1-mavzu: O’zbekiston tarixi predmeti, uni o’rganishning metodologik tamoyillari, manbalari va ahamiyati Reja


O’bekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/39
Sana24.11.2017
Hajmi5.05 Kb.
#20824
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39

O’bekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi. 
 
Viloyat 
Tashkil etilgan yili 
May
doni 
Aholisi 
Qishloq 
tumanlari 
Shahar va 
shaharcha
lari 
Ma’muriy 
markazi 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi 
1990-y. 14-dekabr 
166,6 
1569,9 
14 
12, 17 
Nukus 
Andijon 
1941-y. 6-mart 
4,2 
2342,7 
14 
11, 5 
Andijon 
Buxoro 
1938-y. 15-aprel 
40,3 
1507,6 
11 
11, 3 
Buxoro 
Jizzax 
1973-y. 28-dekabr 
21,2 
1043,3 
12 
7, 8 
Jizzax 
Navoiy 
1982-y. 20-aprel 
1988-y. 6-sentabrda 
                  tugatilgan  
1992-y. 28-iyunda qayta   
                tashkil etilgan 
111 
810,2 

7, 8 
Navoiy 
Namangan 
1941-y. 11-mart 
1960-y. 25-yanvarda   
                   tugatilgan 
1967-y. 18-dekabrda 
        qayta tashkil etilgan 
7,4 
2073,2 
11 
8, 12 
Namangan 
Samarqand 
1938-y. 15-yanvar 
16,8 
2867,1 
14 
11, 12 
Samarqand 
Sirdaryo 
1963-y. 16-fevral 
4,3 
672,2 

5, 6 
Guliston 
Surxondaryo 
1941-y. 6-mart 
20,1 
1894,9 
14 
8, 7 
Termiz 
Toshkent 
1938-y. 15-yanvar 
15,6 
4520,4 
15 
16 
Toshkent 
Farg’ona 
1938-y. 15-yanvar 
6,7 
2840,9 
15 
9, 10 
Farg’ona 
Xorazm 
1938-y. 15-yanvar 
6,1 
1432,8 
10 
3, 7 
Urganch 
Qashqadaryo 
1943-y. 20-yanvar 
28,6 
2378,5 
13 
12, 4 
Qarshi 
Toshkent shahri 
 
 
2135,7 
11 
 
 
O’zbekiston 
1925-y. 28-fevral 
448,9 
31 mln 
159 
120, 116 
Toshkent 
 
O’zbekiston  Respublikasining  aholisi  mustaqillik  e’lon  qilingan  paytda  21,5  mln. 
kishini tashkil etardi. 2015-yilga kelib aholi soni 31 mln. dan ortdi. 
Mustaqillik  to’g’risida  referendum.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining 
1991-yil  noyabrida  bo’lgan  VIII  sessiyasi  Davlat  mustaqilligi  masalasi  bo’yicha 
referendum o’tkazish xaqidagi masalani ko’rib chiqdi. 
Oliy  Kengashning  mazkur  sessiyasida  1991-yil  29-dekabr,  yakshanba  kuni 
O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  mustaqilligi  to’g’risida  referendum  hamda 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazish to’g’risida qarorlar qabul qilindi. 
Referendumda  ovoz  berish  byulleteniga  masala  quyidagi  ta’rifda  kiritildi:  «O’zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Kengashi  tomonidan  e’lon  qilingan  O’zbekiston  Respublikasining 
Davlat  mustaqilligini  ma’qullaysizmi?».  Shuningdek,  «O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti saylovi to’g’risida» Qonun qabul qilindi. 
1991-yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi bo’lib o’tdi. Referendumda 9.898707 
kishi  yoki  saylov  ro’yxatiga  kiritilganlarning  94,1  foizi  qatnashdi.  Ovoz  berishda 
qatnashganlarning  98,2  foizi  O’zbekiston  Respublikasi  mustaqilligini  ma’qullaymiz,  deb 
ovoz berdi. 
O’zbekiston  Davlat  mustaqilligining  e’lon  qilinishi,  uning  butun  tarixiy  taraqqiyoti 
natajalaridan kelib chiqadigan ob’ektiv va qonuniy hodisadir. 
Respublika  xalqi  va  rahbariyatining  donishmandligi,  sabotli  va  qat’iyatliligi,  uzoqni 
ko’ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga erishuvi 
Tinch,  demokratik,  parlament  yo’li  bilan  ijtimoiy  larzalarsiz,  qurbonlar  va 

vayronagarchiliksiz amalga oshdi. 
 
2.ISLOM KARIMOV – O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI 
PREZIDENTI 
 
1991-yil  29-dekabr  kuni  muqobillik  asosida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
saylovi ham bo’lib o’tdi. Prezidentlikka nomzod Islom Abdug’aniyevich Karimov uchun 
8.514136  kishi  yoki  ovoz  berishda  qatnashganlarning  86  foizi  ovoz  berdi.  Markaziy 
saylov  komissiyasi  saylov  yakunlarini  ko’rib  chiqib,  I.A.Karimovni  1991-yil  29-
dekabrdan  O’zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  lavozimiga  saylangan,  deb 
xisoblashga  qaror qildi.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining 1992-yil  yanvarda 
bo’lgan  navbatdan  tashqari  IX  sessiyasida  Prezident  Islom  Karimov  qasamyod  qildi: 
«O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  lavozimini  bajarishga  kirishar  ekanman, 
respublikamiz  xalqlariga  sadoqat  bilan  xizmat  qilishga,  fuqarolarning  huquq  va 
erkinliklariga  kafolat  berishga,  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  qat’iy  rioya 
etishga,  zimmamga  yuklangan  yuksak  vazifalarni  vijdonan  bajarishga  qasamyod 
qilaman». Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining umumxalq tomonidan saylangan 
birinchi Prezidentidir. 
 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimovning tarjimayi holi. 
 
Islom 
Abdug‘aniyevich 
Karimov – 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida 
tug‘ilgan.  Millati  –  o  ‘zbek.  Oliy  ma’lumotli,  O‘rta  Osiyo  politexnika  va  Toshkent  xalq  xo‘jaligi 
institutlarini  tugatgan.  Muhandis-mexanik  va  iqtisodchi  mutaxassisliklariga  ega.  Mehnat 
faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xojaligi mashinasozligi zavodida boshlagan. 
1960-yildan  1966-yilgacha  V.P.  Chkalov  nomidagi  Toshkent  Aviatsiya  ishlab  chiqarish 
birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi. 
1966-yilda  O’zbekiston  SSR  davlat  reja  komitetiga  ishga  o‘tib,  bosh  mutaxassislikdan 
Respublika davlat reja komiteti raisining birinchi o ‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 
1983-yilda I. Karimov O’zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar 
Soveti Raisining o‘rinbosari, Respublika davlat reja komitetining raisi etib tayinlanadi. 
1986-1989-yillar  mobaynida  Qashqadaryo  viloyati  partiya  komitetining  birinchi  kotibi,  1989-
yilning  iyunidan  boshlab  O’zbekiston  Kompartiyasi  Markaziy  Komitetining  birinchi  kotibi 
lavozimlarida ishladi. 
1990-yil 24-mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I. Karimov O’zbekiston 
SSR Prezidenti etib saylandi. 
1991-yil  31-avgust  kuni  I.  Karimov  tarixiy  voqea  –  O’zbekiston  Respublikasining  davlat 
mustaqilligini e’lon qildi. 
1991-yil  29-dekabridan  muqobillik  asosida  o‘tkazilgan  umumxalq  saylovida  I.  Karimov 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 
1995-yil  26-martida  bo‘lib  o‘tgan  umumxalq  referendumi  yakunlariga  ko‘ra  I.  Karimovning 
Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 
2000-yil  9-yanvarda  bo‘lib  o‘tgan  saylovda  I.  Karimov  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
lavozimiga saylandi. 
2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda uning prezidentlik vakolati 5 yildan 7 yilga 
uzaytirildi. 
2007-yil  23-dekabrda  bo‘lib  o‘tgan  saylovda  I.  Karimov  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
etib saylandi. I. Karimov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (1994-yil), o’ndan ortiq 
xorijiy  mamlakatlar  universitet  va  akademiyalarining  faxriy  fan  doktori,  professor  va 

akademikligiga saylangan. 
I.  Karimov  ,,O’zbekiston  Qahramoni“  unvoni  va  „Oltin  Yulduz“  medali  sohibi  (1994), 
“Mustaqillik“ (1996), „ Amir Temur“ (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. 
I.  Karimov  xalqaro  hamkorlikni  rivojlantirish,  tinchlikni  mustahkamlash,  ma’naviyatni 
tiklash, sportni rivojlantirish sohasidagi xizmatlari uchun bir qator xalqaro tashkilotlar va nufuzli 
xorijiy davlatlarning orden va medallari bilan mukofotlangan. 
U  oilali,  ikki  nafar  farzandi,  uch  nabirasi  bor.  Rafiqasi  T.A.  Karimova  –  iqtisodchi  ilmiy 
xodim. 
 
3. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAMZLARI VA 
KONSTITUTSIYASINING QABUL QILINISHI 
 
Davlat  ramzlari.  O’zbekiston  o’zining  davlat  mustaqilligini  mustahkamlashga 
dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo’lib, davlat ramzlari belgilab olindi. 
O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  bayrog’i  o’n  ikkinchi  chaqiriq  O’zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Kengashining  VIII  sessiyasida  1991-yil  18-noyabrda  tasdiqlandi. 
Davlat bayrog’i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar 
bayrog’iga  xos  bo’lgan  eng  yaxshi  an’analarni  davom  ettirgan  holda  respublikaning 
tabiatiga xos bo’lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o’zligini 
ham aks ettiradi. 
O’zbekistonning  Davlat  gerbi,  o’n  ikkinchi  chaqiriq  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Kengashining  X  sessiyasida  1992-yil  2-iyulda  qabul  qilindi.  Gerbning  markazida 
qanotlarini  keng  yozib  turgan  Xumo  qushi  tasvirlangan.  Bu  baxt-saodat  va  erksevarlik 
ramzidir.  Qadim-qadim  zamonlardan  buyon  Xumo  qushi o’zbek  xalqi orasida odamlarni 
baxt-saodatga yetaklovchi kuch ramzi sifatida e’zozlab kelingan. 
O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  madhiyasi  o’n  ikkinchi  chaqiriq  O’zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Kengashining  XI  sessiyasida  1992-yil  10-dekabrda  qabul  qilindi. 
Davlat  madhiyasining  matni  O’zbekiston  xalq  shoiri  Abdulla  Oripov,  musiqasi 
O’zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan. 
O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi.  Mustaqillik  qo’lga  kiritilgach,  milliy 
huquqiy  davlat  qurish,  demokratik  jamiyat  barpo  etish,  bozor  munosabatlarini 
shakllantirish  kabi  dolzarb  vazifalar  mustaqil  O’zbekiston  Konstitutsiyasini  ishlab 
chiqishni taqazo etardi. 
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilingan O’zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 
20-iyunda  bo’lgan  ikkinchi  sessiyasidayoq  yangi  Konstitutsiya  ishlab  chiqish  lozim, 
degan xulosaga kelingan edi. Sessiya O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 
64  kishidan  iborat  Konstitutsiya  loyihasini  tayyorlash  bo’yicha  komissiya  tuziladi. 
Konstitutsiyaviy komissiya O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish 
ustida 2,5 yil ishladi. 
Konstitutsiya  loyihasini  ishlab  chiqishda  konstitutsiyaviy  rivojlanishning  jahon 
tajribasi o’rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo’lga 
kiritilgan  yutuqlar  hisobiga  olindi.  Milliy  davlatchiligimizning  tajribasi,  Amir  Temur  va 
boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g’oyalari yangi Konstitutsiyaga 
asos qilib olindi. 
1991-yil  26-sentabrda  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  loyihasi 
umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. 

Muhokama  jarayonida  bildirilgan  takliflar  asosida  tuzatishlar  kiritilgan  loyiha  1992-yil 
26-noyabrda  matbuotda  ikkinchi  marta  e’lon  qilindi.  Umumxalq  muhokamasi  davrida  6 
mingdan  ortiq  taklif  va  mulohazalar  bildirildi,  ular  inobatga  olindi.  Konstitutsiyamiz 
xalqimizning siyosiy daholigi va tafakkurining mahsuli bo’ldi. 
Oliy 
Kengashning 
1992-yil 
dekabrda  bo’lgan  XI  sessiyasi  O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. 
Sessiyada  deputatlar  loyihaga  80  ga  yaqin  o’zgartirish,  qo’shimcha  va  aniqliklar 
kiritdilar.  Shunday  qilib,  1992-yil  8-dekabr  kuni  O’zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasi qabul qilindi. 
Mustaqil  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganligini 
nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8-dekabr umumxalq bayrami – 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilindi. 
O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  6  bo’lim,  128  moddadan  iborat.  U 
«Mustaqillik  Deklaratsiyasi»,  «O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  mutaqilligi  asoslari 
to’g’risida»  gi  Qonunda  mustahkamlangan  tamoyillar  va  g’oyalarni  o’zida  to’la 
mujassamlashtirdi. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ijodkor xalqimizning xohish, irodasi va 
dono  fikr-mulohazalari  asosida  va  jahonda  to’plangan  eng  ilg’or  konstitutsiyaviy 
rivojlanish  tajribasini  va  milliy  davlatchiligimiz  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda 
mustaqil  ishlab  chiqildi.  Ilgarigi  konstitutsiyalar  esa  markaziy  hokimiyat  tomonidan 
tayyorlangan  Ittifoq  konstitutsiyasi  nusxalaridan  ko’chirib  olinar  edi.  Shu  boisdan  ham 
yangi asosiy qonunimiz mustaqil O’zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o’rganish jarayonida uning mohiyatini 
ochib beruvchi asosiy tamoyillarni bilib olishga ahamiyat berish zarur. 
>
 
O’zbekiston  Konstitutsiyasining  muhim  tamoyili  davlat  suverinitetidir. 
Davlatimizning «O’zbekiston Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma’noni 
anglatadi. 
>
 
Konstitutsiyamizning tamoyillaridan yana biri xalq hokimiyatchiligidir. 
>
 
Yana  bir  konstitutsiyaviy  tamoyil  –  davlat  hokimiyatining  uch  tarmoqqa 
bo’linishidir. O’zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyatlariga bo’linishi qonunlashtirildi. 
>
 
Asosiy 
Konstitutsiyaviy 
tamoyillardan 
biri 
demokratiyaga 
sodiqlikdir. 
Kontitutsiyada  umuminsoniy  demokratik  tamoyillarning,  xalqaro  huquq  sohasida  umum 
e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. 
>
 
O’zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi , or-nomusi, qadr-qimmati va 
boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo’yilgan. 
>
 
Yana  bir  Konstitutsiyaviy  tamoyil    Konstitutsiya  va  qonunlarning  ustivorligidir. 
Konstitutsiyaning  15-moddasida  «O’zbekiston  Respublikasida  O’zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi», deb belgilab qo’yilgan. 
Konstitutsiyaning  21-moddasiga  binoan  O’zbekiston  Respublikasining  butun 
hududida  yagona  fuqarolik  o’rnatilgan.  O’zbekiston  Respublikasining  millati,  elatidan 
qat’iy nazar barcha fuqarolari O’zbekiston xalqini tashkil etadi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  Qoraqalpog’iston  Respublikasining 
huquqiy  maqomi,  O’zbekiston  bilan  o’zaro  munosabatlarning  huquqiy  asoslari  belgilab 
berilgan. 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  qabul  qilinishi  mamlakatimiz  hayotida 
katta  ahamiyatga  ega  bo’ldi.  U  mamlakatimizda  qonunchilikning  rivojlanishi  uchun, 
huquqiy islohotlar uchun asos bo’lib qoldi. Yuzlab qonunlar, kodekslar,  milliy dasturlar 
ishlab chiqildi, umumxalq muhokamasi dan o’tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha 
jabhalarida amal qilinmoqda. 
Asosiy  qonunga  kiritilgan  o’zgartirishlar  va  qo’shimchalar  2003-yil  24-25-aprel 
kunlari  bo’lib  o’tgan  ikkinchi  chaqiriq  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  o’n 
birinchi  sessiyasida  «O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  o’zgartirishlar  va 
qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi va mazkur Qonun 
qabul qilindi. 
O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasiga  jamiyatni  yanada  erkinlashtirish  va 
demokratiyalash,  ikki  palatali  parlament  tuzish  zaruriyatidan  kelib  chiqqan  holda 
o’zgartirishlar  va  qo’shimchalar  kiritildi.  Asosiy  Qonunimiz  mazmun  va  mohiyati, 
maqsad  va  vazifalariga  daxl  qilmagan  holda, avvalo  Oliy  Majlisning  roli va  ahamiyatini 
kuchaytirish,  uning  palatalari  maqomi  va  vakolatlariga  doir  76-88-moddalarga 
o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  vakolatlari  hamda  vazifalariga  doir 
89,90,93,95,97-moddalarga  ham  o’zgartirishlar  kiritildi.  89-moddaning  «O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi» deyilgan 
ikkinchi qismi olib tashlandi. 
Muxtasar  qilib  aytganda,  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatlari 
o’rtasidagi  vakolatlar  yanada  demokratik  ravishda  qayta  taqsimlanadi.  Kiritilgan 
o’zgartirishlar va qo’shimchalar O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning 
mas’uliyatini kuchaytirishga, jamiyat siyosiy hayotining faollashuviga, saylov tizimining 
yanada takomillashuviga xizmat qiladi. 
Milliy  valyuta.  O’zbekistonda  milliy  valyutani  muomalaga  kiritish  uchun  ma’lum 
vaqt,  tajriba  kerak  edi.  Shu  boisdan  O’zbekiston  mustaqillikning  dastlabki  payti-1991-
1993-yillarda sobiq itttifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo’lib turdi. Biroq sovetlardan 
keyingi  makonda  yalpi  ichki  mahsulot  ishlab  chiqarishning  keskin  pasayishi  natijasida 
rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. 1993-yil may oyi boshlarida 800-
900 rublning qadri 1 AQSh dollori darajasiga tushib ketgan edi. 
O’zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 1993-yil 1-
noyabrda  O’zbekistonda  so’m-kupon  muomalaga  kiritildi,  uning  kursi  oldin  muomalada 
bo’lib  kelgan  rublga tenglashtirilgan  edi. O’zbekiston  rahbariyati  so’m-kuponlar  asosida 
zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko’rdi. 
O’zbekiston  Prezidentining  1994-yil  16-iyunda  e’lon  qilingan  «O’zbekiston 
Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq 
1994-yil  1-iyulidan  boshlab  O’zbekiston  Respublikasining  milliy  valyutasi  –  So’m 
muomalaga kiritildi. 
Taraqqiyotning  “O’zbek  modeli”.  Mustaqillikning  dastalbki  kunlaridayoq 
O’zbekiston  qanday  taraqqiyot  yo’lidan  boradi,  qanday  jamiyat,  qanday  davlat  quradi, 
uning qiyofasi qanday bo’ladi, degan savollar ko’ndalang turardi. 
Jahon  tajribasi  shuni  ko’rsatadiki,  dunyodagi  hamma  mamlakatlar  uchun  maqbul 
bo’lgan  bir  xil  taraqqiyot  yo’li,  bir  xil  andoza  bo’lishi  mumkin  emas.  Mustaqillikka 
erishgan  har  bir  mamlakat  o’ziga  xos  taraqqiyot  yo’lini  izlaydi,  yangi  jamiyat  barpo 

etishda o’z andozasini ishlab chiqishga intiladi. O’zbekiston oldida ham nazariy-ilmiy va 
amaliy  jihatdan  puxta  asolangan  o’ziga  xos  yo’lni  ishlab  chiqish  zarur  edi. 
O’zbekistonning taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti va demokratik tamoyillar qaror topgan 
ilg’or  davlatlar  tajribasiga,  respublikamiz  iqtisodiyotining  haqiqiy  holati  va 
imkoniyatlariga,  xalqning  mentaliteti  va  tarixiy  an’analariga,  aholining  tub 
o’zgartirishlarga  tayyorlik  darajasiga  tayangan  holda  Prezidentimiz  Islom  Karimov 
tomonidan ishlab chiqildi. 
O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li Islom Karimovning asarlari, ma’ruza va 
nutqlarida yangi ma’no-mazmuni bilan to’ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 1993-yilda nashr 
etilgan «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» nomli asarida 
Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi. 
1.
 
Iqtisodiyotni mafkuradan to’la xoli qilish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o’ziga 
xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi. 
2.
 
Davlat – bosh islohotchi, iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori. 
3.
 
Qonun  ustivorligi,  islohotlarning  mustahkam  huquqiy  asoslarga  qurilishi,  qonun 
oldida hammaning baravarligi va hammaning qonunga bo’ysunishi. 
4.
 
Bozor  iqtisodiyotiga  o’tishning  barcha  bosqichlarida  kuchli  ijtimoiy  siyosat 
yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustivorligi. 
5.
 
Bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich  va  izchil  ravishda  o’tish,  ya’ni 
islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish. 
Shunday qilib, O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li nazariy va amaliy jihatdan 
puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning «o’zbek modeli» bundan oldin yaratilgan va mavjud 
bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan 
butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo’l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda 
ham taraqqiyotning «O’zbek modeli» deb qabul qilindi. 
 
4. SIYOSIY ISLOHOTLAR. HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT VA 
FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANTIRILISHI 
 
Siyosiy  islohotlar.  Huquqiy  demokratik  davlat  asoslarining  barpo  etilishi 
Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab  O’zbekiston  o’z  siyosiy  mustaqilligini 
mustahkamlash,  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  qurishga  yo’naltirilgan  chuqur 
siyosiy islohotlar o’tkazish yo’lidan bormoqda. 
Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi: 
>
 
Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi; 
>
 
Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi
>
 
Ko’p ming yillik o’zbek davlatchiligi tarixi va o’ziga xos ma’naviy-axloqiy 
qadriyatlariga asoslandi; 
>
 
Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi-qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo’lidan bordi; 
>
 
Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik boshqaruv 
usulini yaratish yo’li tanlandi. 
O’zbekiston  mustaqilligi  e’lon  qilingan  paytda  1990-yil  fevralda  saylangan  qonun 
chiqaruvchi  hokimiyat  organi-Oliy  Kengash  faoliyat  ko’rsatmoqda  edi.  O’zbekistonda 
demokratik  islohotlarni  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish  yo’lidan  borilib,  birdaniga 

Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994-yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat 
organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 
dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi. 
Oliy  Majlis.  1992-yil  8-dekabrda  qabul  qilingan  O’zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasiga  muvofiq  Respublika  parlamentining  nomi  Oliy  Majlis  deb  ataladigan 
bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy 
davlat  vakillik  organi  bo’lib,  qonun  chiqaruvchi  hokimiyatni  amalga  oshiradi",  deb 
belgilab  qo’yildi.  Konstitutsiyaga  muvofiq  bir  palatali  parlament-O’zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisini  shakllantirish  tadbirlari  ko’rildi.  1993-yil  28-dekabrda 
"O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylovlar  to’g’risida",  1994-yil  22-sentabrda 
"O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  to’g’risida"  qonunlar  qabul  qilindi.  Oliy  Majlis 
hududiy  saylov  okruglari  bo’yicha  ko’p  partiyaviylik  asosida  besh  yil  muddatga 
saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi. 
1994-yil  25-dekabr  kuni  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  birinchi-marta 
erkin, demokratik va ko’p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o’tkazildi. Har bir 
saylov  okrugida  ikki-uch  nomzod,  jami  700  nafar  nomzod  deputatlik  uchun  kurashdi. 
Saylovchilar  birinchi-marta  nomzodlarni  tanlab  olish  imkoniyatiga  ega  bo’ldi. 
Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995-yil 8 va 25-
yanvar kunlari takroriy saylovlar bo’ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. 
Oliy Majlis 1995-1999-yillarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
demokratik  davlat  qurishdan  iborat  yo’lni  huquqiy  jihatdan  ta’minlashga  qaratilgan  10 
kodeks,  2  milliy  dastur,  145  qonun,  452  qaror  qabul  qildi.  Shuningdek,  u  70  ta  xalqaro 
shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konventsiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror 
qabul qildi. 
Ikkinchi  chaqiriq  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  1999-yil  dekabrda 
saylovlar  bo’lib  o’tdi.  Saylovlarda  7  ta  subekt-beshta  siyosiy  partiya,  hokimiyat  vakillik 
organlari  va  saylovchilarning  tashabbuskor  guruhlaridan  jami  1010  nafar  nomzod 
qatnashdi.  Oliy  Majlisga  O’zbekiston  xalq  demokratik  partiyasidan  48,  "Fidokorlar" 
milliy demokratik partiyasidan 34, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 20, "Adolat" sotsial-
demokratik  partiyasidan  11,  "Milliy  tiklanish"  demokratik  partiyasidan  10,  hokimiyat 
vakillik  organlaridan  111  va  saylovchilar  tashabbus  guruhlaridan  16  nafar  vakil  deputat 
etib saylandi. 
O’zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004-yillarda bo’lib o’tgan 
16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va 
bitimlar ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta 
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. 
Bir palatali O’zbekiston Respublikasi parlamenti-Oliy Majlisi 1995-2004-yillarda o’z 
faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda samarali olib bordi: 

 
O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi 
qonunlar yaratish

 
qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish; 

 
parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash; 

 
shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish; 

 
amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o’rgangan 
holda olib borish


 
joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko’rsatish. 
Muxtasar  qilib  aytganda,  1995-2004-yillarda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 
bir  palatali  parlament  sifatida  xalq  fikrini  e’tiborga  olish,  ochiqlik  va  oshkorolik 
tamoyillari  asosida  faoliyat  yuritdi.  Parlamentchilikda  demokratik  asoslar  yaratildi.  Bir 
palatali Oliy Majlis milliy parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o’rinni egalladi. 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling