1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

Konstruktiv chora-tadbirlari loyihalash jarayonida o„rnatiladi va qurilish 
jarayonida amalga oshiriladi. Ob‟ektni loyihalashda uni oqava suvlarni tozalash 
tizimi bilan jihozlash, xavfli ifloslantiruvchi moddalarni yig„ish uchun idishlar, 
atrof-muhitga chiqarilgan suvlarni boshqarish tizimlari bilan ta‟minlash; ishlab 
chiqarishda chiqadigan sanoat gazlarini tozalash va zararsizlantirish moslamalari 
bilan jihozlash; resurslardan belgilangan maqsadlardan tashqari boshqa 
maqsadlarda foydalanishni istisno qilish; tizim va uskunalardan moylash 
materiallarini va yoqilg„ining oqishini oldini olish kabi chora-tadbirlar ko„zda 
tutilishi kerak. 
Sanoat korxonalarining ekologik xavfsizligini ta‟minlash bo„yicha tashkiliy-
texnik chora-tadbirlar loyihalash bosqichida ishlab chiqiladi va qurilish vaqtida 
korrektirovka qilinadi. 
Ushbu tadbirlar quyidagilarni o„z ichiga oladi: 
o ish paytida uskunalar va tizimlarning yaxshi holatda saqlanishi; 
o korxona faoliyatini atrof-muhitga zararli chiqindilarni chiqarib tashlashni 
istisno qiladigan tarzda tashkil etish; 
o zararli chiqindilarni va atrof-muhitni tozalash tizimlarining holatini nazorat 
qilishni tashkil etish; 
o korxonalarni tabiiy muhit holatini nazorat qilish va ifloslangan oqava 
suvlarni yig„ish uchun ko„chma vositalar bilan ta‟minlash; 
o barcha korxonalarni atrof-muhitni muhofaza qilish bo„yicha ko„rgazmali 
targ„ibot va tashviqot bilan ta‟minlash. 
Sanoat korxonalarining ekologik xavfsizligini ta‟minlash bo„yicha ergotik 
chora-tadbirlar qoidalar, ko„rsatmalar, rahbariy hujjatlar va boshqalarda 
ko„rsatilgan bo„ladi va korxonaning har bir xodimining va umuman korxonaning 
tabiiy muhitga zararli ta‟sirini kamaytirish bo„yicha harakatlarini o„z ichiga olgan 
bo„ladi. 
Ushbu tadbirlar korxonalarning kundalik faoliyati jarayonida amalga 
oshiriladi. Ergotik tadbirlarga quyidagilar kiradi: 
* barcha darajadagi rahbarlar va ishchilarning mansab lavozimida 
ko„rsatilgan barcha vazifalarni, shu jumladan atrof-muhitni muhofaza qilish 
ishlarini to„g„ri va aniq bajarish; 
* barcha darajadagi rahbarlar va ishchilarning tabiiy muhitning ifloslanishi 
uchun o„z javobgarligini his qilishi; 


* sanoat komplekslarining barcha xodimlarini o„z lavozimlariga muvofiq 
maxsus tayyorlash; 
* rahbar va xodimlarni ekologik savodxonligini oshirish; 
* atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashish uchun xizmat ko„rsatuvchi 
xodimlarni tayyorlash. 
Afsuski, hozirda qo„llanilayotgan ekologik xavfsizlik choralari passiv bo„lib, 
korxonalarning ekologik xavfsizligini maksimal darajada oshirish uchun 
resurslarni tejaydigan va chiqindisiz texnologiyalarni keng joriy etish va ulardan 
foydalanish kabi faol ekologik tadbirlarni joriy etish kerak. 
Taqdim etilgan tadbirlarni amaliy amalga oshirish engil ish emas va ilmiy 
salohiyatni jalb qilgan holda ma‟lum vaqtni talab qiladi, ammo ularning amalga 
oshirilishini kelajakka qoldirish mumkin emas. 
Sanoat ishlab chiqarishi va uning atrofidagi tabiiy muhit va zamonaviy 
insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishining ikkita qarama – qarshi tarkibiy qismidir. 
Shubhasiz, hozirgi va kelajakda insonning mavjud bo„lishining yagona yo„li bu 
tashqi dunyo bilan to„liq uyg„unlikda yashashdir, bu tabiat manfaatlarini hisobga 
olgan holda sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi va ishlashini nazarda tutadi. 
Atrof-muhitni muxofaza qilishning bu jihati ishlab chiqarishni tashkil 
etishda chiqindisiz tamoyiliga qaratilgandir. Yangi texnologik jarayonlarni 
yaratish, ular asosida chiqindisiz ishlab chiqarishning vujudga kelishi, nafakat 
yuqori texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlarni, balki tabiiy resurslardan majmuali 
foydalanishni ta‟minlaydp. Texnologiyalarni ekologiyalashtirning haqiqiy yo„li - 
ishlab chiqarishda asta-sekin kam chiqitli, keyin esa chiqindisiz berk tizimga o„tish 
bo„lib, tabiatdan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muxofaza qilish 
imkoniyatlarini oshiradi. 
Ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanish asosida zamonaviy 
sivilizatsiyaning keyingi rivojlanishini ekologik qonuniyatlarga yondoshmasdan
ya‟ni atrof-muhitga ehtiyotkorlik va oqilona munosabatda bo„lmasdan tasavvur 
qilib bo„lmaydi


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling