1-Mavzu: Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
Mintaqaviy iqtisodiyot fanining fanlar tizimida tutgan o’rni
Download 0.93 Mb.
|
1-mavzu (1)
2. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining fanlar tizimida tutgan o’rni.
Mintaqaviy iqtisodiyot ijtimoiy fan hisoblanadi. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti mamlakat ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvini, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, muhim tabiiy-iqtisodiy, demografik va ekologik xususiyatlarini hamda ularning hudud ichidagi, hududlararo va tashqi iqtisodiy aloqalarini o’rganadi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, mintaqaviy iqtisodiyot fanining asosiy vazifasi ijtimoiy ishlab chiqarishning hududiy jihatlarini o’rganishdan iborat. Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy infratuzilma elementlarini, qonuniyatlari va tamoyillarini hududiy jihatdan tadqiq etadi; mamlakat umumiy rivojlanish strategiyasi va ekologik holatini hisobga olgan holda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish yo’nalishlarini belgilaydi; hududlar iqtisodiyotini va hududlararo iqtisodiy aloqalarni o’rganadi. Bundan tashqari, mintaqaviy iqtisodiyot ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish masalalarini mamlakat miqyosida yaxlit o’rganadi. Zero, har bir hudud iqtisodiyoti, eng avvalo, mamlakat yagona xo’jalik majmuasining tarkibiy qismidir. Shu bilan birga, mazkur fan mamlakat va hududlarning tabiiy resurs salohiyatini, mamlakatning jahon xo’jaligi tizimidagi o’rni, aholi, mehnat resurslari va hozirgi demografik muammolarni o’rganadi; bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat va hududlarning iqtisodiy darajasini tahlil qiladi hamda ishlab chiqarish kuchlarining asosiy omillarini aniqlaydi. U muayyan hududdagi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tadqiq etadi, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni o’rganadi. Mintaqaviy iqtisodiyot iqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, tarmoqlar iqtisodiyoti, iqtisodiy geografiya, demografiya va boshqa ijtimoiyiqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqador. Bozor munosabatlarining takomillashib borishi mamlakat xo’jaligining hududiy tashkil etilishi bilan chambarchas bog’liq. Mintaqaviy iqtisodiyot va siyosatning nazariy va amaliy muammolarini o’rganish iqtisod nazariyasini yanada boyitadi, yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy va demografik yo’nalishdagi tadqiqot ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling