1-mavzu. Moliyaviy tahlil fanining nazariy asoslari mavzusidan 1- seminar topshiriqlari Quyidagi topshiriqlarni bajaring


Download 24.52 Kb.
Sana07.09.2020
Hajmi24.52 Kb.
#128727
Bog'liq
1 МАВЗУДАН СЕМИНАР ТОПШИРИГИ. moliyaviy tahlil


1-mavzu. Moliyaviy tahlil fanining nazariy asoslari mavzusidan 1- seminar topshiriqlari
1.Quyidagi topshiriqlarni bajaring

1-topshiriq.

Moliyaviy tahlilning mazmuni to’g’risida o’z fikrlaringizni yozing va ularni izohlang.

1-jadval


Moliyaviy tahlilning mazmuni to’g’risidagi tushunchangizni

Yozing


Har bir alohida ko’rsatilgan fikringizga qisqacha sharh yozing

Moliyaviy tahlil investitsiyalar va kreditlarga doir qarorlarni qabul qilishga; subyektning bo‘lg‘usi pul oqimlariga; ularga ishonib topshirilgan resurslarga, majburiyatlarga; rahbar organlarning ishiga baho berishda biznes samaradorligi va boshqaruvning sifat menejmentiga erishishda muhim dastak vazifasini bajaradi.
Fan shakllanishining ilk ko‘rinishlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Jumladan uning ilk manbalari Konfutsiylik ta’limotiga, Qadimgi Gretsiyadagi Ksenofot, Aristotel, Qadimgi Rimdagi Varroon, Sanekalar tomonidan yozib qoldirilgan manbalarga borib taqaladi.
Tahlil – boshqaruv faoliyatining sifatini oshirish va samaradorligini ta’minlashning muhim dastagi sifatida boshqaruv qarorlarini qabul qilishning barcha bosqichlarida ishtirok etadi.
Tahlil – xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida obyektiv reallikni, jarayonlar, erishilgan natijalar yuzasidan real analitik xulosalarni tayyorlash, aniq chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirishda inson omilining ham muhim ekanligini qayd etadi.


Xar bir fan kabi moliyaviy tahlil fani ham uzoq otmishga borib taqaladi. Bu fan juda kerakli va zarur bo`lganligi uchun o`z o`rnida haligacha saqlanib qolgan.

Moliyaviy tahlil fani xar bir tashkilot korxona bowqaruvini oshirishga va samaradorligini oshiriwdgi muhim o`rinni egallaydi. Va iqtisodiyotning barcha bosqichlarida ishtirok etadi.

Yana bir tomondan tahlil korxona yoki tashkilotlardagi erishilgan barcha yutuq kamchiliklarni o`rganib real xulosa beradi va qolaversa inson omilining unga qanchalik ta`sir ko`rsatishi muhim ekanligini organadi.




2-topshiriq.

Moliyaviy tahlilning ob’ekti va sub’ekti nimalardan iborat?

O’z fikringizga sharh yozing.

2-jadval



Moliyaviy tahlilning ob’ekti -

Moliyaviy tahlilning sub’ekti -


Tahlil fanining obyekti turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning tarkibiy bo‘g‘inlari (bo‘lim, sex, brigadalar) faoliyati, iqtisodiy natijalari, mulkiy-moliyaviy holati, ishlab chiqarish, ta’minot, sotish, moliyaviy faoliyati hisoblanadi.






3-jadval


Moliyaviy tahlilning predmeti nima? Ushbu savolga quyidagi jadvalda keltirilgan tartib bo’yicha javob yozing.


Moliyaviy tahlilning predmetiga

ilmiy ta’rif bering




Moliyaviy tahlil predmetidagi har bir tushunchani alohida ko’rsating

Moliyaviy tahlil predmetidagi har bir alohida ko’rsatilgan tushunchaga sharh yozing

Tahlil fanining predmeti – turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini, uning samaradorligi va natijaviyligini ko‘rsatkichlar tizimida, uzviylik va aloqadorlikda, omillarga bog‘liq ravishda turli axborot manbalaridan foydalangan holda davriy o‘rganishga aytiladi.

A)moliyaviy-xo‘jalik faoliyati


moliyaviy-xo‘jalik faoliyati

ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ish, xizmatlar) hajmining, quvvatlardan foydalanish darajasining, resurslar naqdligi va ulardan samarali foydalanishni, xodimlarning tarkibi va mehnat unumining, mahsulot tannarxining, foyda hajmi va rentabellik darajasining, moliyaviy holatning murakkab tuzilmasidir;


4-jadval



Moliyaviy tahlilning vazifalarini tartib bilan ko’rsatib ularga sharhlar yozing

Moliyaviy tahlilning vazifalarini tartib bilan ko’rsatib bering

Har bir alohida ko’rsatilgan vazifaga sharh yozing

A) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash;

B) reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan ularning ta’sirchanligiga baho berish;

S) xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning samaradorligiga baho berish;

D) faoliyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish;

E) xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash;

F) xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash.

G) iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash;

H) belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat.


A)Ilmiy, iqtisodiy jihatdan korxona yoki tashkilotlarning prognoz qilib uni asoslash.
B)Reja va prognozlarni bajarilishiga baho berish
S) Iqtisodiy resurslarga baho beradi ya`ni togri yoki xato yoki yaxwi yomon yoki past baland korinishida baholaydi.
E) korxona yoki tashkilotlarning pul mablag`larine ko`paytirish, ularning ko`payish vaqtini hisob kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholaydi ya`ni bu kompaniya ma`lum muddat mobaynida o`z kapitalini ko`tarishga salohiyati yetadimi qobiliyati bormi yoqmi shuni o`rganadi va baholaydi.

H) yuqoridagi barcha chora tadbirlarni tartib bilan tizimli ravishda amalga oshiradi.



ST-60 guruh talabasi Xamidov Shukrullo


Download 24.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling