1-mavzu: Nutq madaniyati fani, uning maqsadi, vazifasi va ahamiyati Dars rejasi


Download 30.42 Kb.
bet7/14
Sana25.11.2021
Hajmi30.42 Kb.
#177147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
1- Nutq MA'RUZA

madaniyat ko‘zgusi deb hisoblagan atoqli olmon olimi Vilgelm fon Gumboldtning ushbu gaplari til hodisasining mohiyatini yanada teranroq anglashga imkon beradi: “Tillarning xilma-xilligi aslo muayyan bir narsani turlicha tovushlar bilan ifodalash emas, balki bu narsani ko‘rishning farqliligi natijasidir” (Gumboldt V. Yazik i filosofiya kulturi. Moskva: Progress, 1985, S. 349). Haqiqatan ham, har bir millatning o‘ziga xos ko‘rish tarzi bor, o‘ziga xos idrok intizomi bor, umuman, o‘ziga xos tafakkur tamoyili bor. Ana shunga ko‘ra “milliy ong”, “milliy tafakkur”, “milliy tuyg‘u” degan tushunchalar millat boqiyligining betakror ustunlari sifatida yashab keladi. Amerika etnolingvistikasining asoschilaridan biri Benjamin Li Uorfning “Agar Nyuton inglizcha gapirmaganida, inglizcha o‘ylamaganida edi, uning koinot haqidagi buyuk kashfiyoti bir qadar boshqacharoq bo‘lardi” degan so‘zlarida ulkan haqiqat mavjud. Milliy sezgi va milliy ruhning shakllaniqhida ona tili hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ingliz jurnalisti Govard Brabinning “Ona tili va miya. Yapon olimining g‘aroyib kashfiyoti” nomli maqolasida (Брабин Г. Родной язык и мозг. – Курер ЮНЕСКО. 1982, №3, стр. 10-13) bayon qilinishicha, Tokio universitetining tibbiyot professori Tadanobu Sunoda 1981 yilda YUNESKOning Afinada o‘tgan simpoziumida o‘zining 15 yillik tajriba-tadqiqotlari haqida axborot bergan. Professor Sunoda o‘z eksperimentiga yaponiyalik va g‘arblik (franso’z, ingliz, nemis va h.k.) kishilarni jalb qiladi. Olim ularga inson ovozi, hayvonlar, hasharotlar tovushi, turli fizik tovushlar, yapon va g‘arb musiqa asboblari tovushlarini eshittiradi va tegishli apparatlardan foydalngan holda ularning miyalaridagi markazlarning reaksiyasini qayd etib boradi. Ma’lum bo‘ladiki, yapon va g‘arblik kishilarning bosh miya yarim sharlaridagi markazlar vazifalarining taqsimlaniqhida farq mavjud ekan. Yapon kishisi
Download 30.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling