1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari


YalMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo‘yicha yondashuv


Download 116.59 Kb.
bet11/13
Sana25.01.2023
Hajmi116.59 Kb.
#1119527
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari (1)

YalMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo‘yicha yondashuv

Milliy mahsulot hajmini sarflar sum-

Milliy mahsulot hajmini daromadlar

masi bo‘yicha hisoblash

summasi bo'yicha hisoblash




Daromad bilan bog‘liq bo‘lmagan sarf

Uy xo'jaliklarining iste’mol sarflari

va to‘lovlar: a) amortizatsiya b) egri

+

soliqlar
+

Tadbirkorlaming investitsion sarflari

Ish haqi

+

+

Tovar va xizmatlaming davlat xaridi

Renta to‘lovlari

+

+

Chet elliklar sarfi

Foiz

+

+

No’lijorat muassasalari sarfi
+

Foyda

Moddiy aylanma vasitalar zaxirasida- gi o‘zgarishlar =

=

YalM

YalM




YalMni hisoblashda uning tarkibiga kirgan daromadlaming alo- hida turlarini batafsil qarab chiqamiz. Amortizatsiya ajratmasi shu yil ishlab chiqarilgan mahsulot (YalM) qiymati tarkibiga ishlab chiqar- ish xarajatlari sifatida kirib, mahsulot so’lilishi natijasida pul shakli- dagi daromad sifatida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hisobida to‘planib boradi.


Egri soliqlar korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlari hisob- lanadi va shu sababli mahsulot narxiga qo‘shiladi. Bunday soliqlar aksiz to‘lovlari, so’lishdan olinadigan soliqlar, mulk solig‘i, litsenziya va bojxona to‘lovlarini o‘z ichiga olib, davlat byudjetida daromad si- fatida namoyon boiadi.
Daromadlaming eng muhim turi boigan ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga toianadi. U ish haqiga ko‘plab qo‘shimchalar, ijtimoiy sug‘urta toiovlari va nafaqa ta’mino’lining har xil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa turli mukofot hamda imtiyozlami o‘z ichiga oladi. Ish haqi va unga qo‘shimchalar ham ishchi kuchini taklif qiluvchilar uchun daromad- ning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi va shu sababli aholi daromad- larining muhim tarkibiy qismi sifatida qapaladi.
Renta to‘lovlari iqtisodiyotni resurslar (kapital, yer) bilan ta’minlovchi uy xo‘jaliklarining oladigan daromadi hisoblanib, kor- xona xarajatlari tarkibiga kiradi (yer davlat mulki bo‘lsa renta davlat ixtiyoriga, byudjetga borib tushadi va byudjet daromadi hisoblanadi).
Foiz pul kapitali egalariga pul daromadi to‘lovlaridan iborat. Bun- da davlat tomonidan amalga oshiriladigan foizli toiovlar foizli daro- madlar tarkibidan chiqariladi.
Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga boiinadi: bir qismi mulkiy daromad va boshqa qismi esa korporatsiyalar foydasi dey- iladi.
Xulosalar

  1. Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bogiiq iqtisodiy unsurlardan iborat boigan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Milliy iqti- sodiyot, barcha tarmoqlar va sohalami, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlami, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab inffa’luzilmalami o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.

  2. Makroiqtisodiyot - bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.

  3. Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniq- lansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning ho- lati uning o‘sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi.

  4. Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim mak- roiqtisodiy ko‘rsatkichlar - yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YalM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daro-

mad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, infiyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi.

  1. Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy mahsulot tarkibiga faqat tovar shaklida bo‘lib, bozor narxi mavjud bo‘lgan yoki, hech bo‘lmaganda, ulami yaratish uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar miqdori bo‘yicha baholash mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar kiritilishi mumkin.

  2. YalM hajmini topishda so’lilgan va qayta so’lilgan mahsulotlami ko‘p marta hisobga olishlami bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida Yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi oli- nadi. Qo‘shilgan qiymat - bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan mol yetkazib bemvchilardan so’lib olingan va iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlan- gandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.

  3. Milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yal- pi ichki mahsulot (YalM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat maz- kur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mam- lakat ichida Yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi.

  4. Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Da- romadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlaming boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste'mol, inves- titsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyot- ning me’yordagi - muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.

  5. YalM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin: 1) qo‘shilgan qiy- matlar bo‘yicha yondashuv; 2) sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv; 3) daromadlar bo‘yicha yondashuv.

Asosiy tayanch tushunchalar

Download 116.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling