1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

Sun’iy yoritish. Ish joylarida tabiiy yoritish yetishmagan hollarda, sun‟iy 
yoritish tizimidan foydalaniladi. Konstruksiyaviy tuzilishiga ko„ra, sun‟iy yoritish 
umumiy va aralash turlarga bo„linadi. Agar umumiy yoritilishga ko„plab 
yorituvchilar qo„shilsa, bunday yoritilish aralash yoritilish deb ataladi. Umumiy 
yoritilish umumiy bir tekis yoritilish va umumiy lokal yoritilishga bo„linadi. 
Ish joylari yoki xonalar ichi bir turdagi lampalar bilan, yoritiladigan sirtning 
ustida bir tekis joylashtirilib, bir xil quvvat bilan yoritilsa, bunday yoritilish tizimi 
umumiy bir tekis yoritilish deb aytiladi. Yorug„lik oqimi ish joylarining 
joylashuviga nisbatan yoritilsa, bunday yoritilishga umumiy lokal yoritilish deb 
aytiladi. 
Yoritilish tizimini tanlash texnologik jarayonning talabiga, farqlanadigan 
ob‟ektlarning o„lchamlariga va ko„rish ishlarining xususiyatlariga bog„liq bo„ladi. 
Ish joylari va ish uchastkalarini yoritishda umumiy bir tekis yoritilish 
usulidan foydalaniladi. Har qanday yoritish manbasidan qat‟iy nazar maydon 
yoritilganligi 2 lk dan kam bo„lmasligi kerak, unga qo„shimcha tarzda binolar 
tepasidan va maxsus minoralar ustidan umumiy lokal yoritilish projektorlar 
yordamida yoritiladi va 2 lk yoritilganlikka erishiladi. 
Sun’iy yoritilganlikni me’yorlash. Sun‟iy yoritilganlik berilgan sirtning 
yoritilishi bilan baholanadi. Bunda qo„yidagilar hisobga olinadi: qaralayotgan 
ishning xususiyati, ob‟ekt va fonning farqi, fon bilan yoritish tizimining farqi.
Qaralayotgan 
ishning 
xususiyatini 
farqlanuchi 
ob‟ektning (mm) 
o„lchamlariga nisbatan 8 toifaga bo„lib ajratiladi. Juda aniqlikda bajariluvchi ishlar 
0,15 mm - I toifa yuqori aniqlikdan, qo„pol bajariladigan kichik aniqlikda 5 mm 
dan katta –VI toifagacha; VII toifa – ishlar yoritilish bilan olib boriladigan va VIII 
toifa uchun, farqlanuvchi ob‟ekt o„lchamlari chegaralanmagan, faqatgina 
texnologik jarayonning olib borilishi kuzatiladi xolos. 
Umumiy va lokal yoritilish mashinalarning faralari, projektorlar yoki boshqa 
yoritkichlar bilan hosil qilinadi. Vazifasiga ko„ra, qurilish maydonini elektr 
yordamida yoritish: ishchi, halokatli, evakuatsiyali va maxsus yoritish turlariga 
bo„linadi. 
Ishchi yoritilishi barcha xonalar va yoritiladigan korxona maydoni uchun 
zarur va bu orqali me‟yoriy ish jarayonlari ta‟minlanadi.  
Halokatli yoritish korxona hududi va ishlab chiqarish xonalarining ishchi 
yoritilishi to„satdan uzilib qolganda, eng kam yoritilganlikni ta‟minlash uchun 
xizmat qiladi. Uni favqulotda holatlardagi vaziyatlar tufayli portlash, yong„in, 


ishchilarni ommaviy zaharlanishi, texnologik jarayonlarning uzoq muddat 
buzilishida, elektr stansiyalari, dispetcherlik punktlari, suv ta‟minotining nasos 
stansiyalari va boshqa shunga o„xshash ob‟ektlarda ishlarni uzluksiz olib borish 
maqsadida qo„llaniladi. Juda muhim konstruksiyalarni betonlash ishlarida, 
texnologik tanaffusga ruxsat berilmagan taqdirda ham halokatli yoritishdan 
foydalaniladi.
Halokatli rejimda ishchi sirtlarni yoritishda umumiy yoritilish tizimidagi 
me‟yoriy yoritilganlikning 5% ga teng, ammo 2 lk dan kam bo„lmagan 
yoritilganlik ta‟minlanishi kerak. 
Evakuatsiya yoritilishi tizimini ishchilar soni 50 kishidan ortiq bo„lgan 
ishlab chiqarish binolaridagi, xavfli o„tish joylarini, zinapoya kataklarini yoritishda 
ishlatiladi. Asosiy o„tish yo„laklari va zinalarning poli sirtidan 0,5 lk va ochiq 
joylarida 0,2 lk dan kam bo„lmagan yoritilganlik ta‟minlanishi kerak. 100 kishidan 
ortiq odamlar soniga ega bo„lgan jamoat binolarining chiqish eshiklari yorug„lik 
xabarlovchilari ko„rsatkichlari bilan belgilanishi kerak. 
Halokatli yoritilishning chiroqlari ish joylarida to„xtamay yoritishni davom 
ettirishi uchun mustaqil elektr manbaiga, evakuatsiya uchun yoritish chiroqlari esa, 
ishchi yoritilish tizimiga bog„liq bo„lgan holda podstansiyaning taqsimlash qutisiga 
ulanishi kerak. 
Halokatli yoritish tizimida faqat cho„g„lanma va lyuminessent chiroqlardan 
foydalanish tavsiya etiladi. 
Maxsus yoritilish qo„riqlov va navbatchilik xillariga bo„linadi. 
Qo„riqlov yoritilishi korxona hududlarini yoritish uchun, navbatchilik 
yoritilish esa, xonalarni yoritishda xizmat qiladi. Ushbu maqsadlar uchun ishchi 
hamda halokatli yoritilishdan foydalaniladi. 
Sanoat korxonalari binolari, maydonlari uchun tabiiy yoritilishning 
normalari tabiiy yoritish koeffitsientlariga asoslanib, “Qurilish qoida va normalari” 
SNiP-11-4-79 ga asosan qabul qilinadi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling