1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-mavzu: Tabiiy atrof-muhit va ilmiy-texnik taraqqiyot Reja
- Ishlab chiqarishda tabiiy muhit xavfsizligini ta’minlashning ahamiyati.
Nazorat savollari:
1. Sanitar-gigienik omillar deganda nimani tushunasiz? 2. Ruxsat etilgan chegaraviy me‟yor nima? 3. Ishlab chiqarish sanitariyasi nima? 4. Odam nafas olganda havo tarkibida necha foiz kislorod bo„ladi? 6-mavzu: Tabiiy atrof-muhit va ilmiy-texnik taraqqiyot Reja: 1. Ishlab chiqarishda tabiiy atrof-muhit xavfsizligini ta‟minlashning ahamiyati. 2. Tabiiy atrof-muhitning inson organizmiga ta‟sir qilishi xususiyatlari. 3. Tabiiy atrof-muhit va ilmiy-texnik taraqqiyot bo„yicha klassifikatsiya. Ishlab chiqarishda tabiiy muhit xavfsizligini ta’minlashning ahamiyati. Ma‟lumki, sanoat ishlab chiqarishi zamonaviy jamiyatning normal hayoti uchun zarur shartlardan biridir. Afsuski, uzoq vaqt davomida uning faoliyat ko„rsatishi jarayonida atrof-muhitga etarlicha e‟tibor berilmadi. Ya‟ni, ishlab chiqarishdagi iqtisodiy rivojlanishga o„simlik, hayvonot dunyosi va ulkan hududlarni yo„q qilish evaziga erishildi. Bugungi kunda juda katta miqdordagi tabiiy resurslarni iste‟mol qiladigan, ifloslanishning kuchli manbalari bo„lgan sanoat ob‟ektlaridan atrof-muhitni maksimal darajada himoya qilishni ta‟minlash juda dolzarb bo„lib qoldi. XXI asrdagi inson faoliyati tabiatga nafaqat ijobiy, balki salbiy ta‟sir ko„rsatishda ham hal qiluvchi omil bo„ldi. Shuning uchun tabiatni muhofaza qilish yaqin o„tmishdagi kabi rasmiyatchilik asosida emas, balki bugungi kunda global masalaga aylanib bo„ldi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar atrof-muhitni muhofaza qilish xarajatlarini oshirishdan manfaatdor emaslar, chunki bu tabiiy ravishda mahsulot tannarxining oshishiga va uchun foydaning pasayishiga olib keladi. Tabiatga ta‟sir yildan-yilgai yanada kengayib bormoqda va hozirgi kunga kelib dunyoning ayrim hududlarida ekologik inqirozga olib keldi. Birinchi marta jiddiy ekologik inqiroz 1960-1970-yillarda kuzatildi va chuqurlasha boshladi, bu biosferani o„z-o„zini tozalashning sezilarli darajada pasayishi, ya‟ni korxonalar va insonlar tomonidan unga chiqarib tashlanayotgan chiqindilar bilan kurasha olmasligi bilan namoyon bo„ldi. Bugungi kunda tabiiy muhitni muhofaza qilishning asosiy yo„nalishi ekologik muvozanatni maksimal darajada saqlash va ekotizimning tabiiy aloqalarini ta‟minlashdir. Hozirgi vaqtda ekologiyaning eng dolzarb muammolari quyidagilardan iborat: * atrof-muhitning global ifloslanishi; * tabiiy resurslarni intensiv ravishda kamayishi; * barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish; * ishlab chiqarish va iste‟molning oqilona muvozanati; * odamlarning ekologik tarbiyasi; * sanoat va maishiy chiqindilarini yo„q qilish; * insonning normal hayoti va sog„lig„ini ta‟minlash. Ekologik muammolar alohida korxona va mamlakatning butun sanoat majmuasi uchun ham juda dolzarbdir. Sanoatning rivojlanishi, bir tomondan, ilmiy – texnik taraqqiyot va insonlarning ishlab chiqarish faoliyati natijasidir. Boshqa tomondan, sanoat tabiiy resurslarning asosiy iste‟molchisi va tabiiy muhit ifloslanishining kuchli manbai hisoblanadi. Alohida sanoat ob‟ektlarining ekologik xavfsizligi doimiy ravishda oshib borayotganiga qaramay, butun mamlakat bo„ylab atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari tobora keskinlashib bormoqda, bu ko„plab ob‟ektiv va sub‟ektiv sabablarga ko„ra yuzaga keladi. Sanoat korxonalarini “korxona - tabiiy muhit” ekotizimining elementlaridan biri sifatida miqdoriy va sifat jihatidan takomillashtirish, doimiy ravishda ushbu ekotizim - tabiatning boshqa elementining miqdoriy va sifat jihatidan o„zgarishiga olib keladi va korxonalarning rivojlanishi ushbu o„zgarishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Shunday qilib, korxonada ishlab chiqarish quvvatlarining va hajmining ko„payishi iste‟mol qilinadigan resurslar sonining hamda tabiiy muhitga chiqariladigan zararli chiqindilarning ko„payishiga olib keladi. Dunyodagi zamonaviy ekologik vaziyat yuz – yuz ellik yil oldingi tabiat bilan bog„liq vaziyatdan qanchalik farq qilmasin, ekologik muammolarni hal qilish ilmiy yondashuvni talab qiladi. Zamonaviy inson o„zining tabiiy muhiti bilan uyg„un munosabatlarni rivojlantirishi, atrof-muhit rivojlanishining barcha jarayonlarini tushunishi va ularni oqilona boshqarishi, tabiatni boyitish, insonparvarlashtirish, uyg„unlashtirishga hissa qo„shishi kerak va bunga majburdir. Har qanday sog„lom fikr yurituvchi inson odamlarning hayotini yaxshilash uchun keyingi ilmiy va texnologik taraqqiyot zarurligini tushunadi, ammo hamma ham taraqqiyot bilan birga atrof-muhitni muhofaza qilish va himoya qilishni yodda tutish kerakligini tushunmaydi, shuning uchun har qanday sanoat rivojlanish asosida insonlarning manfaatlari emas, balki tabiat manfaatlari yotishi kerak. Ekologik muammolarni hal qilish faqat bilimdon, malakali, o„z harakatlarining natijasini oldindan biladigan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Insonning har qanday faoliyati faqat zamonaviy atrof-muhit va resurslarni tejaydigan texnologiyalar asosida atrof-muhitni muhofaza qilish bilan birga amalga oshirilishi kerak. Korxonalardagi ekologik holatni yaxshilash bir vaqtning o„zida konstruktiv, tashkiliy-texnik va ergotik chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat bo„ladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling