qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir
kompleks masalalarni
hal etish - hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha
darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi.
Beshinchidan, biz amalga oshirayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy
o’zgarishlarning
samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va
farovonligini, uning hayot darajasi va sifatini oshirishga qay darajada ta’sir
ko’rsatayotgani bilan o’lchanadi.
Shu maqsadda ish haqi, pensiya, nafaqa va
stipendiyalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borish bo’yicha aniq chora-
tadbirlarni rejalashtirilgan va ular albatta amalga oshiriladi.
Oltinchidan, aholi
bilan doimiy muloqot qilish, uning qonuniy talablari,
so’rov va takliflarini amalga oshirish uchun aniq choralar ko’rish ustuvor vazifa deb
e’lon qilindi. Endi nafaqat hukumat, balki
mutasaddi vazirlik va idoralar, xo’jalik
birlashmalari, shuningdek, hokimlarning ham bu boradagi faoliyati yakunlari
bo’yicha hisobot berish tizimi joriy etiladi va shunga
qarab ularning ishiga baho
beriladi.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojining strategik yo’nalishlari sifatida
quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Do'stlaringiz bilan baham: