1-mavzu. “Nutq madaniyati” fanining mazmuni, maqsad va vazifalari. Shifokorning kasbiy tili mutaxassislik tili sifatida


Download 19.58 Kb.
bet2/3
Sana17.02.2023
Hajmi19.58 Kb.
#1206515
1   2   3
Bog'liq
1-MAVZU

1. Madaniy nutq nima?
Tilning mavjud barcha vasitalari va ular imkoniyatlaridan maqsadga muvofiq tarzda o’rinli, to’g’ri foydalanilgan holda tuzilgan nutq madaniy nutqdir. Nutq madaniyati esa ana shu tilni-aloqa-aralashuv qurolini ishlatishga bo’lgan munosabatdir.
2. Nutq madaniyati deganda nimani tushunasiz?
Nutq madaniyati tilni, uning qonun-qoidalarini ongli idrok etish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish mahorati tilning ifodaviy vositalaridan mazmun va uslubga ko’ra, nutqiy vaziyatga qarab o’rinli foydalana bilishdir.
3. Nutq odobining asosiy talablari qanday?
Ajdodlarimiz qadimdan to’g’ri, ta’sirchan, chiroyli gapirishga intilish va ularni odatga aylantirishga ma’rifiy-ahloqiy talab sifatida qarab kelganlar. So’zni qadrlash, yaxshi so’zlay olish, so’zlaganda o’ylab, tushunib gapirish, chin so’zlash, tilni tiyish, suhbat sirlarini saqlash, ezma va vaysaqi bo’lmaslik kabilarga amal qilish nutq odobining asosiy talablari hisoblangan.
4. Nutq odobining zaruriy shartlari qaysilar?
Nutq odobining zarur sharti, yoshi, jinsi, jamiyatda tutgan mavqe’idan qat’i nazar suhbatdoshlar o’rtasidagi samimiy munosabat va xurmat ehtiromdir. Suhbat jarayonida ohang juda katta vazifani bajaradi. Kayfiyat qanday bo’lishidan qat’i nazar bu jarayonda eng ma’qul ohangni tanlash so’zlovchini maqsadiga yetaklaydi. So’zlarni aniq, ravshan talaffuz qilish, muloyim va mayin ovoz bilan hovliqmasdan gapirish tinglovchida hamisha so’zlovchini tushunishga harakat qilish istagini paydo qiladi. Qayerda nima haqida gaplashishni bilish ham nutq odobining eng muhim shartlaridan hisoblanadi.
5. Muloqot jarayonida muomala madaniyati qanday o‘rin tutadi?
Insonlar hayotining ma’lum bir qismi uning mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lib, ular bu faoliyat jarayonida xizmatchilik yuzasidan ko’plab kishilar bilan rasmiy-norasmiy muloqotda bo’ladilar. Bu jarayonda muomala madaniyatining ahamiyati katta.
Nutqiy muomala ko‘rinishlari

Download 19.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling