Qimmatli qog'ozlar bozorini ishtirokchilari:
emitentlar - qimmatli qog'ozlarni muomalaga chikaruvchilar va q.q.ning egalari oldida o'z nomidan ushbu q.q.lar bo'yicha majburiyatlarga ega davlat, mahalliy ma'muriyat organlari va yuridik shaxslar
• investorlar (sarmoyadorlar) - o'z hisobidan va nomidan q.q.larni sotib oluvchi jismoniy va yuridik shaxslar
• professional ishtirokchilar (investisiya muassasalari) - ularning asosiy faoliyat turi qimmatli qog'ozlar bilan operasiyalar qilishdan iborat bulgan xujalik yurituvchi subyektlar
• boshqaruv va nazorat davlat organlari - q.q.lar bozorini tartibga solish bo'yicha davlat tomonidan vakolatlangan idoralar
birja va birjadan tashqari muassasalar
Emitentlar:
• davlat organlari
• ishlab chiqarish va savdo aksiyadorlik kompaniyalar
• investisiya kompaniyalar va fondlar
• aksiyadorlik, tijorat banklari
• yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan norezidentlar
• boshqalar
Investorlar:
• Davlat
• YUridik va jismoniy shaxslar
• Aholi
• Xorijiy kompaniyalar
Q.q.lar bozorini professional ishtirokchilari:
• brokerlar
• dilerlar
• boshqaruv kompaniyalar
• kliring tashkilotlar
• depozitariylar
• registratorlar
• savdo tashkilotchilari (birja va nobirja tashkilotlari)
• tijorat banklar
Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiklashtirish va
nazorat etish davlat organlari:
• Moliya vazirligi
• Markaziy bank
• Davlat mulk qumitasi qoshidagi qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi.
«Qimmatli qog'ozlar va fond birjalari» to'g'risidagi Qonunga muvofiq:
Qimmatli qog'ozlar – bu ularning chiqargan shaxs bilan ularning egasi o'rtasidagi mulkiy xuquqlarni yoki qarz munosabatlarni tasdiqlovchi dividend yoki foiz kurinishida daromad tulashni hamda ushbu xujjatlardan kelib chiqadigan xuquqlarni boshka shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul xujjatlaridir.
Qimmatli qog'ozlar – bu xujjat (blankli) shaklida yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (depozitariylar)dagi xisob-rakamlarda yozuvlar kurinishida aloxida usul bilan tasdiklanadigan, xujalik yurituvchi subyektlar tomonidan karz yoki aksiyadorlik kapitali shaklida jalb etiladigan mablag'larni jalb qilish, qayta taqsimlash va qaytarib tulash soxasidagi mulkiy hamda u bilan bog'liq nomulkiy xuquqlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |