1-mavzu. “O„zbek tilining sohada qo„llanishi” fanini o„qitishning maqsad va vazifalari mashg‟ulot rejasi
Download 100.96 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-topshiriq.
2- topshiriq. Nutqqa qo‟yiladigan talablarni o‟qituvchi hamkorligida
izohlashga harakat qiling. Misollar bilan izohlang. Matn tuzing. 1-mashq. Gaplarni o‟qing va o‟z fikr-mulohazalaringizni bildiring. 1. Har bir millatning dunyoda borlig‟ini ko‟rsatadurg‟on oynayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‟qotmak millatning ruhini yo‟qotmakdir. (A. Avloniy) 2. Nutq – qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi. (R.Emirson) 3. Har bir kishining madaniylik darajasi, o‟qib qanchalik tarbiya ko‟rganligi uning yozma va og‟zaki nutqidan bilinadi. (S.Ibrohimov) 4. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. (I.A. Karimov) 5. So‟zlash qobiliyati – hodisalar ichiga kirishining yagona va betakror vositasi. (L.I. Tolstoy) 3-topshiriq. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‟u bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, A. Navoiyning “Hayrat ul-abror”, A.Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarlaridan til va so‟z qudratiga bag‟ishlangan o‟rinlarni o‟qib, parchalar yod oling. Nutqning faoliyat ko‟rinishlari. Nutq faoliyati ikki usulda namoyon bo‟ladi: og‟zaki va yozma shaklda. Og‟zaki nutqning ikki ko‟rinishi bor: 1) oddiy so‟zlashuv nutqi; 2) adabiy so‟zlashuv nutqi. Oddiy so‟zlashuv nutqi tabiiy nutq sifatida namoyon bo‟lib, sheva ta‟sirida bo‟lgan nutq hisoblanadi. Bunda adabiy til me‟yorlariga amal qilinmaydi, noadabiy qatlam so‟zlari uchrab qoladi (o‟rinsiz qo‟llangan chet so‟z va so‟z birikmalari – varvarizm, so‟kinch, haqorat so‟zlar–vulgarizm, nutqda ortiqcha takrorlanadigan parazit so‟zlar, jumladan, haligi, shu desangiz, ibi, innaykeyin, habba va h.k.). Adabiy so‟zlashuv nutqida til me‟yorlari (orfoepiya qoidalari)ga qat‟iy amal qilinadi. Yozma nutqning paydo bo‟lishi og‟zaki nutq ta‟sirida bo‟lgan. Yozma
nutq adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo‟ysunuvchi grafik shaklidagi nutqdir.
Download 100.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling