1-mavzu. O‘zbekiston yagona vatan
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu - 2021-01-15T163659.133
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari - harbiy birlashmalar, qo‘shilmalar, qismlar hamda tuzilmalardan iborat bo‘lib, ular davlat tomonidan tashkil qilinadi va ta’minlanadi. O‘zbekiston Qurolli kuchlarining vazifasi - urush va qurolli tajovuzlarning oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, O‘zbekiston fuqarolarining tinchligi va xavfsizligini ta‘minlashdan iborat. 1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston hududida joylashgan barcha harbiy qismlar, qo‘shilmalar, harbiy o‘quv yurtlari, harbiy sohaga tegishl i muassasalar va tashkilotlar, boshqa harbiy tuzilmalar hamda ularning moddiy- texnikaviy va moliyaviy ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining maqomi, asosiy vazifalari va faoliyat doirasi belgilanib, ularning huquqiy zamini mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-dekabrdagi Qonuniga muvofiq, har yilning 14-yanvarida “Vatan himoyachilari kuni” nishonlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-fevralda imzo chekkan Farmoniga binoan, O‘zbekiston Respublikasi ixtiyoridagi harbiy qismlarga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari bo‘yicha vazirligiga topshirildi. 1992-yll 3-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, Mudofaa ishlari bo‘yicha vazirlik Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 2001-yil 11-mayda bu Qonun Oliy Majlis tomonidan yangi tahrirda tasdiqlanib, mudofaani tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Quruqlikdagi qo‘shinlar, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari, Harbiy havo kuchlari, Maxsus qo‘shinlar, Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy tuzilmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek, boshqa vazirliklar, muassasalar va boshqarmalar harbiy tuzilmalaridan tashkil topgan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti - Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh Qo‘mondoni. Uning rahbarligida Vazirlar Mahkamasi, Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining birlashgan shtabi ish olib boradi. O‘zbekiston hududi harbiy okruglarga bo‘lingan. 2002-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” qayta ishlangan Qonunni qabul qildi. Qonunda harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etildi: muddatli harbiy xizmat (12 oy, oliy ma’lumotlilar uchun - 9 oy), safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmat, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat, harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling