1-mavzu. O‘zbekiston – yagona vatan. O‘zbek tilining imlo qoidalari (orfografiya) Reja
U Fikringizni umumlashtiring
1-mavzu. O‘zbek tili – davlat tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glossariy Adabiy til
- Imlo qoidalari
U
|
Fikringizni umumlashtiring |
Mavzu yuzasidan testlar
Quyidagi xalq maqolida necha marotaba egalik qo‘shimchasi qatnashgan?
Daraxt-ildizi bilan,
Odam – do‘stlari bilan.
a) 1;
b) 2;
c) 3;
d) 4.
Qaysi so‘zlarga i egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa asosda tovush tushish hodisasi ro‘y beradi?
a) ravnaq;
b) huquq;
c) ko‘ngil;
d) tilak.
Har, hech, hamma kabi so‘zlar o‘zi birikib kelgan so‘z bilan qanday tarzda yoziladi?
a) ajratib yoziladi;
b) qo‘shib yoziladi;
c) chiziqcha bilan yoziladi;
d) qisqartirib yoziladi.
Muhim tarixiy sana, bayramlarning nomlari tarkibidagi qaysi so‘z bosh harf bilan yoziladi?
a) har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi;
b) faqat 1- so‘z bosh harf bilan yoziladi;
c) dastlabki 2 so‘z bosh harf bilan yoziladi;
d) imlo talablarida bunday qoida mavjud emas.
Glossariy
Adabiy til – o‘zbek milliy tilining ma’lum qoidalariga bo‘ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli. Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lishi kerak.
Imlo qoidalari – tildagi so‘zlar va qo‘shimchalarning ma’lum qoidalar asosida to‘g‘ri yozilishini ta’minlab beradigan me’yorlar yig‘indisi.
Fonetik hodisa – so‘zga egalik, kelishik, yoki yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish natijasida sodir bo‘ladigan tovush tushish, orttirilish, tovush o‘zgarish hodisalari.
Savodxonlik – bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, odamlarning adabiy til me’yorlariga javob beradigan og‘zaki va yozma nutq malakalariga egaligidir.
Download 29.61 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling