1-Mavzu: Musobaqa turlari. Reja


Musobaqalarni tayyorlash, uning nizomi hamda sistemasi


Download 49.32 Kb.
bet7/12
Sana22.06.2023
Hajmi49.32 Kb.
#1646107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Musobaqa turlari.

Musobaqalarni tayyorlash, uning nizomi hamda sistemasi.
Musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish ularni tayyorlash darajasi qanday bo‘lganligiga bevosita bog‘liqdir.
Tayyorgarlik ishlariga hujjatlarni tayyorlash (ishlab chiqish), musobaqa o‘tkaziladigan joylarni tayyorlash, qatnashuvchi jamoalar bilan ish olib borish va shu kabilar kiradi.
Har bir musobaqaga tayyorgarlik unga nizom tuzish bilan boshlanadi. Nizom musobaqa o‘tkazishda asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. U yoki bu tashkilot Nizomni oldindan aniq bilishi, unga o‘quv-trenirovka ishlarini to‘g‘ri rejalashtirishiga yordam beradi. SHuning uchun Nizomni o‘z vaqtida qatnashuvchi tashkilotlarga oldindan yuborishlari o‘ta zarur.
Nizom musobaqani o‘tkazuvchi sport tashkiloti tomonidan tuziladi, hamda quyidagilarni ifodalaydi:
1. Musobaqaning maqsadi va vazifalari. Ular quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

  1. o‘quv-trenirovka ishlarining yakunini tekshirish;

  2. basketbolchilarning tayyorgarligini tekshirish va kuchlilarni aniqlash;

v) sportchilarning sistemali ravishda trenirovka qilishga va sport mahoratlarini
oshirishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish;
g) basketbol o‘yinini omma o‘rtasida keng yoyish va boshqalar.
Musobaqalarni o‘tkazish joyi va vaqti. Musobaqa o‘tkaziladigan shahar (baza) ko‘rsatiladi va kunlari belgilanadi.

  1. Musobaqani boshqarish. Musobaqani tashkil qiluvchilar qaysi tashkilotligi, rahbarlari, hakamlar hay’ati va ularni tasdiklovchi tashkilot ko‘rsatiladi;

  2. Musobaqalarda qatnashuvchi tashkilotlar va sportchilar. Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni va nomi ko‘rsatiladi; talabnoma (zayavka)ga kiritiladigan qatnashuvchilarning ko‘pi bilan qancha bo‘lishligi, ya’ni soni, yoshi va ularni malakasi belgilanadi.

  3. Musobaqalarni o‘tkazish shartlari. Qur’a tashlash vaqti, joyi va uning asosiy prinsiplari (tamoyillari) ma’lum qilinadi. Musobaqa qaysi o‘yin sistemasi (aylanma, chiqib ketish, aralash) bo‘yicha o‘tkazilishi ko‘rsatiladi.

  4. Norozilik (protest)larni taqdim etish shartlari va ularni ko‘rib chiqish tartibi.

  5. Jamoalarni va qatnashuvchilarni mukofotlash. G‘olib jamoa va sovrindorlarni mukofotlash, estaliklar taqdim qilish ko‘rsatiladi.

  6. Jamoalarni qabul qilib olish. Agar musobaqalar sportchilarning doimiy turar joylarida o‘tkazilmasa, uholda mablag‘ ajratuvchi tashkilot, kelish va ketish muddatlari, joylashtirish hamda ovkatlantirish qanday tashkil etilishi ko‘rsatiladi.

  7. Talabnoma (zayavka)ni va qayta talabnomani taqdim etish turlari va vaqti, jamoalar va qatnashuvchilarni rasmiylashtirish (pasport, reyting daftarchasi, klassifikatsiya bileti, talabalik guvohnomasini taqdim qilish) tartibi.

Nizom tuzilgandan so‘ng musobaqani o‘tkazish uchun ketadigan mablag‘ smetasi tuziladi. Unga asoslanib mazkur musobaqani o‘tkazadigan tashkilotlar pul vositalarini ajratadi.
Smeta tuzilganda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  1. Musobaqa nomi

  2. O‘tkazish vaqti va joyi

  3. Hakamlarning soni va ish haqi

  4. Qatnashuvchilar soni (shu jumladan boshqa shaharlardan kelganlar)ularni joylashtirish, ovqatlantirish va yo‘l harajatiga ketadigan mablag‘.

  5. Musobaqa o‘tkazish joyini ijarasi.

  6. Mehmonxona ijarasi.

  7. Musobaqa o‘tkaziladigan joyni badiiy bezatish uchun ketadigan harajat.

  8. Afisha, dasturlar, qaydnomalar va yozish-chizish uchun kerakli qog‘oz, qalam, ruchka va shu kabilar harajati.

  9. Diplom, esdalik sovg‘alar, mukofotlar va shu kabilarga sarf bo‘ladigan harajat.

Transportga ketadigan harajat.

  1. Xizmat ko‘rsatuvchi hodimlar uchun harajat (ishchilar, farroshlar, tibbiy hodimlar).


Download 49.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling