1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

3. Sanitariya-gigienik sabablar. Metereologik sharoitning qoniqarsiz 
bo„lishi, korxonalardagi havo muhitining changlanganligi, zararli moddalarning 
mavjudligi, ish joyi, o„tish yo„llari, maydonning normada yoritilmaganligi, shovqin 
va tebranishning mavjudligi, ishlab chiqarish xonalari va sanitariya – maishiy 
xonalarning yetarli emasligi yoki talabga javob bermasligi, shaxsiy gigienik talab 
va qoidalariga rioya qilmaslik sanitariya-gigienik sabablarga misol bo„ladi. 
4. 
Psixofiziologik 
sabablar
Ishchi 
psixologik 
rejimining 
buzilishi, charchashi, kasallik holatlari, tanadagi fizik kamchiliklar, oilaviy 
notinchlik, ish jamoasidagi kelishmovchilik, avvalgi kasallik asoratining ta‟siri va 
boshqalar psixofiziologik sabablarga misol bo„ladi. 
Mehnatni muhofaza qilishni o„rganishda boshqa ijtimoiy, texnikaviy, 
gumanitar fanlarning ma‟lumotlari e‟tiborga olinadi. Shular qatorida ergonomika 
fanining ma‟lumotlari ham katta ahamiyatga ega. Ergonomika so„zi lotin tilidan 
olingan bo„lib, «ergo» - (ish), «nomika» -(fan), ya‟ni«ish to„g„risidagi fan» degan 
ma‟noni bildiradi. 
Ergonomika fani yordamida insonning mehnat faoliyati jarayonida qulay
xavfsizlik bilan bog„liq ma‟lum muhim vazifalar yechiladi. 


Shunday qilib, ergonomika muhim vositalarni yechadigan birlik
sifatida 
texnikani 
insonga 
yaqinlashtirishga 
harakat 
qiladi, 
«inson - 
texnika» tizimidagi mavjud muammolarni ko„rib chiqadi. 
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari havo muhitining 
metereologik sharoitlari havo harorati (
0
S), nisbiy namligi (%), havo bosimi 
(mm.simob 
ust. 
ѐki Pa) va havo tezligi (m/s) bilan ifodalanadi. 
Bulardan tashqari metereologik sharoitga ta‟sir qiluvchi ishlab chiqarish 
omillari mavjud, ya‟ni ishlab chiqarish korxonalaridagi har xil qurilma-uskunalar 
va 
ishlov 
berilayotgan 
materiallar, 
moddalar 
yuzasidan
tarqaladigan issiqlik nurlari havo haroratining oshishiga olib keladi. Bu
omillar ta‟sirida ishlab chiqarish zonasidagi hosil bo„ladigan havo muhiti
sanoat mikroiqlimi deb yuritiladi. 
Metereologik birlik va omillarning har biri ayrim holda yoki bir
nechtasi birgalikda insonning mehnat qilish qobiliyatiga, sog„lig„iga juda
katta 
ta‟sir qiladi. Ba‟zi hollarda bunday ta‟sir ko„rsatish foydali 
bo„lishi mumkin. Masalan, salqin sharoitda isituvchi omil va shu bilan birga 
texnologik jarayonlardan ajralib chiqayotgan bug„ va parlar hisobiga nisbiy namlik 
ortib ketganda, uni normalashtiruvchi omil bo„lishi mumkin.
Ba‟zi vaqtlarda esa omillarning bir-biriga qo„shilishi natijasida 
zararli ta‟sir darajasi ortib ketishi mumkin. Masalan, nisbiy namlik va
haroratning ortib ketishi inson uchun og„ir sharoit vujudga keltiriladi.
Bundan tashqari ish joylaridagi havo harakatining oshishi harorat yuqori
bo„lgan vaqtda ijobiy natija beradi, harorat past bo„lgan vaqtda esa salbiy 
ta‟sir 
ko„rsatib, 
inson 
organizmining 
issiqlik 
boshqarilishini
buzib yuborishi mumkin. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling