1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
Changlar. To„qimachilik sanoati korxonalari uchun xarakterli zararli
modda hisoblanib katta kichikligi bo„yicha 3 xilga bo„linadi: o yirik (o„lchamlari 50 mkm dan katta bo„lgan zarrachalar); o o„rtacha kattalikdagi (50 - 10 mkm bo„lgan zarrachalar); o mayda (10 mkm dan kichik bo„lgan zarrachalar). Zararli moddalar kishi organizmiga asosan nafas yo„llari, teri va ovqat bilan kirish mumkin. Zararli moddalar organizmga kirgach, biologik muhitda erib, ular bilan o„zaro reaksiyaga kirishadi va normal hayotiy jarayonni buzadi. Buning natijasida kishida kasallik holati - zaharlanish paydo bo„ladi. Buning qanchalik xavfliligi chang konsentratsiyasiga va zararli moddaning ta‟sir qilish vaqtining uzun - qisqaligiga bog„liq. Zararli moddalar organizmga ta‟sir qilish xususiyatiga ko„ra, qo„yidagi toifalarga bo„linadi: o umumiy ta‟sir qiluvchi - bular organizmni umumiy zaharlaydi, (uglerod oksidi, qo„rg„oshin, simob, marganets va uning birikmalari va boshqalar); o qitiqlovchi - nafas yo„llari shilliq pardalarini qitiqlaydi, qichitadi, achishtiradi (xlor, ammiak, oltingugurt gazi, vodorod ftorid, azot oksidlari, ozon, atseton va boshqalar); o allergik ta‟sir qiluvchi (formaldegid, har-xil nitrat birikmalar asosida tayyorlangan bo„yoqlar, laklar); o kanserogenlar - rak kasalligini olib keluvchilar (nikel va uning oksidlari va boshqalar); o mutagenlar - kishining nasliy xususiyatlarini o„zgartiruvchi (radioaktiv modddalar va boshqalar). Zararli moddalar kishi organizmiga ta‟sir qilish darajasiga ko„ra qo„yidagi sinflarga bo„linadi: o 1-sinf – o„ta xavfli (benzapiren, simob, qo„rg„oshin, ozon, fosgen va boshq.); o 2-sinf – yuqori darajada xavfli (azot oksidlari, benzol, yod, mis, marganets, vodorod sulfid, xlor va boshq.); o 3-sinf – xavfli (atseton, ksilol, oltingugurt qo„sh oksidi, metil spirti va boshq.); o 4-sinf – kam darajada xavfli (ammiak, benzol, skipidar, etil spirti, uglerod oksidi va boshq.). To„qimachilik korxonalaridagi texnologik jarayon moddalarning qay darajada sexga tarqalishi bilan bog„liq. Bu korxonalarda asosiy zararli moddalar: chang, yuqori harorat, namlik, shovqin, titrash va turli zararli gazlardir. Chang deb havoda uchib yura oladigan mayda qattiq moddalar - zarrachalarga aytiladi. Chang organik va mineral qismlardan iborat bo„lishi mumkin. Organik chang zarrachalari: o o„simlik changlari - paxta, kanop, tut va boshqa changlar; o hayvonot changlari - ipak, jun tolalari changi; o sun‟iy tolalar changi. Meneral chang zarrachalari tolalarni terish va ularni tashish paytida aralashib qoladigan tuproq va qum zarralaridir. To„qimachilik korxonalari changlari tarkibida organik va mineral changlar bo„lganligi uchun odamning ichak, oshqozon faoliyatiga ta‟sir qilishi, ko„zining shilliq pardalarini yallig„lantirishi, teri kasalliklariiga olib kelish mumkin. Changdagi zararli moddalarning ta‟siri natijasida kasbiy kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Masalan, changli havoda uzoq vaqt nafas olish natijasida “Pnevmokonioz” kasalligiga uchrash mumkin. Buning og„ir formalaridan biri “Silikoz”, ya‟ni chang tarkibidagi kremniy ikki oksidini (SiO 2 ) o„pkaga ta‟siri natijasida hosil bo„ladi. Changning zararligini xarakterlovchi faktorlar ichida uning katta - kichikligi ya‟ni dispers tarkibi katta rol o„ynaydi, eng mayda chang ayniqsa xavfli hisoblanadi. Jumladan, kattaligi 5 mkm gacha bo„lgan chang o„ta zararli, chunki ular o„pkaning alveollariga (ularning diametri o„rtacha 5 mkm ga teng), kirib borib ularni berkitib qo„yadi. Natijada ko„plab teshikchalari berkilib qolgan o„pkaning nafas olish hajmi kichrayadi, odam tez-tez va oz-oz havo oladigan bo„lib qoladi. Katta zarrachalar yuqori nafas organlarining shiliq pardalarida o„rnashib qoladi va so„ngra organizmdan chiqarib yuboriladi. Har - xil changlarni dispersiyasi bo„yicha solishtirish jadvali. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling