1-Mavzu: Milliy iqtisodiyotni rivojlаntirishdа kichik biznеs vа хususiy tаdbirkorlikni roli Kirish


O’zbekiston iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi


Download 0.5 Mb.
bet10/12
Sana25.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1654599
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1- Milliy iqtisodiyotni rivojlаntirishdа kichik biznеs vа хususiy tаdbirkorlikni

O’zbekiston iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi,
umumiy hajmga nisbatan foizdа

Ko’rsatkichlar

Yillar

2004

2005

2006

2007

2008

Yalpi ichki mahsulot

24,2

24,2

22,2

20,7

20,6

Sanoat mahsuloti

20,7

21,6

20,6

20,1

18,7

Qishloq xo’jaligi mahsuloti

0,8

0,5

0,3

0,2

0,1

Qurilish ishlari

10,1

9,0

12,6

10,6

10,4

Transport

64,3

62,1

61,6

52,9

51,7

Aloqa

3,2

3,0

3,0

3,2

3,3

CHakana savdo aylanmasi

1,1

0,4

0,3

0,2

0,2

Aholiga pullik xizmat ko’rsatish

28,7

25,7

23,4

20,2

20,5

Tashqi savdo aylanmasi

26,6

23,4

17,6

17,4

23,8

Iqtisodiyotda band bo’lgan ishchilar soni

23,0

22,9

22,4

22,1

21,6

Manba: O’zbekiston Respublikasi davlat Statistika qo’mitasi ma‘lumotlari.
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma‘muriy vositalardan foydalanadi. Ma‘muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta‘sir qilish tadbirlari kam samarali bo’lib, ma‘muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko’rsatish mumkin:
1) Iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish;
2) Narxlar va ish haqini “muzlatib” qo’yish siyosati. Inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi;
3) Ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish;
4) Iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabutsl qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to’g’risidagi, bank sohalari, qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlar).
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo’ladi:
1) Hisob stavkasini tartibga solish;
2) Moliya-kredit muassasalarining markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini o’rnatish va o’zgartirish;
3) Davlat muassasalrining qimmatli qog’ozlar bazoridagi operatsiyalari (davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to’lash)
4) Davlat Markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag’larining qarzga beriladigan va zahirada turadigan qismlari o’zgartiradi;
5) Markaziy boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ularning kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o’sishiga ta‘sir qilishini ta‘minlaydi;
6) Davlat Markaziy bank orqali xazina majburiyatlarini tarqatadi, o’z obligatsiyalarini sotadi yoki qimmatli qog’ozlarini sotib oladi. Natijada taklif etilgan pul miqdori o’zgarib, bu foizga ta‘sir qiladi.
Davlatning pulga bo’lgan talab va taklifini o’zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling