1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
yoki antropogen modda va energiya almashinuvi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
yoki antropogen modda va energiya almashinuvi real voqealikka aylanib qoldi.
Ba‟zi hollarda bu jarayon tabiiy jarayonlardan ham ustunlik qilmoqda. Tabiat bilan bo„ladigan munosabatlarda uning qonuniyatlarini pisand etmaslik yoki yetarlicha e‟tiborga olmaslik, ilmiy-texnika taraqqiyoti imkoniyatlaridan ko„pincha bir tomonlama notug„ri foydalanish, dastavval tabiatda so„ngra esa jamiyat va inson hayotida bir qator kutilmagan salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. Tabiatdagi va u bilan jamiyat o„rtasidagi muvozanat buziladi. Agar inson tomonidan tabiatga o„tkaziladigan salbiy ta‟sirlar kuchli va uzoq davom etsa, tabiat bunday ta‟ziyqqa bardosh bera olmay tezlik bilan tanazzulga uchraydi, inson va jamiyatning moddiy negizi bo„lgan tabiat zaiflashib asl holatini yo„qotadi. Hozirga kelib, tabiatga insonlarning ta‟siri keskin ortishi oqibatida tabiatimizdagi bir qator salbiy o„zgarishlar kuchayib jamiyatimizning kelajagi xavf ostida qolmoqda. Buni qo„yidagilarda ko„rish mumkin: Sayyoramiz bo„ylab atrof-muhit holati kundan-kunga salbiy tomonga o„zgarib bormoqda, dunyo aholisining yarmi etarlicha tuyib ovqat yemaydi, uchdan biri toza ichimlik suvi bilan taminlanmagan, to„rtdan biri savodsiz, ko„p mamlakatlarda insonlar salomatligi yomonlashib, bolalar o„limi yuqori, turli mintaqalarda har xil urushlar va nizolar avjiga chiqmoqda, inson ehtiyoji uchun zarur bo„lgan ko„plab moddiy ne‟matlar kamayib bormoqda. Hozirgi kunda tabiatdan olinayotgan turli xom-ashyolarning o„rtacha har 100 birligidan faqat 3-4 tasidan foydalaniladi xolos. Tabiatdan nooqilona foydalanish tufayli keyingi 1,5 ming yil ichida yer yuzasidagi o„rmonzorlar 47% dan 27%ga tushib qoldi, quruqlikning 30%i cho„l va sahrolarga aylandi. Sahro-cho„llar yiliga 6 mln. gektar tezlik bilan kengaymoqda. Yiliga tabiatga chiqarib tashlanayotgan turli chiqindilar miqdori 100 mlrd. tonnadan ko„pni tashkil etmoqda. So„nggi 100 yil ichida 2 mlrd. gektar ekin mayonlari eroziyaga uchrab ishdan chiqdi. Sanoatning bugungi kundagi gurkiragan rivoji, o„z ortidan bir qator ofatlarni keltirib chiqarmoqda. Eng avvalo olayotgan havomiz o„z musaffoligini yo„qotib ulgurgan. Ichayotgan suvlarimizni avvalgidek, zilol, toza deb bo„lmaydi. Iste‟mol qilayotgan noz-ne‟matlarning tarkibi ham sog„lig„imiz uchun zararli bo„lgan moddalarga to„lib toshmoqda. Chunki, sanoat o„zidan chiqarayotgan zaharli gazlar, tiriklik uchun xavfli bo„lgan suyuqlik va qattiqlik shakllariga ega turli chiqindilar hech qaerga yo„q bo„lib ketmayapti. Ular nafas olayotgan havomizning bir qismiga aylanmoqda, bulut bo„lib, yomg„ir va qor ko„rinishlarida ustimizga yog„moqda. Chiqindilar tuproqqa aralashib, ichayotgan suvimiz tarkibiga singib ketmoqda. Tabiatdagi salbiy o„zgarishlar oqibatida insonning yashash muhitini yomonlashuvi bilan xarakterlanadigan umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling