1-mavzu. O‘zbekiston tarixi fani predmeti, nazariy metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. (2 soat) Reja
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchidan
To‘rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash ruhini
singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqodlik)ni tarbiyalash. Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota- ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida tarbiyalash. O‘zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o‘zining xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo‘shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘rni hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e’tirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning o‘zi guvoh. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab etmog‘imiz lozimdir. Mahmudxo‘ja Behbudiy «Turkiston tarixi kerak» nomli maqolasida yozadi: «Tarixning foydalaridan ba’zisi ushbudirki, bir millatning na tariqada, qaysi yo‘l ila taraqqiy etganin o‘qib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munqariz bo‘lib (tugab-bitib) ketganin o‘qub mundan ham istifoda etmak mumkindir» Nushiravon Yovushev esa «Turkiston tarixi» nomli maqolasida tarixga quyidagicha baho beradi: «O‘z milliy tarixini bilmagan millat, o‘z otasini bilmagan ... bir bolaga o‘xshaydur... Tarix millatning joni-ruhi, moddiy va ma’naviy hayotidur». Xulosa shuki, O‘zbekiston tarixini o‘qitishning ahamiyati behad katta. Millatning haqqoniy tarixini yaratish, xalqimizga ma’naviy kuch-qudrat baxsh etih, g‘ururini uyg‘otish tarix faning dolzarb vazifasidir. YODDА TUTING: Insоndа tаriхiy хоtirа o’z Vаtаni tаriхini, o’z хаlqi, аjdоdlаri tаriхini bilish оrqаli shаkllаnаdi Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling