1-mavzu: Milliy iqtisodiyot va uni tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar. Milliy boylik-davlatning qudratini belgilovchi ko’rsatkich Reja
Download 59.12 Kb.
|
1 мавзу.
4-savol bayoni: Milliy boylik jamiyat ixtiyoridagi mehnat bilan yaratilgan va jamg’arilgan moddiy ne’matlar mujassami. Bu ko’rsatkich mamlakat iqtisodiy qudratining eng muhim ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, ishlab, chiqarish davomida barcha iste’mol qiymati yig’indisining pul bilan ifodalanishidir.
Milliy boylik xalq moddiy va ma’naviy darajasining negizi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdir, shuning moddiy asosi va natijasidir.2 Respublikamizda milliy boylik og’ir sanoat, shuningdek engil va oziq ovqat sanoati, paxta, ipakchilik, qorako’lchilik, mevachilik, o’zum etishtirish, sabzavotchilik bilan bog’likdir. Jahon bozorida mehnat taqsimotida paxta tolasi, ipak poyasi, qarakul, paxta terish mashinalari ishlab chiqarish bo’yicha salmoqli o’rinni egalab kelmoqdamiz. Milliy boylik tarkibiga xalq xo’jaligining asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlari (bino, inshoot, mashina, asbob-uskunalar, transport vositalari, materiallar, mahsuldor hayvonlar, yoqilg’i), muomala fondi (tayyor mahsulot zahiralari), ehtiyot fondlari va sug’urta zahiralari, xizmat qiluvchi tarmoqlarning asosiy fondlari (maktab va shifoxonalar, uy-joy, madaniyat saroylari) aholining shaxsiy mol-mulklari, ishlab chiqarish jarayonida jalb etilgan tabiiy boyliklar (er osti qazilmalari, tabiiy ekin maydonlari), shuningdek ishchi va xizmatchilarning ishlab chiqarish tajribasi, ilmiy-texnika bilimlari ham kiradi. Milliy boylik tarkibida aholidagi xizmat muddati bir yildan oshadigan uzoq vaqt foydalaniladigan predmetlar alohida guruhni tashkil etadi. Bular individual transport vositalari, mebellar, foto va videotexnika, zargarlik buyumlari va shu kabilardir. Milliy boylik tarkibining asosiy qismini ishlab chiqarishning asosiy fondlari tashkil etadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlariga binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, asboblar, ishlab chiqarish va xo’jalik inventari, mahsuldor chorva, ko’p yillik ekinlar kiradi. Milliy boylik aniqlanadigan baholar doimo bozor baholariga mos kelavermaydi. Milliy boylik tarkibiga chet mamlakatlar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan chet el aktivlari kirmaydi. Iqtisodiy taraqqiyot darajasini baholaganda ko’pgina davlatlar AQSh darajasini standart sifatida qabul qilib, ishlab chiqarish omillarini va rivojlanishni tur sharoitlari iqtisodiy rivojlanish darajasini qandaydir bitta nuqtasidan turib baholashga imkon bermaydi. Shuning uchun bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi: Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaMM (YaII, MD); Milliy iqtisodiyotning tarmoq strukturasi; Aholi jon boshiga asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish; Aholining turmush darajasi va sifati; Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari. Mamlakatning rivojlanish darajasini, shuningdek, eng muhim tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotiga qo’shayotgan hissasiga qarab ham belgilanadi. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng aholi jon boshiga yoqilg’i energetika resurslarini ishlab chiqarish birmuncha ko’paydi. Respublika mashinasozligida tarkibiy siljishlar ro’y berdi, avtomobil sanoati vujudga keldi. Har qanday davlat iqtisodiyotini rivojlanishini avvalambor uning tabiiy resurslari belgilab beradi, chunki tabiiy resurslar barcha tarmoqlarini rivojlantirishni asosi mamlakatni jaxon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini samaradorligini belgilovchi muhim omildir. O’zbekiston tabiiy resurslarni ulkan potentsialiga ega. Oltin ishlab chiqarish bo’yicha dunyoning 8 chi aholi jon boshiga ishlab chiqarishdan esa 5 o’rinni egallaymiz. Hozirgi kunga qadar Respublikamizda 30 ta oltin konlari aniqlangan Respublikada 94 turli mineral xom ashyoning 850 dan ortiq konlari ochilgan. Uglevodorod xom ashyoning umumiy zapaslari respublikada; 1. Gaz - 1828 mlrd.met.kv. 2. Gaz kondensati - 136 mln.t. 3. Neft - 102 mln.t. Respublika hududida 20 dan ortiq tosh ko’mir konlarini aniqlangan. Ularning prognozlik zapasi 3499 mln.t. Angren zapasini o’zi esa 1885 mln.t., 33 ta nodir va 32 ta rangli metallarning konlari bazasida 16 ta tog’ kon sanoati korxonalari ishlamoqda. 5 ta volfram koni bor. Tasdiqlangan mineral suvlarning zapaslari Respublikani bir sutkalik 8208 ming mt.kub. tashkil etadi. Hozirda aniqlangan mineral suvlarning 32 ta manbai bazasida 12 ta kuror, 10 dan ortiq mineral suvlarni quyuvchi korxonalar ishlamoqda. Respublikada 4,2 mln.ga sug’oriladigan er bor. Respublikaning foydalanadigan suv hajmi 62 - 65 km.kub bo’lsa, buning 36 km.kv.qismi Amudaryo va Sirdaryodan qolgan qismi esa ichki manbalardan olinadi. Er va suv resurslarini mavjudligi, qulay iqlim sharoiti 1,7 mln.t. paxta tolasi etishtirish imkonini beradi. Bu soha respublikaning muhim bazasi. Milliy boylik jamiyat mehnati bilan yaratilgan va mamlakat hududiga to’plagan moddiy boyliklar yig’indisidir. Milliy boylik tarkibiga avlodlar tomonidan yaratilgan ne’matlar kiradi, bu bilan esa u, ma’lum davr uchun hisoblanadigan YaMM va MDdan ajralib turadi. Milliy boylik hisoblash metodikasida ayrim kamchiliklar mavjud:milliy boylik aniqlanadigan baholar har doim ham bozor baholariga to’g’ri kelmaydi; Milliy boylik tarkibiga chet elda yaratilgan ne’matlar kiritilmaydi va chet el grajdanlari tomonidan yaratilgan ne’matlar ayrib tashlanmaydi; oltin zahiralari kiritilmaydi; ilmiy salohiyat kiritilmaydi. Milliy boylik jamiyat mehnati bilan yaratilgan va mamlakat hududiga to’plagan moddiy boyliklar yig’indisidir. Milliy boylik tarkibiga avlodlar tomonidan yaratilgan ne’matlar kiradi, bu bilan esa u, ma’lum davr uchun hisoblanadigan YaMM va Mddan ajralib turadi. Milliy boylik hisoblash metodikasida ayrim kamchiliklar mavjud:milliy boylik aniqlanadigan baholar har doim ham bozor baholariga to’g’ri kelmaydi; Milliy boylik tarkibiga chet elda yaratilgan ne’matlar kiritilmaydi va chet el grajdanlari tomonidan yaratilgan ne’matlar ayrib tashlanmaydi. Oltin zahiralari kiritilmaydi; ilmiy salohiyat kiritilmaydi. 1 Mc Connell, Brue. Economics. 17th edition. Mcgraw-hill/Irwin, USA, 2014. 2 Paul A. Samuelson, William D. Nordhaus. Economics. 19th Edition. McGraw-Hill Companies. USA. 2015 Download 59.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling