Ishchining ish sharoitida shikastlanishiga ta‟sir ko„rsatib, baxtsiz
hodisaga olib kelishi mumkin bo„lgan sabablarni qo„yidagicha izohlash mumkin.
1. Tashkiliy sabablar. Sanoat korxonalarida loyihalash vaqtida yo„l
qo„yilgan xatolar, ishchi va xizmatchilarni
xavfsiz ishlash usullariga
o„rgatilmaganligi,
yo„riqnomalar
noto„g„ri
o„tkazilganligi,
ishchilar
mehnatidan mutaxassisligi bo„yicha foydalanmaslik, xavfsiz mehnat qilish
texnik nazoratining yo„qligi, noto„g„ri tartib bo„yicha
ish olib borish,
ishchilarning o„zaro kelishmasdan ish olib borishlari, uskuna-moslamalari
o„rnatishda loyiha
talabidan chetga chiqish, texnologik jarayonlarning hamda
mehnat qilish va dam olish tartiblarining buzilishi, ish joylarini noto„g„ri
joylashtirish, ish joylarini noto„g„ri
tashkil qilish, nobob ish qurollaridan
foydalanish, shaxsiy muhofaza vositalari va aslahalarining ish sharoitga to„g„ri
kelmasligi, to„siqlarning yo„qligi, xavf haqida ogohlantiruvchi belgilarning
bo„lmasligi tashkiliy sabablarga misol bo„ladi.
2. Texnik sabablar. Dastgohlar,
ish qurollari, yordamchi vositalar,
harakatlanuvchi va yuk ko„taruvchi qismlarning kamchiliklari,
uskuna
moslamalari ayrim qismlarining sinib yoki uzilib ketishi, texnologik
jarayonlarning
nomukammalligi,
to„siq
qurilmalari
va
himoyalovchi
vositalarning puxta bo„lmaganligi va boshqalar
texnik sabablarga misol
bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: