1-mavzu: «O‘zbek tilining amaliy uslubiyati» fanining maqsad va vazifalari. Nutqning vazifaviy uslublari
Download 3.53 Kb.
|
1-mavzu «O‘zbek tilining amaliy uslubiyati» fanining maqsad va -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi
- Fanning vazifasi
- Til uslublari quyidagi turlarga ajratiladi
- 2-topshiriq. Berilgan so‘zlarni davom ettiring.
1-mavzu: «O‘zbek tilining amaliy uslubiyati» fanining maqsad va vazifalari. Nutqning vazifaviy uslublari 1-mavzu: «O‘zbek tilining amaliy uslubiyati» fanining maqsad va vazifalari. Nutqning vazifaviy uslublariREJA: 1. O‘zbek tilining amaliy uslubiyati kursi haqida umumiy ma'lumot. 2. «O‘zbek tilining amaliy uslubiyati» fanining maqsad va vazifalari. 3.Nutqning vazifaviy uslublari.Tayanch so‘z va iboralar: til me'yorlari, talaffuz, urg‘u, uslubiyat, grammatika, grammatik kategoriyalar, lisoniy vositalar, leksikologiya, semasiologiya, mantiqshunoslik (logika), ruhshunoslik (psixologiya), lug‘atshunoslik (leksikografiya), tasviriy vositalar, ellipsis. Darsning maqsadi:Talabalarga “O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanining ahamiyatini tushuntirish, ularni nutqning vazifaviy uslublari bilan tanishtirish. Amaliy uslubiyat fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – talabalarda til vositalaridan o‘rinli va samarali foydalana olish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, tilning uslubiy imkoniyatlarini, leksik, fonostilistik va grammatik uslubiy xususiyatlarini to‘liq o‘rgatish, ularni amalda to‘g‘ri qo‘llay bilish hamda nutq uslublarini farqlashga yordam berishdir. Fanning vazifasiO‘zbek adabiy tilining uslubiy yo‘nalishlarini, tilga xos nazariy qarashlarini amalda to‘g‘ri qo‘llash, tilda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga e'tibor bergan holda o‘z fikrini og‘zaki va yozma nutq shakllari orqali to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatadi. Tilning so‘z boyligini, uning sinonim, antonim, omonimlar sistemasini, har bir so‘zning o‘ziga xos ma'no va grammatik xususiyatlarini, ularning o‘zaro munosabatlarini yaxshi bilish – nutqning tozaligi, ta'sirchanligi, ifodaliligi, qisqaligi kabi ko‘pgina boshqa aloqaviy sifatlarni ham ta'minlaydi. Til uslublari quyidagi turlarga ajratiladi:1. So‘zlashuv nutqi uslubi. 2. Ilmiy uslub. 3. Rasmiy uslub. 4. Publitsistik (ommabop) uslub. 5. Badiiy nutq uslubi. 1-topshiriq. Ushbu berilgan matnning qaysi nutqiy faoliyatga qarashliligini toping.....sochlarim mening qop-qoradur. Shunday qoradurki, qorongu kechalarning qora dostonlari mening sochimdan o‘rilgan, shu qora sochlarim meniki bo‘lish bilan qora kunga qolgan. Bularning tok novdalaridek rango-rang yopinchlari yo‘qdir. 2-topshiriq. Berilgan so‘zlarni davom ettiring.
http://fayllar.org Download 3.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling