1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

3.G„oyaviy manipulyatsiya 
Inson biror jismoniy kasallikka chalinsa, uning oldini olish, davolash 
mumkin. Millat ma‟naviyatining zaifligi, uning xarakteridagi xafsalasizlik, 


59 
befarqlik, g„ayratsizlik, о„zaro ichki munosabatlarda aldamchilik, qо„pollik, 
johillik, xudbinlik, yalqovlik va boshqa nuqsonlarda namoyon bо„ladi. Demak, 
hozirgi о„zimizni о„zimiz barkamol qilishimizga tо„sqinlik qilayotgan ma‟naviy 
jarohatlarimizni davolashimiz uchun masalaga aniq, ya‟ni real milliy xarakterni 
о„rganish va о„zgartirish omili sifatida yondoshmog„imiz zarur. 
Natijada millatning о„z ahvoliga о„zining munosabati, ijobiy jihatlarni 
oshirish va qusurlarni ma‟rifiy yо„l bilan davolab, kuchlantirib, jahonning ilg„or 
millatlari safiga qо„shilishi mumkin. 
Jamiyatning о„z ertasi va kelajagiga ishonchi о„z-о„zidan hosil bо„lmaydi. 
Buning zamirida millat baxt saodati yо„lida, demak xar bir fuqaro manfaatidan 
kelib chiquvchi maxsus faoliyat - mafkuraviy tarbiya yotadi. Mafkuraviy tarbiya 
deganda gap, «kishilar dunyoqarashini boshqarish xaqida emas, balki odamlarning 
tafakkurini boyitish, uni yangi ma‟no va mazmun bilan tо„ldirish»ni ham anglatadi.
Mafkuraviy tortishuvlarda tahdid soluvchi ham, о„zini himoya qiluvchi ham 
- g„oyani ommalashtirish uslublaridan foydalanadi. Bu - mafkuraviy tarbiya
uslublaridir. Demak, qaysi tomonning yengishini pirovard natijada ilmga 
asoslangan targ„ibot va tashviqot hal qiladi. Shu tariqa mafkuralar tortishuvi - 
targ„ibot va tashviqotlar tortishuviga aylanadi, deyish mumkin. Shu sababli «Milliy 
istiqlol mafkurasi tom ma‟nodagi milliy mafkuraga aylanish uchun qator talablarga 
javob berishi zarur. Ana shunday talablardan biri - har qanday yovuz g„oyaga
qarshi javob bera olishidir.
4.
  
Jamiyatga yot mafkuralar о„z g„oyalarini birdaniga olib kira olmaydi. Ular 
avvalo mahv qilinishi kerak bо„lgan millat azaldan ishonib kelgan narsalarga 
ishonchini, umidini sо„ndiradi. Buning uchun millat ishonib kelgan narsalar 
yomonlanadi, obrо„sizlantiriladi. Natijada mafkuraviy immunitetni sindirishning 
birinchi bosqichi amalga oshadi - millat о„zi ishonib kelgan g„oyalar, qadriyatlarga 
befarq munosabatda bо„la boshladi. Azaliy qadriyatlarga amal qilinmay qо„yiladi, 
odamlarda ularga amal qilmayotganlarga loqayd munosabat urf bо„ladi. 
Qadriyatlar, g„oyalar qadrsizlanadi, ahamiyatsiz narsalarga aylanib qoladi. Bо„shliq 
ana shunday yaratiladi, «ochib olinadi».
Mafkuraviy bо„shliq ochib olingach, endi uning о„rnini tо„ldirish о„z 
g„oyasini jozibali tasvirlay boshlanadi. Buzg„unchi g„oyaga xos «yangilik» va u 
berayotgan va‟dalar odamlar qulog„i va kо„zi orqali ong va qalbiga kira boshlaydi. 
Mafkuraviy bо„shliq shu tariqa tо„ldira boshlanadi. Yolg„on g„oya odamlar ongiga 
kirsa, u ham katta kuchga aylanadi.
Hozirgi fan va texnologiyalar ravnaqi davrida boshqa kishilarning ongi va 
qalbiga yashirin, g„araz maqsad bilan ta‟sir kо„rsatishni ifodalashda m a n i p u l ya 
s i ya (manus – qо„l), sо„zi, ya‟ni obyekt ustidan biror maqsadda ish olib borish 
ma‟nosida ishlatilmoqda. Bunda chaqqonlik, mahorat talab qilinishi kо„zda tutiladi. 
Shu sababli «manipulyatsiya»ni kо„chma ma‟noda «odamlar bilan obyekt sifatida 
munosabatga kirishish» deb ham tushunish mumkin. 1969 yil Nyu Yorkda chop 
qilingan «Zamonaviy sotsiologiya lug„ati»da bu haqda «boshqalarga bildirmasdan, 
asl maqsadni yashirin tutgan holda boshqalar ustidan hukmronlik qilib, о„zi istagan 
xulq-atvorni shakllantirish» deyiladi. 
Biz uchun muhim jihati shundaki, ushbu vaziyatda shaxs va uning 
mafkuraviy immunitetiga ta‟sir kо„rsatish jarayoni manipulyatsiya tushunchasida 


60 
aks etadi. Chunki, masalan, «da‟vatchi»ning ta‟siri birinchidan shaxsga nisbatan 
zо„rlik, kuch ishlatilmaydi, balki ma‟naviy, psixologik xususiyatga ega; 
ikkinchidan, bu ta‟sirda asl maqsad yashirin qoladi. Shuning uchun ham «islom 
dini niqobida» degan ibora ishlatiladi; uchinchidan, g„oyaviy manipulyatsiya, 
zimdan ta‟sir kо„rsatuvchidan mahorat va bilimni talab qiladi. Shunday ekan
g„oyaviy manipulyatsiyani mafkuraviy kurash, yot mafkuralar tomonidan 
qо„llanilayotgan ta‟sir texnologiyasining tarkibiy qismi, deb atash mumkin. YA‟ni 
manipulyatsiya odamni u yoki bu ishni qilishga emas, (targ„ibot va tashviqotdan 
farqli о„laroq), balki shu ishni qilishga hohish, istak uyg„otishga xizmat qiladi. 
Bunda, ya‟ni g„oyaviy manipulyatsiyada qanday jarayonlar kechadi? 
Avvalo g„oyaviy manipulyator (da‟vatchi)ning maqsadi - unga о„z tasavvurlarini 
о„zgartirishga olib keluvchi belgi, bilimlar bera boshlaydi. Natijada obyekt 
(shaxs)ning dunyo, din, hayot, yashashdan maqsad kabi tasavvurlari, qadriyatlari 
tizimida da‟vatchi-manipulyator kutayotgan tartib paydo bо„ladi va yetakchilik qila 
boshlaydi. Bu esa shaxsning xulq-atvoriga ta‟sir kо„rsatadi, shaxs о„z xarakteridagi 
о„zgarishlarni sezmaydi va «men tо„g„ri yо„l tutayapman, chunki ...», degan asosga 
ega bо„lib qoladi.
5
 
Shu о„rinda Prezident Islom Karimovning «80-yillarning oxirida 
mamlakatimizda о„zini «dо„st», «dindosh», millatdosh qilib kо„rsatib, gо„yo islom 
dinining sofligi uchun kurashga «da‟vat» etuvchi ayrim kimsalar kirib keldi... Juda 
«chiroyli da‟vat»lar bilan chiqib, ayrim yoshlarni о„ziga mahliyo qilishga erishdi 
ham. ... ular din inqobi ostida harakat qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining 
bir tо„dasi ekani oshkora bо„ldi...»
6
, degan fikrlarini eslash о„rinlidir. Bu о„gitlar 
bizni nafaqat ogohlikka, balki mafkuraviy kurash maydoniga chorlamoqda. Bu 
kurashda bizga ota boblarimizni kо„rib, sinab aytgan hikmatlari ham qо„l keladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling