1-mavzu: O‘z-o‘zini boshqarish (samomenejment)


Download 28.81 Kb.
bet2/6
Sana13.05.2023
Hajmi28.81 Kb.
#1457783
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ARmkDfrA0xxKEYYCUUT4D1mnA22qKNny4fDegSph (1)

Boshqaruv funktsiyalari
Dastlab “funktsiya” va “vazifa” iboralarining lug‘aviy ma’nosi tо’g‘risida ikki og‘iz sо’z. “Funktsiya” -bu lotincha sо’z bо’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.
“Vazifa” - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bо’lgan masala, о’rganilishi lozim bо’lgan, kо’zda tutilgan maqsad, yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal demakdir.
“Funktsiya” tushunchasi “vazifa” tushunchasiga nisbatan torroq, ma’noga ega. Zero, funktsiya faqat о’z faoliyat doirasidagi vazifalarni о’z ichiga oladi. “Vazifa” esa о’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bо’lishi mumkin. Boshqaruv funktsiyasi deganda u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi.
Funktsiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va о’rganish boshqaruv jarayonini tо’g‘ri tashkil qilishning muhim shartidir. Boshqaruv funktsiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida:

  • loyihalash;

  • konstruktorlik;

  • rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq funktsiyalar paydo bо’ladi. Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni,

  • mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish;

  • mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash;

  • asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq, funktsiyalar paydo bо’ladi.

Kо’rinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon bо’layapti. Zero: funktsiyalar faoliyat turlarining, sub’ektining boshqarish ob’ektiga aniq ta’sir qilish yо’nalishlarini aks ettiradi.
Boshqaruv funktsiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining о’zi ham bо’lishi mumkin emas. Funktsiyalar tarkibini, ularning kо’lamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyihalash uchun muhim asos bо’lib hisoblanadi.
Boshqarish funktsiyalarn - kо’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar bо’yicha turkumlarga ajratib о’rganish zaruriyati tug‘iladi. Boshqaruv funktsiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini о’rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon bо’ladi.
G‘arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funktsiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning asosiy (umumiy) funktsiyalariga ustuvorlik beradi:

Boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni rag‘batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funktsiyalar jarayonida о’z aksini topadi.
Bu funktsiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bо’lgan umumiy xususiyatlarga ega bо’lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bо’ladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funktsiyalar deyish ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bо’yiga (vertikaliga), ham eniga (gorizontaliga) qamrab oladi.
Boshqarish funktsiyasini tasniflashning ikkinchi yondoshuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar bо’yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funktsiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy g‘arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20-25 tadan kam bо’lmagan funktsiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir:

  • asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;

  • qо’shimcha ishlab chiqarishni boshqarish;

  • ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqarish;

  • marketingni boshqarish;

  • moliyaviy boshqarish;

  • sifatni boshqarish;

  • mehnatni boshqarish;

  • xodimlarni boshqarish;

  • innovatsiyani boshqarish va hakazo.

Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va sohalari alohida ajralib turadi. Boshqarishning yuqorida sanab о’tilgan asosiy funktsiyalari ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida muhim о’rin tutishi zarur bо’lganligi tufayli ularni mufassal kо’rib chiqamiz.
Asosiy funktsiyalar:
1. Rejalashtirish
Boshqarishning asosiy va dastlabki funktsiyasidir. Har qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi. Bu rejada boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish muddatlari belgilanadi, vazifalarni amalga oshirish usullari ishlab chiqiladi, xalq xо’jaligi bо’g‘inlarining о’zaro aloqalari о’rnatiladi.
Rejalashtirishning umumiylik xususiyati shundaki, bunda har bir boshqaruv xodimi о’zining shaxsiy ishini rejalashtiradi, о’z ish joyidagi faoliyati kо’rsatkichlarini ishlab chiqadi, rejalarni qanday bajarayotganini nazorat qilishni uyushtiradi.
2. Tashkil qilish. Bu funktsiya boshqaruv ob’ekti doirasida barcha boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini ta’minlaydi.
3. Muvofiqlashtirish va tartibga solish.
Rejalashtirish boshqarishning strategiyasi hisoblansa, muvofiqlashtirish boshqarishning taktik masalalarini hal qiladi. Muvofiqlashtirish mablag‘larni tejash maqsadida boshqaruvdagi parallelizm va bir-birini takrorlashni bartaraf qilish imkonini beradi.
Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi bо’lib, u sodir bо’lib turadigan og‘ishlarni bartaraf qilish yо’li bilan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni maqsad qilib qо’yadi. Uning yordami bilan vujudga kelishi ehtimol tug‘ilgan og‘ishlarning oldi olinadi.
4. Nazorat. Bu funktsiyaning maqsadi “tutib olish”, “aybini ochish”, “ilintirish” emas, balki boshqaruv ob’ektida sodir bо’layotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil qilish va ma’lum tartibda shu ob’ekt faoliyatini о’z vaqtida sozlab turishdir. Ta’sirchan nazoratni tashkil qilish har bir rahbarning funktsional ishidir. Muntazam nazorat yо’q joyda yuqori pirovard natijalarga erishib bо’lmaydi.
Boshqarish faoliyatining turlariga kо’ra, funktsiyalar quyidagicha bо’ladi:

  • boshqarishning iqtisodiy funktsiyalari;

  • boshqarishning sotsial funktsiyalari;

  • boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funktsiyalari.

Qayd qilingan funktsiyalar bir-biri bilan bog‘liq va ma’lum darajada tartibga solingan kо’p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bо’lib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.



Download 28.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling