1-mavzu: O’zbekiston Resrublikasi Davlat tili haqidagi qonunlari hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi kabi davlat hujjaylarida o’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish


Download 304.87 Kb.
bet4/18
Sana09.06.2023
Hajmi304.87 Kb.
#1471194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
onatili 15-ta

5. ICHKI VA TASHQI HUJJATLAR
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094-yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi «hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi, aniqrog‘i, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning shakllanishi barobarida hujjatlar ham takomillashib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o‘rxun-enasoy, so‘g‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko‘plab hujjatlar, umuman,yozma manbalar ma’lum.
Vavilon qiroli, tahminan 1793-1750 b.a. yillarda hukum surgan, 1-chi Vavilon sulolasidan. U aqilli siyosatchi va qomondon edi. Vavilon shahrining ko’tarilishi shu isim bilan bog’liq
Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va h.k. Bu o‘rinda To‘xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yag‘aylaga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397-yildagi yorlig‘i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig‘i, Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1779-yil 2-iyunda Peterburgga - Rossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig‘i va boshqalarni eslab o‘tish mumkin.
O‘rta Osiyo hududidan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli moddiy jismlarga bitilgan ma’lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o‘ziga xos hujjatchilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. O‘rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi.
Hujjat – rasmiy uslub-da yozilgan, imzolangan, kelishuv va rozilik belgilari olin-gan, davlat standart talablariga ja-vob beradigan qog‘ozlardir. Hujjat matni aniqlik, ix-chamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga ja-vob berishi kerak. Hujjatlarmatnigaqo`yiladiganengmuhimtalablardanyanabiri – xolislik. Bu talablarga javob bermay-digan hujjat chinakam hujjat bo`la olmaydi, bun-day hujjat ish yuritish jara-yoniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.
O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtrilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqei past edi. Ma’lumki, tariximizda saroy va umuman yirik mahkamalarda yozuv ishlarini olib boruvchilar “munshiy” (arabcha) deyilgan.
Hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlar, o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi. Hujjatlar o‘ziga xos uslubga ega. Hujjatda ot va fe’lga tegishli so‘zlar ko‘proq qo‘llaniladi. Sintaktik xususiyatidan kelib chiqib asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.Hujjatlar tilida turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalaniladi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin:
1) “. . . so‘m maosh bilan . . . lavozimiga tayinlansin”; 2) “. . . o‘z xohishiga ko‘ra . . . lavozimidan bo‘shatilsin”; 3) “. . . boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan . . . lavozimidan bo‘shatilsin”; 4) “. . . ga . . . dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin”; 5) “. . . ga o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun hayfsan e’lon qilinsin” va h.k.
1.Tuzilish o‘rniga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi:

Download 304.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling