1-mavzu: moliyaviy hisobot mohiyati va uning tarkibi Reja: Moliyaviy hisobot, uning ahamiyati va tarkibi Moliyaviy hisobotni tuzish qoidalari
Moliyaviy hisobotni taqdim etish davriyligi
Download 34.41 Kb.
|
молиявий хисобот
Moliyaviy hisobotni taqdim etish davriyligi
Choraklik moliyaviy hisobot hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiqmasdan taqdim etiladi. Yarim yillikning moliyaviy hisoboti shu yilning 25-iyulidan kechiqmasdan taqdim etilishi kerak. Bir shaharda joylashgan korxonalar tomonidan moliyaviy hisobotni taqdim qilish muddati uni aynan taqdim qilingan kun hisoblanadi, boshqa shahardagilar uchun esa jo‘natilgan va aloqa bo‘limi muhri bilan belgilangan kun hisoblanadi. Moliyaviy hisobotni taqdim etish kuni ish bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan paytda, taqdim etish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga ko‘chiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ba’zi-bir xo‘jalik sub’ektlari uchun bu xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini, ulardagi hisob ishining murakkabligini (shu bilan birga avtomatlashtirilganlik darajasini) o‘rganib chiqqandan keyin choraklik va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilaydi (1- son BHMS, 64-band). Bunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi agar xo‘jalik sub’ektida hisob ishi avtomatlashtirilmayotgan bo‘lsa va shu sababli moliyaviy hisobot yuqorida ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etilmayotgan bo‘lsa, u holda hisobotni taqdim etish muddatini uzaytirishni rad etishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasiing «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, moliyaviy hisobotning tayyorlanishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida topshirilishi uchun javobgarlik buxgalteriya hisobini tashkil qiluvchi xo‘jalik sub’ekti rahbarining zimmasiga yuklatiladi. Download 34.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling