1-mavzu: O‘simlik hujayrasining fiziologiyasi. O‘simliklarda suv almashinuvi. Fotosintez. O‘simliklarning ildiz orqali oziqlanishi. Reja
Download 33.46 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-mavzu slaydi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻsimliklar fiziologiyasi
1-mavzu: O‘simlik hujayrasining fiziologiyasi. O‘simliklarda suv almashinuvi. Fotosintez. O‘simliklarning ildiz orqali oziqlanishi. Reja: 1.O’simlik hujayrasining fiziologiyasi. 2.O’simliklarda suv almashinuvi. 3.Fotosintez. 4.O’simliklarning ildiz orqali oziqlanishi . Oʻsimliklar fiziologiyasi — oʻsimliklar hayot faoliyati umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. Oʻsimliklar fiziologiyasi oʻsimliklarning oʻz tanasini tiklashi, koʻpayishi uchun zarur boʻlgan mineral moddalar va suvni oʻzlashtirishi, oʻsishi, rivojlanishi, gullashi va meva hosil qilishi, ildizdan (mineral) va havodan (fotosintez) oziqlanishi, nafas olishi, biosintez qilishi, zaxira moddalarni toʻplashi va boshqalar jarayonlarni oʻrganadi. Oʻsimliklar fiziologiyasi hayotiy jarayonlarning tashqi muhit bilan bogʻliqligini ochib berish orqali oʻsimliklarning umumiy mahsuldorligi, oziq qiymati, organ va toʻqimalarining texnologik sifatini oshirish usuli va metodlarining nazariy asoslarini tadqiq qiladi. Fiziologik tadqiqotlar oʻsimliklarning oʻsishi va moʻl hosil berishi uchun zarur boʻlgan tuproq va iqlim sharoitlari hamda ulardan oqilona foydalanishning nazariy asosi hisoblanadi Oʻsimliklar fiziologiyasi dastlab oʻsimliklarning tuproqdan oziqlanish muammosi bilan shugʻullanuvchi botanikaiing tarkibiy qismi sifatida paydo boʻldi va rivojlandi. Oʻsimliklar toʻqima va organlarini qanday moddalar hisobiga hosil qilishi masalalarini hal qilishga urinishlar gollandiyalik tabiatshunos olim Yan van Gelmont tajribalari bilan bogʻliq (1629). U ogʻirligi aniq boʻlgan tuproq bilan toʻldirilgan maxsus idishga tol novdasini oʻtqazadi va 5 yil davomida suv quyib turadi. Tajriba soʻnggida tol novdasining ogʻirligi 30 marta oshganligini, tuproqning ogʻirligi esa juda kam oʻzgarganligini aniqlaydi. Olimlar Gelmont oʻtkazgan tajribaga asoslanib, oʻsimlikning oziq manbai tuproq emas, balki suv degan xulosaga kelishadi Oʻzbekistonda Oʻsimliklar fiziologiyasining rivojlanishi Turkiston paxtachilik stansiyasi va Turkiston universitetining tashkil etilishi bilan bogʻliq. A.Imomaliyev, N.Nazarov, A.Qosimov, M.Valixonov, X.Salimov, R.Azimov va boshqalar olib borgan tadqiqotlar Oʻsimliklar fiziologiyasining rivojlanishida katta ahamiyatga ega boʻldi. Respublikada gʻoʻza fiziologiyasini oʻrganishda katta yutuqlarga erishildi. Chigitning saqlanishi, unib chiqishi, pishishi davridagi fiziologik jarayonlar batafsil oʻrganildi (X.X. Yenileyev, M. Valixonov); gʻoʻzaning mineral oziqlanishi (T.Piroxunov), gʻoʻzada suv almashinuvi (H.Samiyev); tuproq shoʻrlanishi hamda infeksiyaga chidamliligi (R.Azimov, M.Avazxonov), gʻoʻza bargining toʻkilishi (A.Imomaliyev), gʻoʻzaning oʻsishi va rivojlanishiga tashqi omillarning taʼsiri (M.V.Muhammadjonov, N.Nazarov, A.Qosimov va boshqalar) ustida muhim tadqiqotlar olib borildi. Fotosintez (foto... va sintez) — yuksak oʻsimliklar, suvoʻtlar va ayrim fotosintezlovchi bakteriyalarda xlorofill (o'simlikka yashil rang berib turuvchi modda) va boshqa fotosintetik pigmentlar oʻzlashtiradigan yorugʻlik energiyasi hisobiga oddiy birikmalardan murakkab moddalar hosil boʻlishi. Fotosintez tabiatda sodir boʻladigan eng muhim biologik jarayonlardan biri. Fotosintezda quyosh energiyasi organik birikmalardagi kimyoviy energiyaga aylanadi. Fotosintezda hosil boʻlgan organik birikmalar barcha tirik organizmlar uchun asosiy hayot manbai hisoblanadi. Fotosintezda barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod atmosferaga ajralib chiqadi Fotosintez (foto... va sintez) — yuksak oʻsimliklar, suvoʻtlar va ayrim fotosintezlovchi bakteriyalarda xlorofill (o'simlikka yashil rang berib turuvchi modda) va boshqa fotosintetik pigmentlar oʻzlashtiradigan yorugʻlik energiyasi hisobiga oddiy birikmalardan murakkab moddalar hosil boʻlishi. Fotosintez tabiatda sodir boʻladigan eng muhim biologik jarayonlardan biri. Fotosintezda quyosh energiyasi organik birikmalardagi kimyoviy energiyaga aylanadi. Fotosintezda hosil boʻlgan organik birikmalar barcha tirik organizmlar uchun asosiy hayot manbai hisoblanadi. Fotosintezda barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod atmosferaga ajralib chiqadi. Barglarda kraxmal to’planganida gidroliz (murakkab moddalarning suv ta'sirida tarkibiy qismlarga ajralishi)ga uchraydi va buning natijasida glyukoza hosil bo’ladi, hamda eruvchi suyuqlik ko’rinishida o’simlik sharbatlari orqali o’simlik boshqa a'zolariga tarqaladi. Hosillarda, urug’larda glyukoza qayta kraxmalni hosil qiladi. Shu bilan birga o’simliklarda glyukozadan sеllyuloza va boshqa organik birikmalar sintеzlanadi. Fotosintеz jarayonida yеr sharimizdagi barcha o’simliklar har yili o’rtacha 200 mlrd.t. uglеrodni o’zlashtiradi. Fotosintеzning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati • Fotosintez tabiatda eng muxim biologik jarayonlardan biri. Fotosintez tufayli har yili quruqlikda 100-172 mlrd.t, dengiz va okeanlarda 60-70 mlrd.t (quruq ogʻirlikka nisbatan) organik modda hosil boʻladi. Fotosintez tufayli atmosferadagi SO2 miqdori doimiy (0,03%) saqlanib turadi. Fotosintez natijasida bir yil davomida atmosferaga tirik organizmlar nafas olishi uchun zarur boʻlgan 70-120 mlrd.t. ga yaqin erkin kislorod ajraladi. Bu jarayonda oʻrmonlar, ayniqsa katta ahamiyatga ega. Masalan, 1 ga oʻrmon daraxtlari bahor va yoz oylarida 1 kishi nafas olishi uchun yetarli miqdorda kislorod ajratadi Download 33.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling