1-Mavzu Oila huquqi tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. Oila huquqi tizimi va manbalari. Reja


Oila huquqining tamoyillari (prinsiplari)


Download 21.28 Kb.
bet2/3
Sana29.04.2023
Hajmi21.28 Kb.
#1401826
1   2   3
Bog'liq
1 Mavzu Oila huquqi

Oila huquqining tamoyillari (prinsiplari)
Oila huquqi mohiyatini ochib berishda faqat uning tushunchasi, predmetini o’ziga hos hususiyati va shu bilan birga uning eng muhim tamoyillarini ham inobatga olish lozim, chunki uning tamoyillari bu huquq sohasining o’ziga hos hususiyatlarini aks ettiradi.
Oila huquqi tamoyillari deganda, ushbu huquq sohasining mohiyatini aniqlab beradigan hamda huquqiy mustahkamlanganligi sababli umummajburiy ahamiyatga ega bo’lgan asosiy negiz, rahbariy qoidalar tushuniladi.
Oila huquqi tamoyillarini hisobga olmasdan uning normalarini to’g’ri sharhlab va qo’llab bo’lmaydi. Oila huquqi tamoyillari nafaqat huquqni qo’llash amaliyoti uchun, balki shu bilan birga amaldagi oila qonunchiligining mohiyatini anglash hamda uning keyingi takomillashtirilishi uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Oila huquqining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Oilani jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqi
Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-modda).
A) Oila davlat himoyasida.
Oila davlat himoyasida deyilganda avvalo vujudga kelgan oilalarni saqlab qolish va ularni mustahkamlashga qaratilingan davlat tomonidan ko’rilgan tadbir choralarni tushuniladi.
Davlatning oila hususidagi g’amho’rligi avvalombor hukumat yuritayotgan kuchli ijtimoiy siyosatda namoyon bo’lmoqda. Davlat rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy islohiy chora-tadbirlarning bosh maqsadi inson, oila manfaatlarini qanoatlantirishdan iborat.
Oilaning davlat muhofazasida ekanligi Respublikamiz Prezidentining farmonlarida o’z ifodasini topmoqda.
Jahonning bir guruh tadqiqotchi olimlari tomonidan respublikada oilani, onalik va bolalikni himoya qilish borasida qilinayotgan ishlar o’rganib chiqildi. Natijalar chet ellardagi ahvol bilan taqqoslaganda, biror bir mamlakat Prezidenti elni, oilalarni ijtimoiy himoyalash borasida bizning YUrtboshimiz kabi ko’p qaror va farmonlar qabul qilinganligi ma’lum bo’ldi.
B) Oila jamiyat muhofazasida
Jamiyat tomonidan oila muhofaza qilinadi deyilganda, mamlakatda mavjud bo’lgan jamiyatlar va jamg’armalar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarni oilaga ham moddiy, ham ma’naviy yordam berishlari tushuniladi. Bu qoida mustaqil Respublikaning Konstitutsiyasida belgilangan yangi qoidadir.
Mamlakatimizda jamoat tashkilotlari har hil jamg’armalar hisobidan oilani mustahkamlash, bolalar manfaatini himoya qilish uchun turli moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatib kelmoqda.
Mamlakatdagi jamoat tashkilotlar tarkibiga kasaba uyushmalari, jamg’armalar, yoshlar va xotin-qizlar harakatlari, kasbiy assotsiatsiyalar, klublar va boshqalar kiradi. Hozirgi paytda mamlakatimizda respublika va Xalqaro ahamiyatga molik 220dan oshiq jamoat birlashmalari faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, 4 ta siyosiy partiya, 2 ta harakat, 46 jamiyat, 5 ta qo’mita, 24 assotsiatsiya, 18 ta tarmoq kasaba uyushmalari, 35 ta jamg’arma, 15 utsyushma, 32 ta federatsiya, 31 ta boshqa tashkilotlar mavjud. SHuningdek, respublikamizda hisob ro’yhatiga olingan 1500 viloyat, 20 dan ortiq horijiy davlatlarning jamoat tashkilotlari mavjud1[15].
Jamoat tashkilotlari o’z maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda respublikada o’tkazilayotgan keng ko’lamli islohotlarga munosib hissa qo’shib oilalarni mustahkamlashga ko’maklashmoqda. Masalan, ekologiya va salomatlik sohasida "Ekosan", ehtiyojmand kishilarga va nogironlarga ijtimoiy yordam ko’rsatishda "Navro’z" jamg’armalari, nogironlar jamiyatlari, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda Xotin-qizlar qo’mitalari, mehnatkashlarning kasbiy va boshqa qonuniy manfaatlarini ifoda etishda kasaba uyushmalari, iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlashda "Ulug’bek, "Umid" jamg’armalari faoliyatini alohida ta’kidlab o’tish mumkin.
Nima uchun mamlakatimizda oilaga jamiyat tomonidan bu qadar katta e’tibor berilmoqda? Chunki oila jamiyatning bir bo’lagi, uzviy qismi bo’lib, uning bosh bo’g’inini tashkil etadi. U qancha mustahkam bo’lsa, jamiyat ham shuncha mustahkam bo’ladi.
Oila ayni vaqtda jamiyatning, avvalo, uning jamiyat manfaatlari bilan chambarchas bog’liq ekanligida hamda ijtimoiy vazifalarida yaqqol aks etadi.
2) Barcha fuqarolar-jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shahsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengligi.
Oila huquqida barcha fuqarolar millati, irqidan qat’iy nazar teng ekanligi ifodalangan "...barcha fuqarolar bir hil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shahsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18-modda). Bu Halqlar do’stligidan kelib chiqadigan o’zgarmas qoida bo’lib oila huquqida o’z ifodasini topib odamlarni har hil millatga tegishli ekanligi yoki irqiga mansubligi oilaviy munosabatlarda hech qanday ahamiyatga ega emasligini anglatadi.
Nikoh tuzish uchun fuqarolarni har hil millatga, dinga e’tiqod etishligi to’siq bo’lolmaydi.
Bolalarni farzandlikka olishda farzandlikka olishda farzandlikka oluvchilarni bolalardan boshqa millatga tegishli ekanligi ham monelik qilolmaydi.
Hayotimizda nikoh, farzandlikka olish tufayli fuqarolarning bir oilaga birlashganligini ko’plab uchratish mumkin.
3) Hamma oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkak teng huquqlidirlar.
Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga binoan, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Bu tamoyil konstitutsion qoidaga aylandi.
Jamiyatda ayol bilan erkakning teng huquqliligi mamlakatimizda erishilgan jinsidan qat’iy nazar fuqarolarni siyosiy tengligiga asoslanid.
Bu tamoyil Oila kodeksining 2-moddasida quyidagicha ifodalangan: oila munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ihtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shahsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o’zaro kelishuv yo’li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g’amho’rlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
4) Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma’naviy va moddiy qo’llab-quvvatlash hamda ularning o’zaro bir-biriga g’amho’rlik qilishi.
Bu tamoyil oilaviy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqib ular moddiy hisob-kitoblardan holi bo’lgan bir-biriga muhabbat, hurmat kabi hissiyotlarga asoslanadi.
Er va xotin, ota-ona va bolalar, bobo-buvi va nabiralar, aka-ukalar va opa-singillar, farzandlikka olganlar va farzandlikka olinganlar va hokazolar o’rtasidagi munosabatlar-avvalo nikoh, qon-qarindoshlik yoki oilaviy rishtalar bilan bog’liq bo’lgan shahslar o’rtasidagi shahsiy munosabatlardir.
Oilaviy munosabat ishtirokchilarining bir-biriga munosabati umum ahloqiy tamoyilga va ma’naviy me’yorlar bilan tartibga solinadi. Bu esa huquqiy demokratik davlatni muvaffaqiyat bilan qurayotgan jamiyat a’zolariga hosdir.
Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi mana shu tamoyillarga tayanadi va ularga to’la mos keladi. Ba’zi hollarda qonun oila a’zolarining o’z yaqinlariga g’amho’rlik qilish majburiyatini yuklaydi. Oila kodeksining 109-moddasiga binoan voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o’z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to’g’risida g’amho’rlik qilishlari shart.
Amaldagi qonunda oila a’zolarining aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv tartibi e’tirof etiladi va ushbu tartib jamiyatda o’rnatilgan fuqarolarning o’zaro munosabatlari qurilishiga oid ahloqiy mezonlarga mos keladi.
Zarur hollarda oila a’zosi moddiy ta’minotni sudning hal qiluv qaroriga asosan undiriladi.
Ko’p hollarda oila a’zolarining bir-biriga aliment ta’minoti davlat va ijtimoiy fondlardan olinadigan mablag’larga qo’shimchadir. Bu fondlarning ko’payishi va ular orqali fuqarolar ehtiyojlarining yanada ko’proq qondirilishi bilan aliment majburiyatlari jamiyatda o’z ahamiyatini yo’qota boradi.

Download 21.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling