashidxonov, Mahmudxо„ja Behbudiy, Fitrat singari 
ma‟rifatparvarlarning say-harakatlari tufayli dramaturgiya shakllana boshladi va 
keyinroq teatr san‟ati vujudga keldi. О„sha paytlarda teatr san‟atini о„zbek millati 
uchun yot, begona g„oya deb e‟lon qilganlar oz emas edi. Dramaturgiya va teatrni 
rad qilish faqat dahanaki tanqid bilan chegaralanmagan. San‟atning bu turlarini 
О„zbekistonga olib kirishga harakat qilayotgan insonlarni mazax qilish, 
masxaralash, hatto sazoyi qilish о„zlarini milliy ma‟naviyat himoyachilari, 
deyuvchilar tomonidan amalga oshirilgan edi. Hamma narsa uchun oliy hakam 
hisoblanadigan vaqt esa, teatr san‟ati milliy ruhiyatimiz va ma‟naviyatimizga yot, 
deyuvchilarning о„zlari milliy ma‟naviyat rivojiga g„ov bо„lganini kо„rsatdi. 
Hozirgi kunda har million kishiga hisoblaganda teatrlar soni bо„yicha О„zbekiston 
dunyodagi eng ilg„or о„rinlardan birini egallaydi va teatr milliy ma‟naviyatimizning 
uzviy qismiga aylangan. 
Milliy kiyimlar ham milliy qadriyatlardan biri hisoblanadi. XX asr 
davomida ana shu qadriyatimizning ham tadrijini kuzatsak, g„aroyib hodisalarning 
guvohi bо„lamiz. О„tgan asr boshlarida mahalliy erkaklarning qishki kiyimi telpak 
yoki etikdan iborat edi. Yozgi kiyim esa dо„ppi, kо„ylak yoki yaktak, oq lozim va 
shippak yoki kafshdan iborat edi. 
Sport sohasidagi atamalarni globallashuv jarayoniga ham tadbiq qiladigan 
bо„lsak, vayronkor g„oyalardan himoyalanishning eng samarali yо„li ularga qarshi 
hujumga о„tishdir. YA‟ni, biz yot g„oyalardan himoyalanish bilangina 
shug„ullanmay, о„z g„oyalarimiz, an‟analarimiz, turmush tarzimizni dunyoga 
yoyish uchun harakat ham qilishimiz zarur.
Tariximiz ilm-fan, din, san‟at sohasida yurtimizda yetishib chiqqan 
allomalar butun dunyoga dong taratganidan, demakki butundunyo ma‟naviyatiga 
katta ta‟sir о„tkazganidan guvohlik beradi. Abu Nasr Forobiy jahon falsafasi 
rivojiga sezilardi hissa qо„shgan bо„lsa, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, 
Zamahshariy, Xorazmiy, Mirzo Ulug„bek singari allomalarimiz jahon fanini yangi 
pog„onalarga kо„tarishdi. Ismoil Buxoriy, at Termiziy, Moturidiy, Abduxoliq 


51 
G„ijduvoniy, Bahovuddiy Naqshbandiy, Ahmad Yassaviylar esa, Hadis, kalom, 
fikh ilmlari va tasavvufda porloq yulduzlar hisoblanishadi. Amir Temur va Mirzo 
Boburning harbiy san‟ati naqadar yuksakligini butun jahon e‟tirof etadi. 
SHо„rolar davrida milliy qadriyatlarimizni dunyoga yoyish uyoqda tursin 
о„z yurtimizda qadrlash uchun ham yо„l berilmadi, kо„pchilik qadriyatlarimiz esa 
toptaldi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin о„sha toptalgan qadriyatlarimizni 
tiklash imkoniga ega bо„ldik. Bundan tashqari milliy qadriyatlarimizni targ„ib 
qilish imkoniga ham ega bо„ldik. О„zbek milliy kurashini dunyoga yoyish bо„yicha 
qilingan 
ishlar, 
dunyoning 
kо„pchilik mamlakatlarida о„zbek kurashi 
federatsiyalarining tuzilishi buning yaqqol misoli. Dunyo bugun О„zbekistonni 
milliy-madaniy merosi, boy tarixi, tili, madaniyati, urf-odat va an‟analarining 
umuminsoniy g„oyalar bilan mujassamligi, san‟at va arxitektura, fan va madaniyat 
sohasida erishayotgan yutuqlari orqali ham kashf etmoqda. Demak, biz 
globallashuv jarayonida passiv qabul qiluvi tomongina bо„lmay, faol targ„ib 
qiluvchilarga ham aylanishimiz mumkin. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling