Nazorat uchun savollar:
Onalar va bolalar muhofazasi tushunchasiga tarif bering.
Ijtimoiy ish hizmatchilari deganda kimlarni tushunamz?
Oilaviy psixolog deganda qanday kaspiy faoliyatni tushunamiz?
Ilmiy amaliyotchilarning faoliyati nimalardan iborat?
Oila rivojlanish rejasini amalga oshirishda nimalarga e’tibor berish lozim?
Oila rivojlanish rejasini bajarishini monitoring qilish qanday o’tkaziladi?
Oilaviy aralashuvlar deganda nimani tushunasiz?
O’zbekistonda onalar va bolalar muhofazasini saqlash va mustahkamlashda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
7-mavzu. Oila va bolalar ijtimoiy himoyasi.
Reja:
Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi: tushunchasi, asosiy funksiya va prinsiplari.
Ijtimoiy yordam turlari. Sotsial xizmat turlari.
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish. “Bolalarga nisbatan zo`ravonlik va ehtiyotsiz munosabat tushunchasi.
Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarga yordam ko`rsatish markazi. Sotsial xizmatning statsionar muassasi.
Vasiylik va homiylik.
Tayanch iboralar: ijtimoiy muhofaza qilish tizimi, ijtimoiy nafaqa, ijtimoiy yordam, sotsial xizmat turlari, ijtimoiy ta’minot xizmatlari, bolalarga nisbatan zo`ravonlik va ehtiyotsiz munosabat, Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiya, ota ona qaramog`isiz qolgan bolalarga yordam ko`rsatish markazi, vasiylik, homiylik, vasiylik va homiylik belgilanadigan shaxslar, vasiy va homiy belgilash tartibi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi - bu moddiy yordam ko'rsatish maqsadida aholining turli ijtimoiy-demografik va kasb guruhlari shuningdek, davlat uchun alohida xizmat ko'rsatgan fuqarolarga taqdim etiladigan ijtimoiy pensiya, nafaqa, kompensatsiya, subsidiya (pul ko'rinishida beriladigan yordam) va imtiyozlar tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |