1-mavzu. O‘zbekiston yagona vatan
GRAMMATIKA Orfoepiya qoidalari.O’zbek tilida tovushlar talaffuzi
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu - 2021-01-15T163659.133
GRAMMATIKA
Orfoepiya qoidalari.O’zbek tilida tovushlar talaffuzi. Nutqning xarakteriga ko‘ra, adabiy talaffuzni 2 guruhga ajratish mumkin: to‘liq talaffuz; qisqargan talaffuz; ma’ruzachilar, aktyorlar, diktorlar nutqi to‘liq talaffuzni aks ettiradi, chunki bunda har bir so‘z, uning morfemalari adabiy til qoidasiga mos ravishda to‘la, aniq, dona dona talaffuz qilinadi. So‘zlovchi o‘z nutqiga beparvo qarashi orqasida, o‘z shevasi ta’sirida ayrim fonemalar turli o‘zgarishlarga duch keladi, so‘zning ba’zi birliklari qisqaradi. Masalan, olib keldi — obkeldi; olib bordi — obbordi. Bu qisqargan talaffuzdir. O‘zbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalari unli va undosh fonemalarning talaffuzi, morfologik birliklarning aytilishi, so‘z birikmalarining talaffuz qilinishikabilami o‘z ichiga oladi. Shunga ko‘ra umumiy orfoepik me’yorlar belgilanadi. Orfoepik me’yorlar, odatda transkripsion belgilar vositasi bilan ifodalanadi. Orfoepiya orfografiya bilan zich bog‘langan. Biroq so‘zning yoki so‘z shakllarining jonli talaffuzi hamma vaqt ham ularning yozuvdagi ifodasiga teng bo‘lavermaydi. Jumladan, yozuvda bor ba’zi tovushlar talaffuzda sezilmaydi: biroq, bilan, tuhmachchi, adabiyochchi kabi; yozuvda berilgan tovushlar talaffuzda tushib qoladi: badbax, ayol-man, abstrak, Samarqan kabi; yozuvda ifodalangan tovush talaffuzda boshqasi bilan almashtiriladi: obod-obot, kitob-kitop, peshvoz- peshvos kabi. Talaffuzdagi ana shu murakkab tomonlarni hisobga olgan holda yagona orfoepik qoidalar yaratish lozim bo‘ladi. 1-topshiriq. FSMU jadvalini to‘ldiring. O‘zbekiston jahondagi eng rivojlangan davlatlar orasidan munosib o‘rin egallashi uchun qanday tadbirlarni amalga oshirishi kerak. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling