1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlashda inson omili
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlashda inson omili.
Insoniyatning texnik rivojlanishi insonga tobora ko„proq boshqaruv funksiyalarini topshirish bilan birga keladi, Inson rolining bunday o„zgarishi jismoniy mehnatni aqliy mehnat bilan almashtirishga olib keladi, mushaklarning ishlashi va tegishli energiya sarfini kamaytiradi. Shu bilan birga, uskunalar va boshqa odamlarning samaradorligini baholash va bashorat qilish, ijtimoiy - texnik tizimning turli elementlari - ishlab chiqarish mexanizmi bilan ishonchli o„zaro ta‟sir qilish muammolarini hal qilishi kerak bo„lgan inson ruhiyatiga tushadigan yuk sezilarli darajada oshadi. Yuzaga keladigan baxtsiz hodisalarning asosiy aybdorlari – bu texnika emas, ishni tashkil qilish emas, balki insonning o„zi bo„lib qolmoqda. Chunki u texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaganligi, mehnat jarayonini bir maromda ketishini nazorat qilmaganligi, taqdim etilgan himoya vositalaridan foydalanmaganligi va hokazo. Butunjahon sog„liqni saqlash tashkiloti ma‟lumotlariga ko„ra, dunyo bo„yicha ish jarayonida sodir etilayotgan baxtsiz hodisalar tufayli vafot etish yurak-qon tomiri kasalliklari, onkologik kasalliklardan keyin uchinchi o„rinda turadi. Bundan tashqari texnika xavfsizligi qoidalari inson tomonidan buzilishi nafaqat insonlarni jarohatlanishi va ularning o„limiga, balki korxonadagi avariyali vaziyatlarni kelib chiqishiga, jihozlarni ishdan chiqishiga va korxonaga boshqa zararlarni keltirmoqda. Har xil ma‟lumotlarga ko„ra, inson omili 50-80% avriyali vaziyatlar, hodisalar, jarohatlanish va boshqalarga sabab bo„lar ekan. 2016 yilda qayg„uli rekord qayd qilingan bo„lib, bunda aviatsiya halokatlarining 94% inson faktorlari sababli kelib chiqar ekan. Tadqiqotlarning ko„rsatishicha texnika xavfsizligi qoidalarini buzib, ishlab chiqarishdagi avariya va xavfli vaziyatlarni kelib chiqishiga qo„yidagilar sabab bo„lar ekan: 1. Insonning yetarli bilimi yo„qligi, xavfli omillar to„g„risida ma‟lumotga ega emasligi; 2. Qobiliyatning yetarli emasligi. Ushbu holatda inson tegishli qoidalarni o„rganib, yo„riqnomalardan o„tgan bo„lsada, amalda vaziyatni to„g„ri baholay olmasligi va egallangan bilimlarni to„g„ri tadbiq eta olmasligi sabab bo„ladi; 3. Qoida buzishlarga shaxsiy moyillikning mavjudligi, ya‟ni inson o„zida ma‟lum xarakterdagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda xavfsizlik qoidalarini bajarmaslik oqibatlarini anglay turib, bari-bir qoidani buzadi va tavakkalchilikka yo„l qo„yadi, xavfli bo„lgan yo„lni tutadi; 4. Boshqa insonlarning yoki holat bosimi ostida – ushbu holatda inson qoida buzilishiga hamkasblarining yoki rahbariyatning bosimidan qochib, yo„l qo„yadi. Shuningdek, xavfsizlik texnikasini nazar-pisand qilmasdan ishni tezroq bajarish yoki rejani bajarish maqsadida texnika xavfsizligi qoidalari buziladi. Ko„pincha bu narsalar bir-biriga bog„liq masalani rahbar ish vaqtini kamaytirish yoki rejani bajarish uchun qoidabuzilishlar bilan ishlashni talab etadi. Inson omili – bu insonning psixologik, va boshqa xususiyatlari, uning faoliyatining o„ziga xos sharoitlarda belgilanadigan imkoniyatlari va cheklovlari, insonning noto„g„ri hatti-harakatlari natijasida yuzaga keladigan baxtsiz hodisa sabablari. Fizik omillar – zarur vazifalarni bajarish bilan bog„liq bo„lgan jismoniy imkoniyatlar: kuch, bo„y balanligi, ko„rish, eshitish. Fiziologik omillar – ichki jismoniy jarayonlarga ta‟sir qiluvchi omillar: kislorodning yetarliligi; salomatlikning umumiy holati, ovqatlanish, kasalliklar va nuqsonlar, tamaki, giyohvand moddalar va alkogol iste‟mol qilish, shaxsiy stress, charchoq, homiladorlik. Psixologik omillar. Tajriba shuni ko„rsatadiki, tez-tez buzilishlar va jarohatlanishlar asosida injenerlik– konstruktorlik nuqsonlari yotmasdan, balki tashkiliy–psixologik sabablar yotadi. Bularga asosan quyidagilar kiradi: o kasbiy tayyorgarlikning past darajadaligi; o ishlovchilarning xavfsizlik masalalari bo„yicha nazariy va amaliy tayyorgarligining past darajadaligi; o xulqiy tarbiyaning yetarli emasligi; o xavfsizligi masalalarini va holatini nazorat qilishga mutaxassislarning yetarli darajada qo„yilmasligi; o jarohat olish xavfi yuqori bo„lgan shaxslarni xavfli ishlarni bajarishga qo„yish; o ishlovchilarning ishga faollik darajasini pasaytiruvchi charchagan holatlarda kelishi; o ishlovchilarning ishga turli psixologik salbiy holatlarda kelishi va boshqalar. Insonning rivojlanishi va hayoti qonuniyatlarini eng umumiy ko„rib chiqish, baxtsiz hodisalar sonining ko„payishiga yordam beradigan holatlar juda ob‟ektiv sabablarga ko„ra yuzaga kelishini ta‟kidlashga imkon beradi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling