1-Mavzu: Parrandalarning kelib chiqishi va biologik xususiyatlari Reja


Download 24.91 Kb.
bet3/4
Sana27.01.2023
Hajmi24.91 Kb.
#1131081
1   2   3   4
Bog'liq
1 Maruza

Kurkalar: Xonaki kurkalar yovvoyi (Meleagrisgallopovo) kurkalardan kelib chiqib, shimoliy Amerika o`rmonlarida ko‘p uchraydi va fazanlar oilasiga kiradi. Kurkalar gallopovo deb nom olishiga sabab, tovuqlarga tashqi qiyofasi o`xshash bo‘lishi va xilol (pavlin) (gallus-tovuqlar, pavo-tavlin) o`xshashdir. Missuri shtatlarida yovvoyi xolda uchratish va xozirgi kunda ham mavjud. Kurkalarni patlanishi bronza rangda bo‘lib, ayrim xollarda jigar rangda, ko`kimtir va boshqa ranglarda uchratish mumkin. YOvvoyi kurkalar uy sharoitlarida ham urchitish mumkin. Xonaki kurkalar bilan yovvoyi xoldagilarni chatishtirishsa, u xolda mahsuldori yuqori bo`lgan kurka avlodlarini olish mumkin. Yovvoyi kurkalarni qo`lga o`rgatish birinchi bor XVI asrda meksikaliklar, so`ngra 1519 yilda kurkalarni Ispaniyaga olib kelib, Ovropa davlatlariga tarqatildi. XVIII asrda Rossiya xududlariga olib kelingan. Mahsuldorlik yo‘nalishi bo‘yicha - go‘sht yo‘nalishida bo‘lib, katta xajmda bo‘ladi. Keng ko`krakli bronza kurkalarini tirik vazni 16 kg, urg`ochilariniki 9-10 kg.
Keng tarqalgan kurka zotlaridan va zot guruhlaridan bronza va keng ko`krakli oq ranglisi, Moskva oq zoti, SHimoliy Kavkaz bronza va oq rangdagilari keng tarqalgan va uchratilmoqda.
Ayrim kurka zotlarining liniyalari yaratilib, liniyalararo chatishtirilib, duragay kurkalar olishda foydalanilmokda.
Kurkalarning go‘sht sifati bo‘yicha – ko`krak go‘shti xisoblanib, 1,9 kg. bo‘lishi mumkin. Xozirgi kunda jadal boqish uslublari etishtirishda zotlararo va liniyalararo chatishtirish avlodlar va duragay kurkalar olish yo`lga qo`yilgan.
Sesarkalar: Sesarkalar fazanlar oilasiga kirib, (Numida mellagoris) yovvoyi avlodi hisoblanadi. Xonaki sessarkalarning yovvoyi avlodi Ovropa va Afrikada uchratish mumkin. Birinchi bor Rim imperiyasida uchratilib, so`ngra Ovropa va Amerikaga olib borilgan. Xonaki sessarkalarni go‘sht etishtirishda va ishlab chiqarishda qisman tuxum maxsuloti olishda foydalaniladi. Go‘sht etishtirishda ko‘proq oq rangli sesarkalardan foydalaniladi. Sessarkalar 1,7-1,8 kg. tirik vazni bo‘lib, 80-120 dona tuxum beradi. Xozirgi kunda xududimizda maxsus iqtisoslashtirilgan sesarka go‘shti ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar yo`q, ammo ayrim xo‘jaliklarda va xalq ommasi qo`lida urchitilmoqda.

Download 24.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling